So’nggi yangiliklar

20:36Эндрик учун янги даъвогар пайдо бўлди  1 19:55Криштиану Роналду қизини 8 ёши билан табриклади: "Даданг сени жуда яхши кўради ????"  1 19:34Карло Анчелотти: "Реал"да дуранг — бу инқирознинг бошланиши?"  2 18:15Жоан Лапорта: "Ламин Ямал — даҳо, дунёда ўз позициясида энг яхшиси, аммо ҳали чўққига етмаган"  4 17:48Тони Пулис: "ВАР кўрилиши икки дақиқадан ошмасин ва соф ўйин вақтини жорий этиш керак"  3 17:08U-19 чемпионати. Ярим финалда Тошкент ҳамда Қашқадарё дербиси бўлади  1 16:53Жереми Доку: "Арсенал" ёки бошқаларни кузатмаймиз. Агар "Ман Сити" яхши ўйнаса, биз билан рақобат қилиш қийин"  6 16:14Гвардиола ёзда "Манчестер Сити"ни тарк этиши мумкин  1 15:27Жоан Лапорта: "Барселона" ва "Реал" ўртасидаги муносабатлар яхши эмас"  1 15:24"Футбол олами". "Нефтчи" чемпионликни Фарғонада нишонлаш имконига эга бўлди..."  6 15:03U-17 Жаҳон чемпионати. Ўзбекистон - Панама 6:1  1 14:35Ўзбекистон U-23 терма жамоаси мағлубиятга учради  24 14:18Жоан Лапорта: "Месси эндиликда “Барселона”га футболчи сифатида қайтмайди"  7 13:21"Реал" Эндрикни қўйиб юборишга рози бўлди  1 12:59Рубен Диаш: “Ман Сити”да янги ўйинчилар пайдо бўлди, лекин сифат ўзгармаган"  2

Kapadzening muammolari jiddiymi? U-23 Osiyo Kubogi saralashi yaqin... Yangiliklar

Kapadzening muammolari jiddiymi? U-23 Osiyo Kubogi saralashi yaqin...

Xabaringiz bor, shu yilning 6-12 sentyabr kunlari poytaxtimiz Toshkentda U-23 Osiyo Kubogi saralashining "E" guruhi bellashuvlari bo'lib o'tadi.

Albatta, ushbu guruhdan O'zbekiston olimpiya terma jamoasi joy olgan. Guruhda vakillarimizga Eron, Gonkong hamda Afg'oniston raqiblik qiladi. O'zbekiston U-23 terma jamoasining saralashdagi o'yinlar taqvimi quyidagicha:

1-tur, 06.09.2023

O'zbekiston – Afg'oniston 

2-tur, 09.09.2023

Gonkong – O'zbekiston 

3-tur, 12.09.2023

O'zbekiston – Eron


Demak, saralash bahslari boshlanishiga 3 haftadan ham kamroq vaqt qoldi. U-23 terma jamoamiz bosh murabbiyi Timur Kapadze oldida esa jiddiy muammolar paydo bo'lmoqdami? Olimpiya terma jamoamizga nomzod bo'lgan bir qator futbolchilar ayni paytda o'z klublarida zaxira o'rindig'ida o'tirishibdi va o'yin amaliyotisiz qolib ketishmoqda.

1.Husayn Norchaev ("Alaniya")

Norchaev shu yilning fevral oyida Vladikavkazning "Alaniya" jamoasi tarkibiga borib qo'shilgan edi. 1 oy oldin boshlangan Rossiya MFLda hozirgacha 5 tur o'yinlari o'tkazildi. Husayn barcha o'yinda jamoasining qaydnomasiga kiritildi, ammo maydonga tushirilmadi. Yani, hozir hujumchimizda o'yin amaliyoti umuman yo'q.


2.Ruslanbek Jiyanov ("Pari NN")

Jiyanov shu yilning 10 fevralida "Pari Nijniy Novgorod" jamoasi bilan 2026 yilgacha mo'ljallangan shartnomaga imzo chekkan va "Olimpik" klubiga yozgacha ijaraga berilgan edi. Ammo, bosh murabbiy Sergey Yuran uni 23 iyun kuni O'zbekistonda ichki chempionatning 1-davrasi yakunlanmay turib yig'inga chaqirib oldi. Hozirga kelib "Pari NN" Premer-ligada 4ta, kubokda esa 2ta o'yin o'tkazdi. Ruslanbek esa hali biror marta maydonga tushirilmadi. Unda ham o'yin amaliyoti umuman yo'q.


3.Abbosbek Fayzullaev (CSKA)

Fayzullaev 4 avgust kuni rasman CSKA o'yinchisiga aylandi. SHundan beri "armiyachilar" Premer-liga va kubokda 3ta o'yin o'tkazishdi. Abbosbek hozircha faqat zaxira o'rindig'ida qolmoqda. Demak, unda ham o'yin amaliyoti umuman yo'q.


4.Hojimat Erkinov ("Paxtakor")

Erkinov yozgi transfer oynasida ijara asosida "Paxtakor"ga qaytdi. 2-davrada hozirgacha "sherlar" Superliga va kubokda 5ta bahsda ishtirok etdi. Hojimat esa mana shu bellashuvlarda jami 69 daqiqa o'ynadi. 450 daqiqadan 69 daqiqagina... Unda ham o'yin amaliyotidan muammo bor.


5.Ulug'bek Hoshimov ("Neftchi")

Hoshimov mavsum boshidan beri "Neftchi"ning Superliga va kubokdagi 19ta o'yinida jami 1062 daqiqani maydonda o'tkazdi. 1710 daqiqadan 1062 daqiqa, 62 foiz o'ynagan. Ulug'bekda o'yin amaliyoti bor, lekin etarli emas.


Bu U-23 terma jamoamizning o'yin amaliyotisiz qolib ketayotgan hujumkor futbolchilari. Yani, Timur Kapadze ayni paytda anchagina o'ylanib qolgani aniq. Yuqoridagi o'yinchilarning mahorati va darajasiga shubha yo'q. Lekin, ularning o'yin amaliyotisiz qolib ketishayotgani jiddiy muammo.

Bu hali hammasi emas. OTJda asosiy tarkibda o'ynashga nomzod bo'lgan orqa chiziq vakillaridan Ibrohim Halil Yo'ldoshev "Pari NN"da joriy mavsum Premer-liga va kubokdagi 5 uchrashuvda bor yo'g'i 112 daqiqa o'ynadi xolos.

Franciya vice-chempioni "Lans"ga o'tgan markaziy himoyachi Abduqodir Husanov ichki chempionatning 1-turida zaxira o'rindig'ida qoldi. U ham tezroq maydonga tushishni boshlashi kerak.

OTJning ehtimoliy asosiy darvozaboni Abduvohid Nematov ham ayni paytda "Nasaf" asosiy tarkibidan tushib qolgan. "Nasaf"da 3 o'yindan beri Umidjon Ergashev asosiy tarkibda tushmoqda.


U-23 Osiyo Kubogi saralashiga oz vaqt qoldi. Ko'plab o'yinchilarimizdagi o'yin amaliyoti bilan bog'liq muammo murabbiylarni o'ylantirayotgani shubhasiz...

Muallif : Tolibjon Qosimov
Reyting: +7   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика