So’nggi yangiliklar

07:58Элит ОЧЛ. Бугун "Насаф" "Ал Иттиҳод" меҳмони бўлади  0 07:35Sofascore. Супер ўйин кўрсатган Файзуллаев ва Шомуродов неча баҳога лойиқ кўрилди?  3 02:01Италия Суперкубоги. Нереснинг дубли "Наполи"га соврин олиб берди  1 01:27Элит ОЧЛ. Ҳамробеков жамоаси сўнгги дақиқаларда ғалабани илиб кетди, "Ал Ҳилол" ва "Ал Аҳли" меҳмонда зафар қучишди  0 01:05"Барселона" собиқ президенти: "Бизда Месси, Хави ва Иньеста борлиги учун ғалаба қозонганмиз. Ёки Европада ҳам Негрейра ғалаба қозониб берганми?"  9 00:26Ироқ. Шерзод Темировнинг голи "Эрбил"ни мағлубиятдан қутқариб қолди, у 8 та баҳсда 8 та гол урди  4 00:00"Бунёдкор" уч футболчи билан шартномани узайтирди  0 23:41Расман: "Барселона" ва ПСЖ собиқ юлдузи 32 ёшида фаолиятини якунлади  2 23:13Рақиб қизил олса, "Ливерпул"га қийинроқ, "Эвертон"нинг кучи ҳам, заиф нуқтаси ҳам Грилиш. Топ чемпионатлар учрашувларидаги ўзига хос тактика ҳақида  1 22:53"Ғазалкент" машғулотидан ФОТОГАЛЕРЕЯ  4 22:24Рўзиқул Бердиев: "Ал Иттиҳод" юлдузларга бой кучли жамоа"  7 22:04"Қизилқум" Шукуров билан шартома имзолади  1 21:33"Навбаҳор" Тошкентда йиғинни бошлади (ФОТО+ВИДЕО)  1 21:08Туркия. Шомуродов ва Файзуллаев гол урди, "Башакшехир" йирик ғалабага эришди  21 20:28Винисиус яхши ўйнамаётганини тан олмоқда, аммо...  5

"Katanecga bahoni bu o'yinlar bermaydi. Maldiv orollari bilan ham kechagi scenariy takrorlanishi mumkin. CHunki..." - Mutaxassis fikri Yangiliklar

"Katanecga bahoni bu o'yinlar bermaydi. Maldiv orollari bilan ham kechagi scenariy takrorlanishi mumkin. CHunki..." - Mutaxassis fikri

O'zbekiston milliy terma jamoasi Osiyo kubogi-2023 saralash bosqichidagi ishtirokini boshladi.

Namanganda kuchsiz va darajasi past qaralgan SHri-Lanka bilan kechgan uchrashuvda hamyurtlarimiz katta ustunlikka ega bo'lishdi. Biroq mazkur ustunlik hisobda o'z aksini etgani yo'q. Bir qancha vaziyatlar yaratgan terma jamoamiz ularning 3tasidan samara chiqara oldi, xolos. Boz ustiga bu Srechko Katanec uchun ilk rasmiy o'yin hisoblanardi. U kecha yoki bugun kelgani yo'q. Deyarli bir yil to'ldi. Xo'sh, uning ishi ko'zga ko'rina boshladimi? Bu borada mutaxassis sifatida tajribali murabbiy Dilshod Nuralievning fikrlari bilan qiziqdik. 

 — Katanecning bir yil ichidagi ishlarini tahlil qila olmayman. Biroq terma jamoaga har bir poziciyadagi eng kuchlilarini jalb qilgani ko'rinib turibdi. O'zining qarashiga qarab tarkib yig'gan. Menimcha, to'g'ri tarkib tanlangan. Kechagi o'yinga kelsak, himoyaga yotib olib o'ynaydigan jamoaga qarshi to'p tepish juda qiyin. Ikkinchidan bu birinchi o'yin. Gol urishimiz uchun ancha vaqt ketdi. Hamma ko'rdikki, vaziyatlar etarlicha yaratildi. Turli uslublardan foydalanib ko'rishdi. Yanada yirikroq hisobda yutishimiz kerak edi, 3:0 kam degan gaplar noto'g'ri, deb o'ylayman. Muhimi o'yin sifati. Biroq hujumlarni yakunlashda ancha boshqotirishga to'g'ri kelyapti. CHunki realizaciya ancha pasayib ketgan. O'ylaymanki, bu holat o'yindan-o'yinga yaxshilanib boradi.

Hujumda vaziyatlar yaratyapmiz. Biroq foydalanish koefficienti juda past. Bunday raqiblarga qarshi faqat SHomurodovni yakka o'zini tushirish to'g'rimi? Bu borada mutaxassisimizning fikri quyidagicha bo'ldi. 

 — Etibor bersangiz, SHomurodovga ikki qanot vingerlari ko'maklashmoqda. Agarda 2ta hujumchi bilan o'ynasak raqiblar asosiy diqqatni markazni yopishga qaratadi. Natijada yanada qiynalishimiz mumkin. SHaxsiy fikrim shunday. Hozirgi holatda unga Aziz Amonov ham yonida o'ynay oladi. O'yin bo'yicha aytsam, Katanec ko'rsatmalarda ko'proq qanotdan uzatmalar berishni bergan ko'rinadi. Yuqoridagi fikrimda qolaman, ochiq o'yin ko'rsatadigan jamoadan ko'ra, yopiq futbol taklif qiladigan jamoaga qarshi o'ynash murakkablik tug'diradi. SHu kuni SHri-Lanka oldinga o'tgani yo'q. Ularning vazifasi to'pni oldinga tepish, o'yinni "o'ldirish" bo'ldi, xolos. Bundan oson narsa yo'q. SHu bois qaysidir manoda biz kutgan o'yin chiqmadi. Jamoamizning salohiyatiga shubha qilmayman. Murabbiyning imzosi biroz bor. Tartib-intizom, hujumchilarning ortga qaytib yordam berishi va hokazo. Yana bir jihatga to'xtalib o'tsam, ayni paytda terma jamoa va Katanecning ishiga bu o'yinlar bilan baho bera olmaymiz. CHunki Maldiv orollari, SHri-Lanka kabi raqiblar bilan bellashuvlarda buni aniqlash imkonsiz. Tailand bilan uchrashuvdagina qisman fikr bildira olamiz. Bu terma jamoa ham yaxshi. Tezkor futbolchilariga ega. Guruhdagi qolgan ikki terma jamoadan ancha ustun.  

 

 — Maldiv orollari bilan ham kechagi scenariy takrorlanishini taxmin qilaman. CHunki ular ham himoyada o'ynaydi. Qanotlardagi uzatmalarda ko'proq erdan o'ynash kerak. Havodan uzatilayotgan to'plarda yakkakurash ko'proq kechadi. Yarim himoyachilarimizdan esa tezkorlik talab qilinadi. Raqib himoyalanganiga qadar tezroq hujumga o'tish lozim. Kecha SHri-Lankani individual mahorat evaziga mag'lub etdik. Ikkita gol Masharipov va Hamdamovning mahorati evaziga urildi. O'yindan bitta to'p kiritdik. Kombinaciyalarimiz bor. Vaziyatlar yaratilyapti.


Reyting: +12   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика