So’nggi yangiliklar

18:08Аморим "Манчестер Юнайтед"нинг қишки трансфер бозоридаги позициясини очиқлади  0 17:48TVCOM'да бугунги тақвим: “Насаф” юлдузли “Ал-Иттиҳод”га қарши, “Арсенал” Лига Кубогида ва бошқалар  0 17:41"Динамо" БААда йиғин ўтказади  0 17:13Неймар операцияни бошдан кечирди  1 16:46"Андижон" "Ал Аҳли"га қарши қандай либосда майдонга тушиши маълум қилинди  4 16:19"Динамо" Маҳмуд Маҳамаджонов билан хайрлашди  4 15:59Слот "Ливерпул"да икки позицияни кучайтирмоқчи  1 15:35​Ўзбекистон МТЖ Қатарда йиғин ўтказади  1 15:18Равшан Эрматов: "Ўзбекистон март ойида КОНМЕБОЛ, КОНКАКАФ ва Африка жамоалари билан ўйнайди"  5 14:55Элит ОЧЛ. Мавсумнинг охирги ўйини қандай тугайди?  3 14:38Озарбайжон клуби "Машъал" футболчисига қизиқмоқда  0 14:21Ўзбекистон Канада билан ўйнайди  10 13:57"Милан" Австралияда ўйин ўтказмайди. Сабаби ошкор бўлди  2 13:30Қувондиқ Рўзиев: "Навбаҳор" мухлислари олдидаги қарзимни узишга ҳаракат қиламан"  5 13:14"Ал Иттиҳод" – "Насаф" беллашуви кореялик ҳакамларга топширилди  1

Junino Ronalduning yangi murabbiyini tanqid qildi Yangiliklar

Junino Ronalduning yangi murabbiyini tanqid qildi

"Lion" sobiq sport direktori Junino Franciya klubida birga ishlagan "Al Nassr" bosh murabbiyi Rudi Garsiyani tanqid ostiga oldi.

"Rudi Ronalduga qarshi hech narsa qilishga jurat eta olmaydi. Aksincha, kerak bo'lsa, Krishtianuga nonushtasini keltirib beradi. U Krishtianuning eng yaqin do'sti bo'lishga harakat qiladi. Buning uchun hamma narsani qiladi. Krishtianu Ronalduning do'sti bo'lish uning orzusi.

Rudi Garsiya bilan bo'lgan tajribam hayratlanarli edi.  U men futbolchilik faoliyatim davomida uchratgan odamlar orasida eng yomon xarakterga ega shaxs. U munosabatlarda o'zi uchun qandaydir foyda keltirishi mumkin bo'lgan odamlarnigina hurmat qiladi.

Rudi Garsiya uchun jamoa qanchalik yaxshi o'ynashi muhim deb bo'lmaydi. Xuddi shunday futbolchilarning kiyinish xonasidagi kayfiyati ham unga qiziq emas. Jamoa inqirozga uchragan paytda ham, u uchun eng muhimi, diqqat markazida bo'lishdir. U har doim hamma narsadan maksimal darajada foyda chiqarishga urinadi. Krishtianu Ronaldu futbol tarixidagi eng buyuk futbolchilardan biri, afsona va Rudi buni biladi", – dedi Junino.

Oldinroq Ronaldu diskvalifikaciya sabab yaqin orada "Al Nassr"da debyut qila olmasligi aytilgan edi.

Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика