So’nggi yangiliklar

01:55Ла Лига. Ямалсиз "Барселона" "Валенсия"га жавобсиз 6 та гол урди  15 01:53А Серия. Модричнинг голи "Милан"га "Болонья" билан ўйинда ғалабани тақдим этди  3 00:03Гвардиола Ҳусановнинг ўйини ҳақида фикр билдирди  18 23:45АПЛ. "Манчестер Сити" – "Манчестер Юнайтед" 3:0  1 23:33Маттиас Яйссле: "Насаф"нинг кучли томонларини яхши биламиз, аммо ғалаба учун ўз устунлигимизга эътибор қаратамиз"  3 22:42Лига 1. ПСЖ "Ланс"ни қийинчиликсиз таслим этди  1 22:25АПЛ. Ҳусанов тўлиқ ўйнаган Манчестер дербисида "Сити" "Юнайтед"ни йирик ҳисобда енгди  88 22:13ОПЛ. "Нефтчи" ва "Сабаҳ" ўзаро дуранг ўйнади, Раҳмоналиев иккинчи тайм бошида майдонга тушди  0 21:21Рўзиқул Бердиев: "Олдин ҳам "Ал Аҳли" сингари катта салоҳиятга эга жамоаларга қарши ўйнаганмиз"  14 21:10Илёс Зейтуллаев: "Янги стадионда тўп тепиш ўзгача ҳиссиётларни берди"  1 20:46Ҳаким Фузайлов: "Яна эски касалимиз қўзғади"  6 20:02АПЛ. "Ливерпуль" 90+5 дақиқада пенальтидан урилган гол эвазига "Бёрнли"ни мағлуб этди  16 20:00Про Лига. "Арал" "Олимпик"га имконият қолдирмади  1 19:55Абдухолиқовнинг пеналтидан киритган голи "Бунёдкор"га ғалаба тақдим этди  8 19:28А Серия. "Рома" Римда "Торино"га мағлуб бўлди  9

Kaxi Maxaradze: “Asosiy urg'u jamoaviy o'yin va yaratilgan vaziyatlarni ijobiy yakunlashga qaratilmoqda” Yangiliklar

Kaxi Maxaradze: “Asosiy urg'u jamoaviy o'yin va yaratilgan vaziyatlarni ijobiy yakunlashga qaratilmoqda”

O'zbekiston Superligasida davralar oralig'ida vujudga kelgan tanaffusdan unumli foydalanish uchun Minsk shaxriga yo'l olgan “temiryo'lchilar” kecha Armanistonning “Bananc” (2:2) klubiga qarshi o'rtoqlik-nazorat uchrashuvida maydonga tushdi.

“Lokomotiv” matbuot xizmati jamoa himoyachisi Kaxi Maxaradze bilan ushbu yig'in va o'yinlar haqida kichik suhbat uyushtirdi.

- CHempionatimizning eng muhim paytiga qizg'in hozirlik olib boryapmiz. Ayni paytda mashg'ulotlar kuniga 2 mahaldan o'tkazilmoqda. Dastlab taktik mashqlar bajarilayotgan bo'lsa, tushdan so'ng trenajyor zalida shug'ullanyapmiz. Asosiy urg'u jamoaviy o'yin va yaratilgan vaziyatlarni ijobiy yakunlashga qaratilmoqda. Bu erning ob-havosi yozda yig'in o'tkazish uchun juda qulay. Qolaversa, ko'plab jamoalar shu erda yig'in o'tkazadi. Biz maydonga tushgan uchrashuvlardagi raqiblarimiz ham yangi mavsumga tayyorgarlik ko'rishmoqda. Bunday o'yinlarda xato va kamchiliklar ustida ishlanadi, bu esa Superliganing qolgan uchrashuvlarida judayam asqotadi, -  deydi mahoratli futbolchi.  

Takidlab o'tamiz, 3 iyulga qadar Minskda shug'ullanadigan "temiryo'lchilar" ertaga so'nggi uchrashuvni Kaliningradning “Baltika” klubiga qarshi o'tkazadi.

Reyting: -1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика