So’nggi yangiliklar

01:0140 ёшли Фабиански яна "Вест Хэм"га қайтди. Дарвозабон ўтган мавсум охирида клубни тарк этганди  0 00:41Расман: Эриксен эркин агент сифатида "Вольфсбург"га ўтди  0 23:42Рўзиқул Бердиев: "Беш кишилик ҳимояни ёриб ўтишни яхши уддаладик. Элит ОЧЛда муносиб бўлишга ҳаракат қиламиз"  3 22:56"Бавария" бир неча йил аввал 14 ёшли Ямални сотиб олмоқчи бўлган, аммо трансфер суммасини тўлашга журъат этмаган  2 22:21Виктор Карпенко: "Илк гол сабаб биринчи бўлимда тўртта ўтказдик"  6 21:44Анри Франция терма жамоаси ҳақида: "Янги мураббий ким бўлишини барчамиз биламиз"  0 21:20Нойер: "Германия таркибида бошқа ўйнамайман. Бу онгли қарор эди"  4 20:52Суперлига. "Насаф" "Бухоро"ни йирик ҳисобда мағлуб этди  56 19:23Тоуни: "Саудия лигаси мен учун АПЛ билан бир даражада"  8 18:273 ўйинда 2 очко тўплаган Симеоне: "Учинчи ўрин етарли эмас. Чемпион бўлиш вақти келди"  5 17:33“Бу оптимал таркиб эмас. Ҳакам қарорлари тўғри эди, мағлубиятни тан ола билиш ҳам керак" — Санъат Шихов Эрон билан ўйин ҳақида  41 17:18Тожикистоннинг икки терма жамоасида истеъфо юз берди  17 17:07"Ман Сити" ҳужумчиси жароҳат туфайли МЮга қарши ўйинни ўтказиб юборади  1 16:24"Интер" 2025/26 мавсум учун учинчи формани тақдим этди. У "2000-йилларда жамоани яхши кўрганлар ва бугун уни севувчиларга" бағишланган  2 15:49"Барселона" Хасбуллани "Камп Ноу"га таклиф қилди  9

Katta tort, qadimiy qasrda kechki ovqat - "Lacio" 120 yillik yubileyini qanday nishonladi? Yangiliklar

Katta tort, qadimiy qasrda kechki ovqat - "Lacio" 120 yillik yubileyini qanday nishonladi?

1900 yil 9 yanvar - "Lacio" futbol klubi rasman tashkil topgan kun.

"Lacio" — 2 marta mamlakat chempioni, 7ta Italiya Kubogi va 5ta Italiya Superkubogi sohibi, UEFA Kubogi hamda UEFA Superkubogi sovrindoridir. Klub B Seriyaga tushib ketdi, uchinchi ligada o'ynadi, ammo o'zini qo'lga oldi va yana elitaga qaytdi. Bunungi kunda rimliklarning barcha ishlari joyida. CHempionatda — 9ta g'alabali seriya va 11ta mag'lubiyatsiz uchrashuvlar seriyasi. Superkubokda esa "Yuventus" ustidan 3:1 hisob bilan qozonilgan g'alaba. Turnir jadvalida uchinchi pog'onani band etgan "Lacio" klubi bugun o'zining 120 yilligini nishonlamoqda.

Jamoa bayramona kechki ovqatlanish uchun Rim markazida joylashgan "Muqaddas farishta" qasrini ijaraga oldi: qariyb 2 ming yil avval qurilgan memoriy yodgorlikdan avvaliga maqbara sifatida foydalanishgan edi. Hozirda u harbiy-tarixiy muzey hisoblanadi.

"Lacio" uchun tashkil qilingan tantanali oqshomda klub rahbariyati, barcha xodimlar, futbolchilar va ularning oila azolari qasrga yig'ildilar. Rim meri Virdjiniya Radji, merning sport, yoshlar va turizm ishlari bo'yicha maslahatchisi Daniele Frondjia va italiyalik siyosatchi (sobiq Evropa transport komissari) Antonio Tayani ham "Lacio" bayramiga taklif qilindi.

Qasrning old qismi oq-ko'k rangli chiroqlar bilan bezatildi ("Lacio" rangi). Bir necha yil avval "Roma" o'zining 90-yillik yubileyini aynan shu qasrda nishonlagandi. Bu esa "Lacio" muxlislarini biroz ranjitdi. Biroq klub prezidenti Klaudio Lotito hammasini tushuntirdi: "Biz aynan shu joyni tanlaganimizga sabab: uning ramzi — burgut hisoblanadi, xuddi bizniki kabi. Bu ideal tasodif".

Bayram davomida klub logotipini aks ettirgan chiroqlar vaqti-vaqti bilan yonib turdi. Xo'sh, bayram torti qanday bo'ldi? Bunga quyidagi surat orqali o'zingiz guvoh bo'lishingiz mumkin:

Klubdan yana bir tuhfa — yubiley munosabati bilan logotipga bayramona bezak berildi.

Futbolchilar qasrda raqsga tushayotgan paytlarida, muxlislar Rim markazida keng yo'lakni bezatdilar: olov, kuy-qo'shiq va "Roma" manzili tomon aytilgan haqoratli so'zlar... Etiborlisi shundaki, Rim markazida hech qanday tartibsizlik bo'lmadi. Miliciya xodimlari muxlislar orasidagi bayramni tinchgina nazorat qildilar. Klub ishqibozlari kuyladilar, raqsga tushdilar, baqirdilar, ammo o'zlarini yaxshi tutdilar. Bu esa "Lacio"ni qattiq hurmat qilishlaridan dalolatdir.

SHu fursatdan foydalanib, "Lacio"ning ashaddiy muxlislarini klubning 120 yillik yubileyi bilan muborakbod etamiz. Sevimli jamoangiz doimo g'alaba qozonishi va birinchilar qatorida bo'lishini tilaymiz!


Nozima Zaripova tarjimasi

Reyting: +6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика