Karvaxal Realga nima bo'layotgani haqida gapirdi
26 sen 2017 19:08
Yangiliklar
Karvaxal Realga nima bo'layotgani haqida gapirdi
Realning o'ng qanot himoyachisi Daniel Karvaxal ECHL doirasidagi "Borussiya" Dortmundga qarshi o'yindan oldin o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
"Biz oxirgi o'yinlarda kerakligicha yaxshi o'ynay olmadik, chempionatda muvaffaqiyatsizliklarga uchradik, uchrashuvlarda etarlicha xavfli vaziyat yarata olmadik. "Real" o'zining optimal formasiga qaytishi uchun vaqt kerak. Agarda men nega bu qadar ko'p gol o'tkazib yuborayotganimizni sababini bilganimda, unda avvalo bu haqda murabbiyga aytardim. "Real"da barcha o'z ustida ishlashda davom etishi lozim.
Krishtianu Ronaldu? Uning nimalarga qodir ekanligiga hech kim shubha qilmayapti. Men yil davomida Ronalduning mashg'ulotlaridan ham katta zavq, rohat oldim. Ronalduning mashg'ulotlardagi mehnati va tinmay gol urishi uni o'zgacha futbolchi ekanligini anglatib turadi. Dortmundda Ronaldu o'z imkoniyatini oladi va bundan albatta unumli foydalanadi", - deydi Karvaxal.
Fikrlar