So’nggi yangiliklar

22:20Ла Лига. "Атлетико" ўз майдонида "Хетафе"ни мағлуб этди, меҳмонлар ўйинчиси 55-дақиқада майдондан четлатилди  0 21:58"ФарДУ" назорат ўйинида жавобсиз еттита тўп киритди  0 21:32Бундеслига. "Бавария" тўққиз киши бўлиб "Байер" билан дуранг ўйнади, "Боруссия Дортмунд" эса ишончли ғалабага эришди  11 21:20"Арсенал" ва "Челси" иштирокидаги ўйинлар учун таркиблар маълум  1 21:04"Галатасарой" — "Истанбул Башакшехир". Таркиблар маълум  16 20:40Райан Шерки: "Дунёнинг энг яхши футболчиси бўлишни истайман. Агар "Олтин тўп"ни қўлга киритсам..."  0 20:05Ислом Исмоилов: "Финалда тактикадан кўра футболчиларнинг характери юқори планга чиқади" (тўлиқ матбуот анжумани)  17 19:45ОПЛ. "Сабаҳ" бу сафар рақибига жавобсиз 5 та гол урди  0 19:10Камолиддин Тожиев: "Эртанги ўйинга 100 фоиз шаймиз. Пенальтилар сериясига тайёрланмадик" (тўлиқ матбуот анжумани)  33 18:50ЎзФҲМ йиғилиши: икки ўйинда қизил карточка кўрсатилиши керак эди  12 18:27"Аркадағ" кетма-кет иккинчи йил Туркманистон кубоги соҳибига айланди  15 18:15Дунёдаги энг йирик кўча футболи чемпионати яна Ўзбекистонда  1 18:00"Металлург" назорат баҳсида "Гулистон"ни мағлуб этди  2 17:45"Барса" Гави тиззасидан олган жароҳатидан сўнг сафга қайтганини эълон қилди. Хавбек август ойидан бери ўйнамади  10 17:05Ўзбекистон Суперкубоги: дебютант “Нефтчи” саккизинчи жамоа, рекорд “Пахтакор”да  8

Kamoliddin Tojiev: "Tarkibimizda 20ta asosiy futbolchi bor. Raqib 10 kishi bo'lib himoyalandi" Yangiliklar

Kamoliddin Tojiev: "Tarkibimizda 20ta asosiy futbolchi bor. Raqib 10 kishi bo'lib himoyalandi"

Superliga 1-turidan o'rin olgan "Paxtakor" - "Qizilqum" (2:0) uchrashuvidan so'ng mezbonlar bosh murabbiyi Kamoliddin Tojiev matbuot anjumanida ishtirok etdi.


"Raqib 10 kishi bo'lib himoyalandi. Bunday himoyani yorib o'tish juda qiyin. Ikkinchi bo'limda esa boshqacha vazifa qo'ydik va ko'proq vaziyatlarga ega bo'ldik. G'alaba bilan tabriklayman. Bugun 120%ga harakat qildik" - dedi Kamoliddin Tojiev.

- "Paxtakor"da bor-yo'g'i ikkita hujumchi bor. Tanlov yo'qligi kelajakda pand berib qolmaydimi?

- Qishda uchta hujumchini ko'rib chiqdik va yakuniy qarorimiz Pyotr bo'ldi. Tanlovda adashmaganimizni bugun bildik. Hamdamov hujumda ham o'ynay oladi. Oybek ham oldinroqda o'ynashi mumkin. Xavotirga o'rin yo'q, har bir poziciyaga ikkitadan o'yinchimiz bor.

- "Paxtakor" paragvaylik bir hujumchi va portugaliyalik Joau Koshta ismli futbolchilar bilan muzokara olib borgan emish. Ushbu hujumchilar bilan muzokaralar ijobiy yakun topmaganiga nima sabab bo'ldi?

- Portugaliyalik tibbiy ko'rikdan o'ta olmadi. Unda jarohat bor ekan. Paragvaylik futbolchi esa O'zbekistonga kelishga ko'nmadi.

- Flamarion va Bo'rievda kichik jarohatlar bor. Ular qachon safga qaytadi?

- Bo'riev bugun zaxirada edi. Flamarion esa shamollab qoldi.

- Alijonovning holati qanday?

- Tizzasidan jarohat oldi. Tekshiruvdan so'ng jarohat qanchalik jiddiy ekanligini bilib olamiz.

- Alijonov maydonni tark etguniga qadar deyarli barcha hujumlar u orqali amalga oshirildi. Bu atayin tanlangan rejamidi?

- Mening ko'rsatmam - futbol o'ynash. Qanotdan pas berish orqali hujum uyushtirish. Bunday ko'rsatma berganim yo'q.

- Hozirgi kunda yarim himoyachilar o'rtasida asosiy tarkibni tanlashga qiynalmayapsizmi yoki vingerlarda?

- Qiynalmayapmiz. Barcha futbolchilar o'yin amaliyotiga ega bo'ladi. Chempionat juda uzoq davom etadi. OCHL va Kubok bahslari ham bo'ladi. Barcha futbolchilar o'z imkoniyatiga ega bo'ladi.

- Turdimurodov asosiy hujumchi bo'ladimi yoki legioner futbolchi?

- Biz legionerni ko'p kuzatib bordik va shundan so'ng jamoaga chaqirdik. Tarkibimizda 18-20ta futbolchi bor va ularning barchasi asosiy futbolchilarimiz. Aynan qaysidir futbolchini asosiy deb ko'rsatmayman. Barcha o'yinchilar teng.

- Birinchi va ikkinchi bo'lim o'rtasida qanday taktik o'zgarishlar qildingiz?

- Birinchi taymda ko'proq o'rtadan yorib kirmoqchi bo'ldik. Bunday himoyalangan jamoaga qarshi esa markazdan kirish qiyin bo'ladi. Shu sababli tanaffusdan so'ng ko'proq qanotdan amalga oshirilgan paslar orqali raqib darvozasiga xavf tug'dirishga harakat qila boshladik.

- "Paxtakor"ga qarshi barcha jamoalar himoyaviy o'yin taklif etadi. Ushbu muammoga qanday echim topmoqchisizlar?

- Bu har doim bo'lib kelgan. Har bir raqibni o'rganib chiqib echim topamiz.

- Azizbek Turg'unboev transfer oynasi yopilishiga bir necha kun qolganida jamoani tark etdi. Turg'unboev "Paxtakor" bilan Turkiya yig'inlarida ham ishtirok etdi. Turg'unboev jamoani so'nggi pallada tark etishiga nima sabab bo'ldi?

- Futbolchi ko'proq o'yin amaliyotiga ega bo'lish istagini bildirdi. Shu sababli klub uni qo'yib yuborishga qaror qildi. Ikki tomon ham rozi bo'ldi.

- Nasrullaev, Bozorov va Mozgovoyning bugungi uchrashuvdagi ishtiroki haqida gapirib o'tsangiz?

- Ular terma jamoa azolari. Bugun maydonda ham o'z darajasini namoyish etishdi. Bugun barcha futbolchilar 120%ga harakat qilishdi. Ular Superligadagi har bir jamoaga katta foyda keltirishi mumkin.

- Keyingi bahs "Qo'qon-1912"ga qarshi. "Paxtakor" o'tgan mavsumda aynan Qo'qondagi uchrashuvda chempionlik "poyga"sini tark etgan edi. Bu safar Qo'qonga revansh maqsadida borasizlarmi? 

- O'tgan yili biroz "nastroy" etmagani uchun shunday holat ro'y bergandi. Joriy mavsumda esa ushbu kamchilikning oldini olishga harakat qilamiz.

