So’nggi yangiliklar

19:55Криштиану Роналду қизини 8 ёши билан табриклади: "Дада сени жуда яхши кўради ????"  0 19:34Карло Анчелотти: "Реал"да дуранг — бу инқирознинг бошланиши?"  0 18:15Жоан Лапорта: "Ламин Ямал — даҳо, дунёда ўз позициясида энг яхшиси, аммо ҳали чўққига етмаган"  3 17:48Тони Пулис: "ВАР кўрилиши икки дақиқадан ошмасин ва соф ўйин вақтини жорий этиш керак"  1 17:08U-19 чемпионати. Ярим финалда Тошкент ҳамда Қашқадарё дербиси бўлади  0 16:53Жереми Доку: "Арсенал" ёки бошқаларни кузатмаймиз. Агар "Ман Сити" яхши ўйнаса, биз билан рақобат қилиш қийин"  5 16:14Гвардиола ёзда "Манчестер Сити"ни тарк этиши мумкин  1 15:27Жоан Лапорта: "Барселона" ва "Реал" ўртасидаги муносабатлар яхши эмас"  1 15:24"Футбол олами". "Нефтчи" чемпионликни Фарғонада нишонлаш имконига эга бўлди..."  5 15:03U-17 Жаҳон чемпионати. Ўзбекистон - Панама 6:1  1 14:35Ўзбекистон U-23 терма жамоаси мағлубиятга учради  22 14:18Жоан Лапорта: "Месси эндиликда “Барселона”га футболчи сифатида қайтмайди"  6 13:21"Реал" Эндрикни қўйиб юборишга рози бўлди  1 12:59Рубен Диаш: “Ман Сити”да янги ўйинчилар пайдо бўлди, лекин сифат ўзгармаган"  2 12:17Уэйн Руни: “МЮнинг ўтган ёзгача бўлган трансфер сиёсати даҳшатли эди"  1

"Jurnalist futbolni tushunmaydi" - matbuot anjumanida Ro'ziqul Berdievning jahlini chiqarishdi Yangiliklar

"Jurnalist futbolni tushunmaydi" - matbuot anjumanida Ro'ziqul Berdievning jahlini chiqarishdi

Coca Cola Superligasi 11-turida "Paxtakor"ga qarshi o'yindan keyin "Nasaf" bosh murabbiyi Ro'ziqul Berdiev o'z fikrlarini bildirdi.


- Barchaga salom. Bugun mamlakatimizning eng kuchli ikki jamoasi o'zaro to'qnash keldi. Bu katta o'yin hisoblanadi. Bunday o'yinlarda ko'p gol yoki ko'p vaziyat bo'lmasligi mumkin. SHunday ekan, bugun kim gol urganda o'sha jamoa g'alaba qozonib ketishi mumkin edi. Bugun "Paxtakor" to'p bilan ko'proq bo'lgan bo'lsa-da, biz qarshi hujumlarda keskinroq o'ynadik. "Paxtakor"ning bir standartida koncentraciyani yo'qotdik, o'shanda raqiblar gol urib ketishi mumkin edi. Undan oldin bizda bir qancha vaziyatlar bo'ldi. Qisqa qilib aytadigan bo'lsam, bugun kam vaziyat bo'ldi va o'yin teng kurashlar ostida kechdi.

- Natijadan qoniqdingizmi?

- Natija bizni qoniqtirmaydi. G'alaba qozonishni juda ham istagandik, afsuski bu amalga oshmadi. Muammo echilayotgani yo'q, hujumda gol urishda qiynalyapmiz. Bugun barcha hujumchilarimizdan foydalandik. Ammo vaziyat yaratishda va ulardan foydalanishga oqsadik. 

- Legionerlarning harakatlaridan qanoatlanyapsizmi?

- Ular ham jamoaga imkon qadar yordam berishga harakat qilishyapti. Bizning o'zbek futbol oson emas. Qaerdan kelishidan qatiy nazar barcha futbolchilar bizning intensiv futbolga ko'nikib borishi kerak. O'zlari bilan gaplashganimizda ham ular bizni tushunishyapti. SHuning uchun ularning tayyorgarligi yuqori darajaga chiqsagina bizga yordami ko'proq tegishi mumkin. Umumiy qilib olsak, imkoniyat bo'ldi. Agarda Jaba bir vaziyatidan gol urganida, balki, hisob boshqacha bo'lishi mumkin edi. Agarda natija biz kutgandek bo'lmasa, hech kimdan qoniqmaymiz. Garchi mashg'ulotda ko'p ishlasakda, o'yinda bosim bo'ladi, unda xotirjamlik va sovuqqonlikni ushlab qolish kerak. Bu juda ham muhim, bosim ostida o'ynalsa, vaziyatlardan foydalanish qiyin bo'ladi. 

- "Nasaf" so'nggi 12 ochkoning faqatgina 5tasini qo'lga kiritdi. Jamoaga nima etishmayapti? O'rtamiyonalarga qarshi o'yinlarda jamoa sust o'ynadi.

- Siz mutaxassis emassiz. Futbolning qanday o'ynalayotgani tasavvuriga ham ega bo'lmaysiz. Har bir o'yinimizni etibor berib qarasangiz, raqib jamoadan ko'ra mazmunliroq o'ynaymiz. Buni mutaxassislar, futbolchilar yaxshi bilishadi va takidlashadi. Siz jurnalistsiz jamoani bunday muhokama qilish sizga emas. Pasayish? SHunga aqlingiz etganida aytardingiz, bu yil barcha jamoalarga barqarorlik etishmayapti. Etakchilar ham ko'p ochko yo'qotishyapti. Buni hisobga olish kerak. O'yni sifati va mazmunida hech kimdan qolishmaymiz. SHunchaki gol urishda oqsayapmiz.

- Umidjon Ergashevning paslarining ko'pi manziliga bormayapti. Mashg'ulotlarda buning ustida ishlanmayaptimi?

- Futbolchilarga ham darvozabonga ham shoshilmaslik kerakligini aytamiz. CHunki shoshilib qilingan ish hech qachon natija bermaydi. Ha, bazida biz ham shoshilamiz, reja uchun ishlashga harakat qilamiz. Ammo reja doim ham ish beravermaydi. Mashg'ulotlarda tezkor qarshi hujumga chiqib ketish uchun darvozabon bilan ishlaymiz. Ammo o'yinda bunday vaziyatlar bo'lmasligi ham mumkin.

- Javohir Sidiqov o'z vaziyatlaridan foydalana olmayapti.

- U 10 kuncha vaqt davomida jarohatini davolash bilan ovora bo'ldi. Jamoaga kelib qo'shilganiga 4 kun bo'ldi. Uning jismoniy holatini yaxshi darajaga olib kelsak, albatta, maydonga tushadi.

- SHerzod Nasrullaevda nima muammo bor?

- Jarohati borligi uchun o'tgan 3 o'yinda uni maydonga tushirmadik. Pasayish deyapsizlarku, masalan, biz mavsum boshida eng yaxshi to'purarimizni yo'qotgan bo'lsak, yaqinda O'zbekistonning eng yaxshi futbolchisini ham boy berdik. Albatta, bu og'riqlik holat bo'ladi. Etakchi futbolchining ketishi istalgan jamoani qiynab qo'yadi. Bu hech qanday bahona emas. Jamoaning o'yinini yaxshilash uchun imkon qadar harakat qilyapmiz.

Reyting: +12   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика