Kanchelskis “Man Siti” – “Real” bahsiga taxmin bildirdi
19 fev 2020 19:55
Yangiliklar
Kanchelskis “Man Siti” – “Real” bahsiga taxmin bildirdi
“Navbahor” ustozi Andrey Kanchelskis ECHLning 1/8 bosqichi doirasida 26 fevral kuni "Santyago Bernabeu"da bo'lib o'tadigan “Real” va “Man Siti” uchrashuvidan nima kutayotganini aytdi.
“Qiziqarli o'yin bo'ladi. O'ylashimcha, CHempionlar ligasidagi katta tanaffusdan oldin, “Siti” bor kuchini joriy musobaqaga ajratadi: ularning barcha fikrlari, hamma taktik ko'rinishlari, eng yaxshi futbolchilari. Angliya chempionati “Liverpul”ga boy berilgani bois, ushbu mavsum endi ular uchun CHempionlar Ligasi birinchi raqamli turnirga aylanadi.
Nazarimda, “Manchester Siti” va “Real”ning imkoniyatlari tengdek. Hatto kichik ustunlik, menimcha, hozir “Siti” tomonida. “Real”da biroz pasayish bor. “Siti”da esa tanaffus kamroq bo'ldi va ular yaxshi formada. Biroq, “Real” bu “Real”. Bu CHempionlar Ligasining eng kuchli jamoalaridan biri. Ko'ramiz", deydi mutaxassis.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал" "оловли" ўйинда Мбаппе ва Беллингемнинг голи эвазига "Барселона"ни мағлуб этди
Месси Роналдунинг рекордини такрорлади, бироқ...
Суперлига. Чемпионлик учун курашаётган "Насаф" марказий тўқнашувда ОКМК билан дуранг ўйнади
Суперлига. Турнинг сўнгги баҳсида "Сурхон" "Андижон"га ҳеч қандай имконият қолдирмай йирик ҳисобда мағлуб этди
Fikrlar