Vadim Abramov: "Avval bizga etarlicha baho berishmasdi, endi esa daraja ko'tarildi"
05 jan 18:57
Yangiliklar
Vadim Abramov: "Avval bizga etarlicha baho berishmasdi, endi esa daraja ko'tarildi"
Shundan keyin jamoa ilk xorij yig'ini uchun 16 yanvar kuni BAAga yo'l oladi. Jamoa bosh murabbiyi Vadim Abramov tayyorgarlik jarayoni, tarkib va legionerlar haqida fikrlarini bildirdi.
"23 dekabrda Samarqandda yig'ildik. Bir hafta dastlabki yig'inni o'tkazdik. Ayni paytda esa Toshkentda mashg'ulotlarni olib bormoqdamiz. 16 yanvargacha shu erda bo'lamiz. Bir qator nazorat uchrashuvlari rejalashtirilgan, shuningdek, tarkibda bir necha nafar yosh futbolchilarni ko'rib olamiz. Tayyorgarlik odatdagidek davom etadi", – deydi Vadim Abramov.
— O'tgan mavsum qanchalik kutganingizdek yakunlandi?
— Avval aytganimdek, bundan ham yaxshiroq natija qayd etishimiz mumkin edi. O'zimiz darajani yuqori qo'yib oldik. Shunday ekan, bizdan yanada ko'proq narsa kutishadi. Oldindagi mavsum avvalgisidan qiyin bo'ladi, deb o'ylayman. Ilgari bizga etarlicha baho bermagan jamoalar ham endi jiddiy tayyorgarlik bilan maydonga chiqadi.
— Nurillo To'xtasinov, Rasul Yo'ldoshev, Azizbek Amonov va ikki nafar legioner bilan shartnoma imzolandi. Bu borada batafsil malumot bersangiz.
— Hozirgacha bizga yaxshi tanish, nimalarga qodir ekanini biladigan o'zbekistonlik futbolchilarni jalb qildik. Ayrimlari bilan "Bunyodkor"da ham birga ishlaganmiz. Legionerlarga kelsak, o'xshaydi yoki o'xshamaydi — vaqt ko'rsatadi. Bilasiz, xorijlik futbolchi mahalliy yigitlardan kamida bir bosh yuqori bo'lishi kerak. Hozirgi vaziyatda esa legioner mahalliy futbolchilarga nisbatan arzonroqqa tushmoqda.
— Franciyalik Jesa Ayessa "Ayachcho"dan kelmoqda. Bunday chempionatdan futbolchini ko'ndirish qiyin bo'lmadimi?
— Bu borada ish olib boryapmiz, katta bo'lmagan maoshga legioner qidiryapmiz. O'zaro til topishgan holda jamoamizga foyda keltirishiga umid qilamiz.
— O'tgan mavsumda Firdavs Abdurahmonov va Oybek O'rmonjonov kashf etildi. 2026 yilda kimni kashf qilmoqchisiz?
— Hozir bu jarayon birmuncha osonroq. Ilgari o'rinbosarlar jamoasi asosiy tarkibdan keyin o'ynagan, bu esa noto'g'ri edi. Hozir esa ularni bir kun oldin ko'rib chiqish, qay darajada yordam berishi mumkinligini baholash imkoni bor. Bu borada hammasi yaxshi bo'ladi, deb o'ylayman.
— Kucherenko "Lokomotiv"ga ketdi. Markaziy himoyadagi muammoni qanday hal qilmoqchisiz?
— Bir nafar himoyachini chaqirdik. Yana biri bilan muzokara olib bormoqdamiz. Unga shartnoma taklif qildik, qolgani o'ziga bog'liq. Salohiyati yuqori, jamoamizni kuchaytirishi mumkin.
— 2026 yil uchun qanday vazifa va maqsadlar qo'yilgan?
— BAAdagi birinchi yig'indan keyin maqsadlar haqida aniq gapirish mumkin bo'ladi. Amirliklarda kuchli klublarga qarshi o'ynaymiz. Shu darajadagi jamoalar va og'ir mashg'ulotlar fonida o'z salohiyatimizni to'liq baholab olishimiz mumkin.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Fikrlar
Lekin Abramov yaxshi murabbiy