Kantedan keyingi shov-shuvli qadam: "Fenerbaxche" yulduz forvardni nishonga oldi
05 fev 13:04
Yangiliklar
Kantedan keyingi shov-shuvli qadam: "Fenerbaxche" yulduz forvardni nishonga oldi
"Fenerbaxche" transfer bozorida N'Golo Kanteni tarkibga qo'shib olganidan keyin ham suratni pasaytirmadi va hujum chizig'ini faol ravishda kuchaytirishda davom etmoqda.
Turkiya grandi urugvaylik hujumchi Darvin Nunes bo'yicha "Al Hilol" klubiga rasmiy taklif yo'lladi.
Gap 26 yoshli hujumchini 6 oyga ijaraga olish haqida ketmoqda. Jurnalist Serkan Hamzao'g'li malumotlariga ko'ra, Istanbul klubi rahbariyati muzokaralarni tezkor yakunlab, kelishuvni yaqin vaqt ichida rasmiylashtirishni rejalashtirmoqda.

Nunes ushbu mavsum klub darajasida 22 o'yinda ishtirok etib, 7 ta gol va 5 ta golli uzatma muallifi bo'ldi hamda jamoasining asosiy futbolchilaridan biri bo'lib qolmoqda.
Agar "Al Hilol" bilan kelishuvga erishib bo'lmasa, "Fenerbaxche" muqobil scenariyga o'tishga tayyor — klub short-listida Italiyaning "Roma" jamoasi hujumchisi Artyom Dovbik ham bor.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
ЕЧЛ. "Реал Мадрид" Вальверденинг хет-триги эвазига "Манчестер Сити"ни мағлуб этди
Суперлига. "Насаф" сўнгги дақиқаларда урилган гол эвазига "Динамо" билан дуранг ўйнади
Opta. EЧЛ учун асосий даъвогарлар рейтингини қайтадан тузиб чиқди
Камолиддин Тожиев: "Эртанги ўйинга 100 фоиз шаймиз. Пенальтилар сериясига тайёрланмадик" (тўлиқ матбуот анжумани)
Fikrlar