Kamron Saidazimov – "Sho'rtan" futbolchisi!
20 fev 21:15
Yangiliklar
Kamron Saidazimov – "Sho'rtan" futbolchisi!
"Sho'rtan" tarkibiga Kamron Saidazimov qo'shib olinganligini elon qildi.
"Yangi mavsumga jiddiy tayyorgarlik ko'rayotgan "Sho'rtan" klubi transfer oynasi yopilgunga qadar selekciya ishlarini davom ettirmoqda. Bugun jamoamiz yana bir iqtidorli futbolchi bilan shartnoma imzoladi!
Kamron Saidazimov – "Sho'rtan" jamoasida!
Tajribali hujumkor yarim himoyachi Kamron Saidazimov endilikda G'uzor jamoasi sharafini himoya qiladi. U bungacha "OKMK", "Lokomotiv", "Andijon" va "Surxon" klublarida o'ynagan va o'z mahorati bilan futbol muxlislarining etiborini qozongan.
Biz Kamronning yangi mavsumda "Sho'rtan" g'alabalariga katta hissa qo'shishiga ishonamiz!", - deb yoziladi klub bayonotida.

Malumot uchun, Kamron Saidazimov faoliyati davomida 87 o'yinda qatnashib, 2tadan gol va assist qayd etgan.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Аргентина ЖЧ-2026дан четлатилиши мумкин
Ла Лига. Рафиньянинг дубли "Барселона"га "Осасуна" устидан ғалабани тақдим этди
Эрлинг Ҳоланд Криштиану Роналдуни қувиб ўтиб, АПЛ рекордини янгилади
Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди
Fikrlar