Karambyo: "Varan o'zining jismoniy holati haqida qayg'urishi kerak"
27 iyu 2017 16:41
Yangiliklar
Karambyo: "Varan o'zining jismoniy holati haqida qayg'urishi kerak"
"Real" sobiq yarim himoyachisi Kristian Karambyo jamoa himoyachisi Rafael Varanga ko'proq o'zining jismoniy holatiga etibor qaratishni maslahat berdi.
Futbolchi "Qirollik klubi" safida bir necha marotaba jarohat olib, ko'plab uchrashuvlarda ishtirok eta olmadi.
"Varan yosh, ammo "Real"da ko'p sovrinlarni qo'lga kiritdi. U o'zining jismoniy holati haqida qayg'urishi kerak. "Real" bosh murabbiyi Zidan ham shu haqda o'ylamoqda. Varan so'nggi ikki mavsumda "Real" muhim rolni o'ynadi" - deydi Karambyo.
Varan so'nggi mavsum LaLiganing 23 ta uchrashuvida ishtirok etib, 1 ta gol urdi va 2 ta golli pas berdi.
Fikrlar