Katanec Superligani kuzatmaydimi?
30 may 2022 15:12
Yangiliklar
Katanec Superligani kuzatmaydimi?

Saytimiz jurnalisti Faxriddin Ro'ziev esa telegramdagi kanalida bazi savollarni o'rtaga tashladi:
Sloveniyalik mutaxassis chempionatimiz to'purarini yig'inga jalb qilmadi (5 ta to'p kiritgan Temurxo'jani ham). Albatta, uning nazdida Eron Pro-ligasining 11 o'yinida birorta gol urolmagan hujumchilar ham SHohruzdan kuchli bo'lishi mumkin. Lekin, oxirgi uch yillikni, o'n yillikni, hatto ming yillikni inobatga olsangiz ham, Norxonov Amonov bilan Temirovdan ko'proq to'p kiritgan.
Demak, Srechko futbolchilarning ayni paytdagi holatiga emas, qaysi chempionatda to'p surishiga etibor beradi va iloji bo'lsa, xorijda o'ynayotganlarni chaqiryapti.
Unda nega Belarusda rekordlarni yangilab tashlayotgan, 10 o'yinda 11 ta gol urgan Bobir Abdixoliqov ham ro'yxatda yo'q?
Va eng og'riqli savol: Katanec Superligani kuzatadimi o'zi? Agar kuzatsa, "Navbahor" bilan o'yinda to'xtab turgan mashinadan ham sekinroq harakatlangan, jamoasi 15 ta to'p o'tkazib yuborgan futbolchini nega yig'inga chaqirdi? Oxirgi yillarda hammadan barqarorroq o'ynayotgan Azamovga nega hech joy topilmaydi? Yoki u ham terma jamoada o'ynash uchun Eron chempionatiga o'tishi kerakmi?

Muallifning telegramdagi shaxsiy blogiga azo bo'ling.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Элит ОЧЛ. "Насаф" сўнгги дақиқаларда тўп ўтказиб, ўз майдонида "Ал Ваҳда"га ютқазди
U-17 Жаҳон чемпионати. Ўзбекистон ўсмирлар терма жамоаси илк турда Парагвайни мағлуб этиб, мусобақани ғалаба билан бошлади
ЕЧЛ. "Ливерпуль" ўз уйида "Реал Мадрид"ни мағлубиятга учратди
Элит ОЧЛ. Рўзиқул Бердиев: "Кучимиз борича рақибга қаршилик кўрсатдик"
Fikrlar