Kannavaro murabbiy sifatida O'zbekistonga yutqazgan o'yinni yodga olamiz
03 okt 11:20
Yangiliklar


Kannavaro murabbiy sifatida O'zbekistonga yutqazgan o'yinni yodga olamiz
Italiyalik mutaxassis Fabio Kannavaro O'zbekiston terma jamoasi bosh murabbiyi etib tayinlashi kutilmoqda.
52 yoshli sobiq futbolchi bunga qadar "Al Ahli", "Al Nassr", "Guanchjou Evergrand", "Tyanczin Cyuanczyan", "Guanchjou", "Benevento", "Udineze", "Dinamo Zagreb" klublari hamda Xitoy terma jamoasida faoliyat olib borgan.
Chin mamlakati boshqaruvida O'zbekiston milliy terma jamoasiga qarshi o'yinda ishtirok etgan.
2019 yilning 15 martida Kannavaro "Guanchjou Evergrand"dagi ishini davom ettirgan holda Xitoy bosh murabbiyi etib tayinlandi va jamoani China Cup-2019 musobaqasiga tayyorladi.
Xitoyda o'tgan turnirda mezbonlardan tashqari Urugvay, O'zbekiston va Tailand milliy terma jamoalari ishtirok etdi.
Xitoy yarim finalda Tailand bilan to'qnash keldi. Ularning asosiy maqsadi – boshqa raqiblar orasida kuchsizroq hisoblangan Tailandni mag'lub etib, finalda Urugvay bilan to'qnash kelish edi.
Biroq Kannavaro qo'l ostidagi Xitoy 0:1 hisobida imkoniyatni boy berdi. Ikkinchi to'qnashuvda esa Urugvay Ektor Kuper murabbiyligidagi O'zbekiston darvozasiga javobsiz uchta to'p kiritdi.
Uchinchi o'rin uchun bellashuvda Xitoy va O'zbekiston terma jamoalari kuch sinashdi. Kanavarro terma jamoa murabbiyligidagi ikkinchi o'yinida ham yutqazdi – Eldor Shomurodov tomonidan urilgan yagona gol O'zbekistonga g'alaba taqdim etdi. Finalda esa Urugvay Tailand 4:0 hisobida taslim etdi.
Shundan so'ng Fabio Kannavaro eski ish joyiga – "Guanchjou Evergrand" murabbiyligiga qaytdi.
Xitoy — O'zbekiston 0:1
Gol: Eldor Shomurodov (35) (GOL VIDEOSI)
Xitoy: 12.Yan Junling, 5.Zang Lingpeng, 24.Fu Xuan, 3.Gao Zunyi (17.Vang Gang, 58), 26.Li Ang, 15.Vu Shi (30.Peng Shinli, 67), 21.Tan Long, 13.Xi Chao (11.Xao Junmin, 58), 14.Zang Xiuvey (27.Vang Yongpo, 86), 9.Dong Xuesheng, 7.Vei Shixao
Zaxira: 25.Lu Venjun, 19.Shie Pengfey, 6.Feng Shiaoting, 1.Zeng Cheng, 28.Liu Yang, 23.Vang Daley.
O'zbekiston: 12.Sanjar Quvvatov, 2.Akmal Shorahmedov, 5.Anzur Ismoilov, 20.Islom To'xtaxo'jaev, 13.Oleg Zoteev, 23.Odil Hamrobekov, 19.Otabek Shukurov, 10.Javohir Sidiqov (17.Doston Hamdamov, 70), 8.Ikrom Aliboev, 7.Jaloliddin Masharipov, 14.Eldor Shomurodov (11.Temurxo'ja Abduxoliqov, 72).
Zaxira: 1.Akbar To'raev, 16.Javohir Ilyosov, 3.Doston Tursunov, 9.Odil Ahmedov, 21.Marat Bikmaev, 6.Davron Hoshimov, 4.Farruh Sayfiev, 15.Egor Krimec, 18.Sardor Mirzaev.
Ogohlantirish: Anzur Ismoilov 31.
Oqil Abdubarnoev tayyorladi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar
Кечирасиз, лекин бу ғирт долбоеблик...