"Alijonov Toshkentda topshirgan MRT analizining tashxisi noto'g'ri ekan"
03 fev 2024 17:48
Yangiliklar
"Alijonov Toshkentda topshirgan MRT analizining tashxisi noto'g'ri ekan"
Ushbu intervyuda Yan Katanec Hojiakbar Alijonovning jarohati borasida etiborga molik fikr bildirdi.
- Alijonovda jarohat borligini bilgan ekansizlar, ammo nega uni Suriyaga qarshi o'ynatdingizlar?
- Hojiakbar Toshkentda MRT (Magnit-rezonans tomografiya) analizini topshirgan ekan. Ushbu analizlarning javobi noto'g'ri ekan. MRT analizining javobiga ko'ra, u bemalol o'ynay olar edi. Lekin aslida bunday bo'lib chiqmadi. Toshkentda topshirilgan MRT analizining tashxisi noto'g'ri.
- Bu kimning xatosi bo'lishi mumkin. Bunday xatoga kim javobgar bo'lishi kerak?
- Bilmadim. Bu mening ishim emas. Men har bir futbolchi topshirgan analizni nazorat qila olmayman. Yana bir marotaba takrorlayman. Dekabrda oyida terma jamoa yig'iniga sog' bo'lib qo'shilgan futbolchilar hali jarohat olgani yo'q, - dedi Yan Katanec.
Eslatib o'tamiz, Alijonov Osiyo kubogining 1-turida Suriyaga qarshi bahsning birinchi taymida o'ynadi va tanaffusda almashtirildi. SHundan keyin u musobaqada boshqa maydonga tushmadi.
To'liq intervyuni bu erda: INTERVYU
O’xshash yangiliklar
championat.asia
ОЧЛ 2 плей-офф босқичига қуръа ташланди: Роналду етакчилигидаги "Ал Насср" "Арқадағ" билан ўйнайди
Тимур Кападзе дунёнинг энг кучли мураббийлари орасида кучли ўнликка кирди!
АПЛ. "Арсенал" "Астон Вилла"нинг ғалабали сериясига нуқта қўйди. МЮ аутсайдерни мағлуб эта олмади
Роналду кетма-кет учинчи марта Яқин Шарқда йилнинг энг яхши футболчиси бўлди
Fikrlar