Kanselu: "OAVning so'zlarini unuting, biz Xavini qo'llab-quvvatlaymiz"
17 dek 2023 23:07
Yangiliklar
Kanselu: "OAVning so'zlarini unuting, biz Xavini qo'llab-quvvatlaymiz"
"Barselona" qanot himoyachisi Joau Kanselu jamoa bosh murabbiyi Xavi Ernandes haqida gapirdi.
"Barchamiz Xavini qo'llab-quvvatlaymiz. OAVda aytilayotgan barcha gaplarni unuting. Men sizlarga haqiqatni aytaman. Xavi — afsona. U doim jamoa va klub uchun yaxshi bo'ladigan narsalarni izlaydi. U bilan ishlash juda yoqimli", — deydi Kanselu.
Eslatib o'tamiz, Kataloniya klubi so'nggi o'yinda Ispaniya chempionati 17-tur doirasida "Valensiya" (1:1)ni mag'lub eta olmadi. Bu barcha turnirlarda "ko'k-anorranglilar"ning uchta g'alabasiz seriyasi degani.
"Barselona" ayni damda 35 ochko jamg'argan holda La Ligada uchinchi o'rinni egallab turibdi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Al Ain Cup. Остон Ўрунов порлаган оқшомда Ўзбекистон Мисрни мағлуб этди, финалда яна Эрон билан ўйнаймиз
Криштиану Роналду фаолиятида илк бор Португалия термаси сафида қизил карточка олди
Ўзбекистон Хорватия баҳсининг бошланиш вақти маълум
Ўзбекистон U-23 терма жамоаси мағлубиятга учради
Fikrlar