Reyting: +4   

Fikrlar

+2   
28 fev 00:33:48
Жамшид Jamshid
Ку́кркок тактика килди. Хеч канака ёриб у́тадиган у́йин ку́рмадим
+1   
28 fev 02:49:05
Ochilov Farobiddin
Ану штанга кириб кетганда Пахтакор ухларди бугун
   
28 fev 14:00:58
Бахтиёр Ашуров
Жамшид Jamshid foydalanuvchining fikriga javob berish
Биринчи таймда кўпроқ ўртадан ёриб кирмоқчи бўлдик.
Ҳа шунақа - деган. Сиз бўлса ҳеч қанақа ёриб ўтганини кўрмадим - дегасиз. Ҳуддики Камолиддин : ёриб кирдик - дегандақа таъсурот қолдириябсиз!
   
28 fev 13:34:51
Жамшид Jamshid
Бахтиёр Ашуров foydalanuvchining fikriga javob berish
Ким айтди ёриб ўтдик - деб?
Биринчи таймда кўпроқ ўртадан ёриб кирмоқчи бўлдик.
   
28 fev 09:07:53
Xojakbar Xaitov
BXZ BXZ foydalanuvchining fikriga javob berish
Биринчи таймда умуман Пахтакорни у́йини чикмади ракиб химоясига келсак Пахтакор билан хар доим ракиблар у́йинни химоядан ташкил килишади буни Камолиддин яхши билиши керак ва шунга караб тактикани ва футболчиларни тайёрлаш керак эди афсуски Пахтакор ту́лик тайёр эмас экан . Чемпионликка даъвогар жамоа бунака у́йин ташкил килмайди . Каттик прессинг билан хужумкор у́йнаш керак .
Ассалому алайкум гапларингиз тугри Лекин химоявий уйинда манаман деган камандалар хатто Европа грандлари кийналишадику Пахтакор хали любой химояни йорворадиган камандага айланмади Тренеримизам хали йош уйам тажриба туплаш керак Фудболчилар хаммаси яхши йомонамас лекин тренерни курсатмасини бажаришвотти Кани курилучи 4-5 уйиндан кейин изига тушиб кетади Иншооллох
   
28 fev 02:55:07
BXZ BXZ
Биринчи таймда умуман Пахтакорни у́йини чикмади ракиб химоясига келсак Пахтакор билан хар доим ракиблар у́йинни химоядан ташкил килишади буни Камолиддин яхши билиши керак ва шунга караб тактикани ва футболчиларни тайёрлаш керак эди афсуски Пахтакор ту́лик тайёр эмас экан . Чемпионликка даъвогар жамоа бунака у́йин ташкил килмайди . Каттик прессинг билан хужумкор у́йнаш керак .
-1   
28 fev 09:12:06
Бахтиёр Ашуров
Жамшид Jamshid foydalanuvchining fikriga javob berish
Ку́кркок тактика килди. Хеч канака ёриб у́тадиган у́йин ку́рмадим
Ким айтди ёриб ўтдик - деб?
-1   
28 fev 09:00:05
Akbar Umarov
Paxtakor PFCga qarshi O'zbekistondagi barcha FClar asosan chuqur himoyaviy taktikada o'ynaydilar. Agarda ochiq o'yin taklif qilsalar bormi unda menimcha Futbol Stadionlarimiz huvillab qoladi, kimsasiz Stadionlarda to'p surishni kimham hohlaydi. Paxtakor PFCga faqat omad hamda katta zafarlar tilayman
-1   
28 fev 08:36:08
ArsaBarsa
BXZ BXZ foydalanuvchining fikriga javob berish
Биринчи таймда умуман Пахтакорни у́йини чикмади ракиб химоясига келсак Пахтакор билан хар доим ракиблар у́йинни химоядан ташкил килишади буни Камолиддин яхши билиши керак ва шунга караб тактикани ва футболчиларни тайёрлаш керак эди афсуски Пахтакор ту́лик тайёр эмас экан . Чемпионликка даъвогар жамоа бунака у́йин ташкил килмайди . Каттик прессинг билан хужумкор у́йнаш керак .
Assalomu alaykum. Hamma jamoaga ham 1-2 tur kerak menimcha. Keyin deyarli kuchliroq klublarni murabbiylari odat qilib oldi butun jamoa bo'lib himoyalandi deyishga. Aytganizdek tayyor bo'lib aynan shunga yarasha reja tuzish kerak
championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика