So’nggi yangiliklar

19:07Расман: Россия футболи тарихидаги энг тезкор гол муаллифи, "Насаф" ярим ҳимоячиси ва "Сурхон" ҳимоячиси "Локомотив" сафига қўшилди  0 18:39"Манчестер Юнайтед" футболчиси совриндор клубнинг устувор мақсадига айланди  0 18:12Артета "Арсенал"нинг трансфер бозоридаги мақсадлари рўйхатини тузди  3 17:56Расман: "Бухоро" ярим ҳимоячиси энди "Локомотив" шарафини ҳимоя қилади  4 17:43"Бу видолашув эмас, балки янги босқичнинг бошланиши". Шерзод Насруллаев "Насаф" билан хайрлашди  3 17:28Расман: "Челси" ва Энцо Мареска ўзаро келишув асосида ҳамкорликни тўхтатди  15 17:10Манба: Мареска ишдан бўшатилди  3 16:46Австралиялик бўйдор футболчи Тошкент клубига ўтмоқда  3 16:21Расман: "Пахтакор"да деярли ўйнамаган футболчи "Локо"га қайтди  1 15:50"Локомотив" Қирғиз Республикасининг 2025 йилдаги энг яхши футболчиси билан шартнома тузмоқда  4 15:28Ўзбекистон U-21 терма жамоасининг U-23 Осиё Кубогида иштирок этувчи таркиби эълон қилинди  9 15:11"Барселона" ҳомий билан ҳамкорликдан воз кечди  3 14:44"Сурхон" Туркияда йиғин ўтказади  0 14:18Конго ДР ҳужумчиси Марокаш ҳукуматидан норози: унинг чемодани 12 кундан бери топилмайди  1 13:42Салоҳ Римга қайтади?! "Рома"да сенсацион трансфер муҳокама қилинмоқда  1

Katanec o'ylagan "eksperiment" o'xshamadi (tahlil) yoxud O'zbekiston terma jamoasi Suriyani mag'lub eta olmaganiga 5 sabab Yangiliklar

Katanec o'ylagan "eksperiment" o'xshamadi (tahlil) yoxud O'zbekiston terma jamoasi Suriyani mag'lub eta olmaganiga 5 sabab

O'zbekiston terma jamoasi Osiyo kubogidagi dastlabki uchrashuvda Suriya terma jamoasi bilan durang o'ynadi. Biz esa terma jamoamiz nima sababdan Suriyaliklarni mag'lub eta olmaganini tahlil qildik.

1-sabab

Asosiy tarkib va SHomurodovning yo'qligi

Suriya terma jamoasi qarshi kechgan uchrashuvda SHomurodov yo'qligi yaqqol sezildi. SHomurodov kabi tezkor va ochiq zonalarni qidiruvchi futbolchining yo'qligi hujumdagi samardorlikga salbiy tasir o'tkazdi. Katanec Urunovni hujumchi sifatida o'ynatish qarori o'zini oqlamadi. Oston nimaga qodir ekanligini barchamiz yaxshi bilamiz va uni o'z poziciyasiga qaytarish eng to'g'ri qaror bo'ladi. SHuningdek kecha hujum chizig'idagi futbolchilarimiz ko'proq individual mahoratga tayanib qolishdi va shu holat ham bizning foydamizga ishlamadi. Masharipov to'pni o'zida ko'proq ushlab yubordi va aynan shu vaziyatda suriyalik himoyachilar o'z poziciyalariga qaytib olishga ulgurishdi. Biroq Masharipov va Sayfiev qanot juda aktiv bo'ldi, ayniqsa birinchi bo'limda. Sayfievni ko'pchilik tanqid qilmoqda, ammo u ko'p mehnat qildi va barcha vaziyatlarda birdek samarali va foydali o'ynash ilojsiz

2-sabab

O'zgarishlar

Ikkinchi taymda boshlanishidan avval o'ng qanotdagi ikkita "xoji"lar zaxiraga olindi. Alijonovning zaxiraga olinganining sababi aniqlanmadi. Erkinov esa birinchi taymda hujumda ancha faol bo'ldi, ammo Fayzullaevga ham o'yin vaqti berish kerakligi sababli Erkinov zaxiraga olindi. Abbosni ko'pchilik asosiy tarkibda kutgandi, ammo u o'yini zaxirada boshladi, ko'pchilikning fikriga ko'ra Fayzullaev asosiy tarkibdan joy olish kerak. Igor Sergeev esa juda  kech o'yinga qo'shildi. SHunga qaramay Sergeev juda samarali o'ynadi va u maydonga tushganidan so'ng raqib darvoza maydonchasiga oshirilgan paslar soni keskin ko'paydi. Sergeev ikkinchi qavatda yaxshi o'ynashini bilamiz va u bir vaziyatda boshi bilan yaxshi zarba berdi, ammo kechagi uchrashuvning eng yaxshi futbolchisi deya tan olingan Suriya darvozaboni zarbani bartaraf etdi. Keyingi uchrashuvda Ostonni qanotga va Sergeevni hujumga qo'ysak, terma jamoamiz tashkil etayotgan hujumlar samaradorligi keskin o'sishiga ishonaman.


3-sabab

Bir xil uslub

Terma jamoamiz ko'proq hujumkor uslubda o'ynaydigan jamoalarga qarshi o'zini qulay his qiladi. Suriya esa bunday jamoa emas, ular ham biz kabi ikkinchi raqam va tartibli himoya tarafdori. Ikki jamoa ham hujumkor o'ynashga intilmaydi. SHu sabab kechagi o'yinimizda tushunarsiz va nursiz bo'ldi.

4-sabab

Raqibning tartibli o'yini

Terma jamoamiz liderdlaridan biri Otabev SHukurov uchrashuvdan yakunlanganidan so'ng aytib o'tganidek "Biz Suriyani har qanday holat va tarkib bilan mag'lub etishimiz kerak", ammo tan olish kerakki Suriya terma jamoasi juda tartibli himoyalandi va deyarli xato qilmadi. Terma jamoamiz butun o'yin davomida bor yo'g'i ikki marotaba darvozaga aniq zarba berishdi, aniq yo'llangan yana 3ta zarbamiz suriyalik himoyachilar tomonidan muvaffaqiyatli "blok" qilindi.

5-sabab

Individual mahoratga tayanish

Kechagi uchrashuv ko'p jihatlar va hujumlarimiz futbolchilarning individual mahoratiga tayanildi. Tarkibimizda kreativ futbolchilarning ko'pligi bu albatta yaxshi holat, ammo kreativlik har doim ham stabil o'yin kafolati emas. Qaysidir futbolchi bir uchrashuvga kuchliroq o'ynab borishi yoki aksincha o'yini qovushmasligi ham mumkin. SHu sabab jamoaviy o'yinni kuchaytirish kerak. Srechko Katanec esa kecha ushbu muammoni tan oldi umid qilamizki u ushbu masalani tez orada bartaraf etadi

Xulosa: Katanec kecha o'ziga o'zi muammo yaratdi. Katanec o'ylagan "eksperiment" o'xshamadi. Ha, Suriya ham yaxshi himoyalandi, ammo ular "ideal" o'yin o'tkazishmadi. Bunga dalil, biz yaratgan bir nechta xavfli vaziyatlar. Terma jamoamiz bundan yaxshiroq o'ynay olishi aniq va Hindistonga qarshi uchrashuvda umuman boshqa jamoani ko'rishimizga umid qilaman. Olg'a, O'zbekiston

Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика