Karius: “Klopp meni “Liverpul”da olib qolmoqchi edi...”
30 avg 2018 08:36
Yangiliklar
Karius: “Klopp meni “Liverpul”da olib qolmoqchi edi...”
“Liverpul”dan Turkiyaning “Beshiktosh” klubiga ko'chib o'tgan darvozabon Loris Karius yangi jamoaga o'tishi oldidan Yurgen Klopp bilan bo'lib o'tgan suhbati haqida gapirdi.
“Klopp menga jamoada qolsam, xursand bo'lishi haqida gapirib, qo'l ostida faqat eng yaxshi futbolchilar jamlanganligini takidladi. Ammo men u bilan uzoq suhbatlashib, “Beshiktosh” uchun o'ynamoqchi ekanliginimni bildirdim.
O'ylashimcha, bu ikki tomon uchun ham foydali transfer bo'ldi. Klopp menga eng yaxshi tilaklarni bildirdi va jamoasida saqlab qolish niyatida ekanligini malum qildi”, deya Kariusning so'zlaridan iqtibos keltirmoqda Sky Sports.
Eslatib o'tamiz, “Beshiktosh” Kariusni ikki yilga ijaraga oldi. Ijara davri tugagach, turklar germaniyalik posbonni transferini sotib olishlari ham mumkin.
Fikrlar