Karrager “Arsenal” nima uchun sovrin yuta olmasligini aytdi
05 jan 2018 23:42
Yangiliklar
Karrager “Arsenal” nima uchun sovrin yuta olmasligini aytdi
“Liverpul”ning sobiq himoyachisi Jeymi Karragerning aytishicha, “Arsenal” hozirgi mudofaasi bilan yaqin vaqt ichida birorta jiddiy sovrinni yuta olmaydi.
“Arsenal” himoyachisi juda zaif va bu ancha vaqtdan buyon jamoaning og'riqli nuqtasi bo'lib kelmoqda. “To'pchilar”ning hujumdagi uchligi, deylik “Manchester Siti”ning hujumdagi uchligi – Sane, Sterling va Agueroga qaraganda kuchliroq. Kimdir bu fikrimga qo'shilmasligi mumkin, ammo bu aslida shunday. “Arsenal”ni himoyasi “qovun tushirmoqda”. Biz bir necha yillardan buyon ayni shu muammo haqida gapiramiz, ularning himoya chizig'i saviyasi havaskorlarnikidan farq qilmaydi. SHu sabab “Arsenal” yaqin yillar ichida biror bir sovrinni qo'lga kiritishi dargumon”, dey Karragerning so'zlaridan iqtibos keltirmoqda Sky Sports.
Fikrlar