So’nggi yangiliklar

22:04"Қизилқум" Шукуров билан шартома имзолади  0 21:33"Навбаҳор" Тошкентда йиғинни бошлади (ФОТО+ВИДЕО)  1 21:08Туркия. Шомуродов ва Файзуллаев гол урди, "Башакшехир" йирик ғалабага эришди  13 20:28Винисиус яхши ўйнамаётганини тан олмоқда, аммо...  2 19:50Европа топ-лигаларидан 136 нафар футболчи "йўқ" бўлиб қолди. Африка миллатлар кубоги режаларига ўзгартириш киритадиган клублар ҳақида   2 19:39Зайниддин Тожиев: “Ғазалкент” бутун эътиборни ёшларга қаратади, Про лигада 6 та жамоа жуда камлик қилди"  1 19:21Тимур Кападзе: "Колумбия билан учрашув кўп нарсани ҳал қилади"  27 19:00Сержиу Консейсау: "Насаф"нинг ўйин сифати эгаллаб турган ўрнидан мутлақо фарқ қилади, лекин биз тайёрмиз"  6 18:54"Насаф" "Ал Иттиҳод"га қарши қандай либосда майдонга тушиши маълум қилинди  3 18:38"Сўғдиёна" хавбеки "Навбаҳор"га ўтмоқда  4 18:10"Челси" ҳимоячисини қўйиб юборишга тайёр  0 17:36Бруну Фернандеш тахминан 1 ойга сафдан чиқди — ОАВ  1 17:05Breaking! Ўзбекистоннинг ЖЧдаги рақиби Португалия Эрон билан ўйнайди  29 16:38ФИФА рейтинги янгиланди: Ўзбекистон йилни 50-ўринда якунлади  23 16:21Африка Кубоги ғолиби қанча маблағ ишлаб олиши маълум бўлди  1

Juftakni rostlashning ayni payti Yangiliklar

Juftakni rostlashning ayni payti

Rim jamoasi Eldorga sarflangan pullarni maksimal darajada qaytarib olmoqchi.


   2021 yilning 3 avgusti o'zbek futboli ishqibozlari uchun unutilmas, quvonchli kun bo'lgandi. O'shanda yurtdoshlarimiz, Eldor SHomurodovning Rimning «Roma»si bilan 5 yillik shartnoma imzolaganidan rosa xursand bo'lishgandi. 


Bugun esa 2023 yilning 24 yanvari, Evropada transfer oldi-sotdisi yakunlanishiga roppa-rosa 7 kun qoldi. 2 yil avval Eldorning «Jenoa»dan «Roma» safiga borib qo'shilishini qanchalik xohlagan bo'lsak, bugun futbolchimizni Rimni tark etishini shunchalik istayapmiz. Nima ham derdik, o'tgan vaqt ichida Eldor asosiy tarkib futbolchisiga aylana olmadi, Joze Mourinyu ishonch bildirmadi. Portugaliyalik mutaxassis hali beri Rimdan ketadiganga o'xshamaydi. Demak shunisi aniqki, SHomurodov jamoada qoladigan bo'lsa, buyog'iga ham zaxira o'rindig'i stullarini isitishda davom etadi. O'zi aslida Joze ham vatandoshimizning jamoada qolishiga qarshi bo'lmasa kerak, negaki SHomurodov hujumning istalgan nuqtasida harakat qila olish xususiyatiga ega va eng muhimi Eldor ichki muhitni buzuvchi futbolchilar sirasiga kirmaydi. Futbolchimizga hozirda Italiyaning «Torino», «Kremoneze», «Speciya», Franciyaning «Lill», Ispaniyaning «Valiyadolid» va Germaniyaning «Bayer» jamoalaridan qiziqish borligi aytilmoqda. Bilishimizcha bu jamoalarning ayrimlari rimliklarga rasmiy taklif bilan chiqishgan, ayrimlar esa shunchaki qiziqishning o'zigina bo'lishi mumkin. Eldorning o'zi OAVga bergan intervyularida «Roma»dan ketishga qarshi emasligini bildirgan. Hamma gap «Roma» rahbariyatida. Rim jamoasi Eldorga sarflangan pullarni maksimal darajada qaytarib olmoqchi. Bilasiz, klub futbolchi transferiga 18 million evro atrofida sarmoya jalb qilgan. Eldorni o'z jamoasida ko'rishni istovchilardan talab qilinayotgan summa 13, 14 million atrofida. Birgina «A» seriya autsayderi «Kremoneze»gina shuncha pulni berishga rozi ekanligi aytilmoqda, lekin futbolchi quyi ligaga tushib ketish ehtimoli yuqori bo'lgan jamoaga o'tmoqchi emas. Kelishuv amalga oshishi uchun 3 la tomonning fikri bir nuqtada birlashmog'i lozim.

SHomurodov «Roma»da qolsa nima bo'ladi?


Agarda Eldor rimliklar safida qoladigan bo'lsa, yuqorida aytkanimizdek zaxira o'rindig'i stullari isitilishda davom etiladi. Tabiyki vaqtini zaxirada o'takazadigan futbolchining transfer bahosi pastlaydi. O'yin amaliyotining yo'qligi, futbolchi sport formasiga jiddiy tasir o'tkazadi. Oqibatda taklif tushayotgan jamoalarning soni ham saviyasi ham kamayadi.

Juftakni rostlashning ayni payti.


Eldorning hozirda 28 yoshda ekanligini inobatga olsak, ketishning ayni payti. Futbolchi kuchli chempionatlarda o'zini ko'rsatishni istasa, tezroq otga qamchi urmog'i lozim. Hozirda darajasi kuchsizroq biror jamoaga o'tib, keyinchalik o'zini ko'rsatgan holda yana toplarning etiboriga tushsa bo'ladi. SHomurodovning potencialini yaxshi bilamiz. Hujumchi o'rtamiyona jamoalarning goleador hujumchisi vazifasini bemalol uddalay oladi (xuddi «Jenoa»dagidek).

Hammasi bir tomonga hal bo'lishiga yana 7 kun bor.


Jaloliddin Xalilov.

Reyting: +29   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика