So’nggi yangiliklar

08:28Опта. EЧЛда чемпионлик учун асосий даъвогарлар рейтингини тузиб чиқди  2 08:00Легионерлар. Ўрунов жамоаси дуранг ўйнади. Мозговойнинг жамоаси эса йирик ҳисобда мағлуб бўлди  0 07:33Суперлига. Бугун Фарғонада тур ўйини бўлиб ўтади  8 06:40Суперлига. "Шўртан" – "Пахтакор" 0:0  0 01:50Рубен Аморим: "МЮдаги босим бошқа клублардагидан ҳам кўп"  6 01:07Саудия Арабистони. Марказий ўйинда "Ал Аҳли"дан суперкамбэк!  8 00:51Микель Артета "Манчестер Сити"га қарши ўйин ҳақида: "Арсенал" ўз даражасига баҳо бериши мумкин"  1 00:30Жером Боатенг фаолиятини якунлади  1 00:13"Реал"нинг учинчи аппеляцияси ҳам рад қилинди  5 23:57Миржалол Қосимов: "Туғилган кунимга энг яхши совға бўлди"  0 23:29ЕЧЛнинг 1-тур рамзий термаси эълон қилинди  9 23:04Илёс Зейтуллаев: "Бундай ўйинлар кўпроқ дарс беради"  3 22:45Суперлига. ОКМК — “Бунёдкор” 5:1  0 22:14"Барселона" ПСЖ билан ўйинни қайси стадионда ўтказиши маълум  1 21:55Элдор Мойлиев: "Барчамизнинг мақсадимиз битта: "Шўртан"ни Суперлигада олиб қолиш"  8

Kanchelskis: “Navbahor” bilan shov-shuv ko'tarmoqchimasmiz” Yangiliklar

Kanchelskis: “Navbahor” bilan shov-shuv ko'tarmoqchimasmiz”

Rossiyalik mutaxassis Andrey Kanchelskis “Navbahor”dan shartnomani bekor qilish uchun ko'rsatilgan tovon pulini bir hafta ichida olishga umid qilmoqda, deya xabar beradi TASS agentligi.

“Navbahor” bilan muzokara olib bormoqdamiz, ular esa barchasi ijobiy yakunlanishini istamoqda, deydi Kanchelskis. – Muzokaralar davom etmoqda, na menga va na ularga shov-shuv, tortishuvlar kerak. Ular shartnomada ko'rsatilgan barcha narsani to'lab berishi lozim. Ular tomondan barchasi aniq va ravshan.

Ushbu masalani bir hafta ichida hal qilamiz deb o'ylayman. Agar ularning o'zlari men bilan bog'lanib, qo'ng'iroq qilishsa, demak, barchasi tinch tugashini xohlashayotgan bo'ladi, deya qo'shib qo'ygan murabbiy.

“Sog'lig'im normal holatda, davolanish kursini o'tadim va tez orada ayrim klublar bilan muzokaralarni boshlashga umid qilaman. CHet eldan variantlar bor, ammo hozircha buni oshkor qilmoqchimasman”, deya so'zlarini yakunlagan rossiyalik mutaxassis.

Eslatib o'tamiz, Kanchelskis “Navbahor”da 2018 yil oktyabridan 2019 yil iyunigacha ishlagan, o'tgan yilning avgustida esa bosh murabbiy vazifasiga qaytdi hamda 2020 yilning 9 oktyabrida u o'z lavozimini tark etdi.

Reyting: -7   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика