Kechagi kun qahramonlari FOTO
06 dek 2015 13:30
Yangiliklar
Kechagi kun qahramonlari FOTO

"Stok Siti" - "Manchester Siti" 2:0
Qahramonlar: Jerdan SHakirining ikkita pasidan so'ng Marko Arnautovich "Manchester Siti" darvozasiga ikkita gol urishga erishdi.

"Arsenal" - "Sanderlend" 3:1
Qahramon: Aaron Remzi dastlab Jiruning gol urishiga yordam berdi, keyin uning o'zi gol urdi.

"Suonsi" - "Lester" 0:3
Qahramon: Barcha Jeymi Vardi haqida gapirayotganida Riyad Maxrez xet-trik qayd etib o'zini eslatib qo'ydi.

"Uotford" - "Norvich" 2:0
Qahramon: Troy Dini to'p kiritdi va golli pas oshirdi.

"CHelsi" - "Bornmut" 0:1
Qahramon: "CHelsi"ga qarshi o'yinda zaxiradan maydonga tushgan Glenn Marrey 1 daqiqa o'tib gol urdi.

"Borussiya M" - "Bavariya" 3:1
Qahramon: "Bavariya"ga ushbu mavsumda Bundesligadagi ilk mag'lubiyatni "taqdim etgan" Menxengladbaxning "Borussiya" klubini qahramon sifatida tanladik.

"Volfsburg" - "Borussiya D" 1:2
Qahramon: Armanistonlik Genrix Mxitaryan ikkita golga hammualliflik qildi.

"Inter" - "Jenoa" 1:0
Qahramon: Adem Lyayichning yagona goli "neradzurrilar"ga 3 ochko keltirdi.

"Real" - "Xetafe" 4:1
Qahramon: So'nggi paytlarda turli mashmashalarga aralashib qolgan franciyalik Karim Benzema dublga erishdi.
Narzulla Saydullaev
O’xshash yangiliklar
championat.asia
ОЧЛ-2. "Андижон" Қатарда "Ал Аҳли"га ютқазди ва мусобақа билан хайрлашди
Элит ОЧЛ. "Насаф" "Ал Иттиҳод"га кичик ҳисобда ютқазиб, плей-оффга чиқиш имкониятини йўқотди
Breaking! Ўзбекистоннинг ЖЧдаги рақиби Португалия Эрон билан ўйнайди
"Барселона" собиқ президенти: "Бизда Месси, Хави ва Иньеста борлиги учун ғалаба қозонганмиз. Ёки Европада ҳам Негрейра ғалаба қозониб берганми?"
Fikrlar