Kecha jarima maydonchasi ichida SHomurodovga qarshi qoida buzilganmidi? A Seriya sobiq hakami bu haqda o'z fikrini bildirdi
26 avg 16:13
Yangiliklar
Kecha jarima maydonchasi ichida SHomurodovga qarshi qoida buzilganmidi? A Seriya sobiq hakami bu haqda o'z fikrini bildirdi
Italiya A Seriyada ishlagan Janpaolo Kalvareze kecha A Seriya 2-tur doirasida "Roma"ning "Empoli" (1:2)ga mag'lub bo'lgan o'yinidagi bahsli vaziyatga munosabatini bildirdi.
SHomurodov 90+4 daqiqada darvoza yonida qulay imkoniyatga ega bo'ldi va Emmanuel Gyasi tomonidan ushlab qolindi. Vaziyatga yaqin turgan Jufferli esa folni qayd etmadi va hattoki monitorga chaqirilmadi.
Kalvareze esa tvitterda bu vaziyat bo'yicha o'z fikrini malum qildi: "So'nggi daqiqalarda "Roma" foydasiga penalti belgilanishi kerak edi. SHomurodovda Gyasiga qaraganda ustunlik bor edi. O'zbekistonlik hujumchi to'pni egalladi, ammo uni yaxshi qabul qila olmadi, sababi raqib uning elkasidan ushlab turgandi".
Eslatib o'tamiz, O'zbekiston MTJ sardori kechagi o'yinda 77-daqiqada zaxiradan maydonga tushdi va 80-daqiqada bosh bilan raqib darvozasini ishg'ol qildi.
Fikrlar