Kamoliddin Tojiev: "Maydon holati kombinacion futbol o'ynashni qiyinlashtirdi"
22 okt 01:17
Yangiliklar
Kamoliddin Tojiev: "Maydon holati kombinacion futbol o'ynashni qiyinlashtirdi"
"Al SHorta" hamda "Paxtakor" o'rtasidagi OFK Elit CHempionlar ligasi 3-tur uchrashuvidan (0:0) so'ng mehmonlar ustozi Kamoliddin Tojiev matbuot anjumanida ishtirok etdi.
Tojiev: - Biz qiyin o'yin o'tkazdik. Bu erga etib kelishga ko'p vaqt sarfladik. Maydonning holati ham kombinacion futbol o'ynashni qiyinlashtirdi. Ikkinchi bo'limda charchoq sezildi. SHunga qaramay, oxirigacha kurashgan yigitlarga rahmat aytaman. Darvozamiz daxlsizligini saqlab qoldik. Yaxshiroq o'ynaganimizda g'alaba qozonishimiz mumkin edi, ammo charchoq tasir ko'rsatdi. Oldimizda navbatdagi o'yinlar bor. Ularda g'alaba qozonishga urinib, keyingi bosqichga chiqish uchun kurashni davom ettiramiz.
Fikrlar