Nurillo To'xtasinov: "Vadim Abramovning qo'lida 3 yil o'ynaganman. Samarqandda muxlislarni xursand qilishimiz kerak"
05 jan 16:32
Yangiliklar
Nurillo To'xtasinov: "Vadim Abramovning qo'lida 3 yil o'ynaganman. Samarqandda muxlislarni xursand qilishimiz kerak"
Klub yaqinda yarim himoyachi Nurillo To'xtasinov bilan shartnoma imzoladi. Futbolchi ayni vaqtda "Dinamo"ning Toshkentdagi yig'inida qatnashmoqda. Bugungi mashg'ulotlar avvalida To'xtasinovning fikrlarini tingladik.
- Ikki yildan oshiq vaqtni legioner sifatida o'tkazdingiz. Malayziyadagi faoliyatingizdan qanday taassurotlar qoldi?
- Malayziyadagi ikki yarim yillik faoliyatimda ko'p narsa o'rgandim. Har bir futbolchida legionerga aylanish orzusi bo'ladi, bu menda amalga oshganidan xursandman. Baribir boshqa davlat futboli. Faoliyatimdan ko'nglim to'ldi deya olaman. Yaxshi xayrlashdik.
- "Terengganu" jamoasining yoqimtoyiga aylandingiz. Ishqibozlar ham siz bilan iliq xayrlashdi. Bu nimaga bog'iq bo'ldi?
- U erda muxlislar futbolni yaxshi ko'rishadi. Borganimda ham yaxshi kutib olishgan, murabbiylar, jamoa iliq qarshi olgandi. Malayziyada o'zbeklarni yaxshi ko'rar ekan, chunki avvalroq Sanjar Shoahmedov va boshqa futbolchilar o'zlaridan yaxshi taassurot qoldirishgan. "Terengganu"ga kelganimda Sardor Qulmatov ham bor edi. Bu menga ancha yordam vazifasini o'tagan.
- "Dinamo" jamoasiga o'tishingiz qanday yuz berdi?
-"Terengganu" bilan shartnomam tugadi. Klubda rahbarlar o'zgardi. O'zbekistondan takliflarim bor edi, Vadim Karlenovich "Dinamo"ga chorladi. Ularni qo'l ostida 3 yil o'ynaganman.
- O'tgan yili jamoa sovrinli o'rinlar uchun kurashdi. Bu yil nima kutilyapti?
- "Dinamo" o'tgan yili munosib natija ko'rsatdi. Bu yil o'tgan yilgidan yaxshiroq natija ko'rsatishga va chempionlik uchun kurashishga harakat qilamiz. Vadim Abramov ham buni aytib o'tdi. Muxlislarni xursand qilishimiz kerak.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Fikrlar