Kaxi Maxaradze Gruziya - O'zbekiston o'yiniga taxmin bildirdi
14 noy 2021 11:59
Yangiliklar
Kaxi Maxaradze Gruziya - O'zbekiston o'yiniga taxmin bildirdi
Gruziyaliklar yaqinda JCH saralash bahsida SHveciyani 2:0 hisobida mag'lub etib, Evropada shov-shuv ko'tarishdi. SHu bois bu jamoaga qarshi harakat qilish biz uchun ham qiziq bo'ladi.
Bundan tashqari, bizning terma jamoa o'tgan oy kutilmaganda Iordaniyaga 0:3 hisobida mag'lub bo'lgandi. Eldor SHomurodovning aytishicha, bu mag'lubiyat shunchaki tasodif va Gruziya bilan o'yinda futbolchilarimiz avvalgi xatolarni takrorlamaslikka harakat qilishadi.
O'zbekiston milliy chempionatida yaxshi o'yin ko'rsatib kelayotgan legionerlardan biri Kaxi Maxaradze ekanini bilasiz. "Lokomotiv"ning gruziyalik yarim himoyachisi ertangi o'yin oldidan o'z taxminini bildirdi.
"Menimcha, chiroyli o'yin guvohi bo'lamiz, har ikki jamoa tarkibi ancha yoshargan va futbolchilar bor kuch bilan harakat qilishga tayyor. Taxminimcha, o'yinda 2:2 hisobi qayd etiladi", - deydi Kaxi Maxaradze.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
U-17 ЖЧ. Ўзбекистон Панама дарвозасига 6 та тўп йўллади
Шавкат Мирзиёев Янги Тошкентда барпо этиладиган 55 минг ўринли стадион қурилишига тамал тоши қўйди
"Нефтчи" чемпион бўлган охирги мавсумда ўзбек ва дунё футболи қандай эди?
Эшитдик-да! Кападзе Индонезия терма жамоаси бош мураббийи бўлишга яқин
Fikrlar