Karrager: “Liverpul”ning chempion bo'lishi qiyinlashib ketsada, Messini APLda ko'rish niyatidaman”
06 sen 2020 08:35
Yangiliklar
Karrager: “Liverpul”ning chempion bo'lishi qiyinlashib ketsada, Messini APLda ko'rish niyatidaman”
“Messini APLda to'p tepishini istayapman. Garchi u “Manchester Siti”da to'p tepib, “Liverpul”ga chempionlik poygasidagi kurashda qiyinchilik tug'dirsa ham...
Men har bir tur uchrashuviga borib, uning o'yinlarini maydondan kuzatib, tahlil qilmoqchiman. Agar u “Man Siti”ga o'tganida ajoyib ish bo'lardi.
Garchi bu gaplarim g'alati tuyulsada, men uni “Liverpul”ga o'tishini istamasdim. Menimcha, “Liverpul”da “Siti”ga nisbatan jamoaviy etika muhim rol o'ynaydi. CHunki “shaharliklar” safida futbolchilar ko'proq qandaydir mo'jizalar yaratishga harakat qilishadi. SHuningdek, ushbu transferning moliyaviy tomonlari ham echinish xonasidagi muhitga ham o'z tasirini o'tkazmay qolmaydi.
Moliyaviy feyr-pley? Men bu haqda hech qanday malumotga ega emasman. Ammo Messi faoliyatini Angliyada davom ettirsa, bu APL uchun judayam yaxshi holat bo'lardi”, dedi Karrager.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ўзбекистон Суперкубоги. "Нефтчи" — 2026 йилги Ўзбекистон Суперкубоги соҳиби.
Ла Лига. "Барселона" ўз майдонида "Севилья"ни тор-мор этди
Камолиддин Тожиев: "Эртанги ўйинга 100 фоиз шаймиз. Пенальтилар сериясига тайёрланмадик" (тўлиқ матбуот анжумани)
Opta. EЧЛ учун асосий даъвогарлар рейтингини қайтадан тузиб чиқди
Fikrlar