"Surxon" rossiyalik futbolchisi bilan kelishuvini 2 yilga uzaytirdi
05 jan 18:30
Yangiliklar
"Surxon" rossiyalik futbolchisi bilan kelishuvini 2 yilga uzaytirdi
"Surxon" matbuot xizmati Jamaldin Xodjaniyazov bilan shartnoma 2 yilga uzaytirilganini malum qildi.
"Klubimiz jamoaning etakchilaridan biri — Jamaldin Xodjaniyazov bilan shartnomani 2 yilga uzaytirganini mamnuniyat bilan malum qiladi. "Surxon" safida o'tkazgan so'nggi 1,5 mavsum davomida tajribali, 29 yoshli markaziy himoyachi jamoamizning etakchilaridan biriga aylandi. U ushbu davrda 39 ta uchrashuvda maydonga tushdi va ularning 14 tasida darvozamiz daxlsiz saqlanib qoldi.
Jamaldinning tajribasi, etakchilik fazilatlari va barqaror o'yini jamoamiz uchun katta ahamiyatga ega", – deyiladi termizliklar xabarida.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Fikrlar