So’nggi yangiliklar

17:49Расман: Улуғбек Ҳошимов – "Динамо" футболчиси  1 17:11Лапортнинг Европага қайтиш эҳтимоли юқори  0 16:42Лофтус-Чик: "Бизга Модричнинг тажрибаси керак"  0 16:18АПЛнинг икки клуби Коло-Муани билан шартнома имзоламоқчи  0 15:51"Реал" Винисиус билан шартнома бўйича музокараларни қайта бошламоқчи  1 15:24"Атлетико" "Челси"нинг португалиялик футболчисини ўз сафига қўшиб олмоқчи  0 14:57"Бавария" Диаснинг трансфери амалга ошмаган тақдирда, бошқа ўйинчиини кўзлаб қўйди  0 14:28"Реал" Рейньер билан шартномани бекор қилиши мумкин  0 14:01Бернардески АҚШдан Италияга қайтди  0 13:33Ўзбекистон U-18 Тошкентда йиғин ўтказади. Таркиб маълум  5 13:03"Ливерпуль" 90 млн евро эвазига ҳужумчи харид қилиши мумкин  6 12:38Де Бруйне "Наполи"да нечинчи рақамни олди?  1 12:14"Манчестер Юнайтед" Бундеслигадаги ҳужумчини ўз сафига қўшиб олмоқчи  3 11:32"Интер"нинг асосий трансфер мақсади маълум қилинди  0 11:07Тома Табатадзе "Бухоро"га ўтиши мумкин  3

"Kelajagimiz umidlari" futbol festivali vodiydan boshlanadi Yangiliklar

"Kelajagimiz umidlari" futbol festivali vodiydan boshlanadi

O'zbekiston futbol federaciyasi tomonidan mamlakatimizda bolalar va o'smirlar o'rtasida sog'lom turmush tarzini targ'ib qilish va futbolni ommalashtirish, istedodli bolalarni saralab olish borasida bir qator chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Jumladan, bolalar futboli murabbiylarini malakasini oshirish uchun xorijdan mutaxassislar taklif qilinyapti, turli yoshdagi bolalar o'rtasida  futbol musobaqalari va festivallar tashkil etilmoqda.

2018 yilda butun respublika bo'ylab 1000ga yaqin chempionatlar, birinchiliklar, Kubok bellashuvlari, musobaqalar va festivallar o'tkazish rejalashtirilgani haqida avval xabar berib o'tgandik.  

“Kelajagimiz umidlari” deb nomlangan futbol festivali 18 yanvardan boshlab butun vodiy bo'ylab start oladi. Andijon, Farg'ona, Namangan viloyatlaridan boshlanadigan ushbu festivalda har bir viloyatda 7 yoshdan 10 yoshgacha bo'lgan 400 nafardan bolalar qatnashadi.

Aytish kerakki, “Kelajagimiz umidlari” festivali vodiydan boshlanib, butun respublika bo'ylab davom etadi.  Festival davomida  ishtirokchilariga sovg'a sifatida to'plar, sport formalari taqdim qilinadi.

Quyida "Kelajagimiz umidlari" futbol festivali yanvar oyida qaysi hududlarda bo'lib o'tishi ko'rsatilgan:

Andijon viloyati – 18-21 yanvar

Farg'ona viloyati – 20-23 yanvar

Namangan viloyati – 20-23 yanvar

Xorazm viloyati – 27-30 yanvar

Qoraqalpog'iston Respublikasi – 28-31 yanvar

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика