So’nggi yangiliklar

01:46Ўзбекистон терма жамоасининг шанба кунги машғулоти  1 01:42Миллатлар лигаси. Испания, Португалия, Сербия, Руминияда ғалаба, Беларусь ва Шимолий Ирландия нурсиз дуранг ўйнади  4 01:31"Ливерпуль" туркиялик футболчига қизиқмоқда  2 00:49"Хвича икки йилдан сўнги Англия ёки "Реал"га йўл олади. Бошқалар унинг учун тўлай олишмайди"  1 23:28"Ал Ҳилол" келаси йили Винисиус Жуниорни харид қилмоқчи  4 22:57Миллатлар лигаси. Хорватия ўз уйида ғалабага эришди, Болгария — Люксембург ўйинида 11та сариқ карточка кўрсатилди  6 22:07Ўткир Юсупов: "Эрон билан ўйинда 1 очко ҳам яхши натижа, БААни эса мағлуб этмоқчимиз"  7 21:41Суперлига. "Динамо" — "Навбаҳор" 0:1  0 21:29Мбаппе Франция терма жамоасининг фақат муҳим ўйинларида ҳаракат қилмоқчи. "Реал" форварди 2025 йилги "Олтин тўп"ни кўзлаган  3 20:55Суперлига. "Навбаҳор" 14-турнинг қолдирилган ўйинида "Динамо"дан устун келди  35 20:26Ўзбекистон терма жамоасининг бугунги машғулотларидан ФОТОГАЛЕРЕЯ  0 19:49"Манчестер Сити"нинг машҳур спорт директори клубни тарк этяпти  4 19:18Кроос "Реал"га қайтяпти  5 18:45Ўзбекистон терма жамоасининг машғулоти Сречко Катанец назорати остида ўтади  43 18:25Про лига. Бешимовнинг голи "Қўқон-1912"га ғалаба тақдим этди  2

Juda ko'p xato! Rossiyalik ekspert tomonidan Superliganing 17-turidagi hakamlik faoliyati tahlili Yangiliklar

Juda ko'p xato! Rossiyalik ekspert tomonidan Superliganing 17-turidagi hakamlik faoliyati tahlili

Championat.asia saytining hakamlar bo'yicha eksperti, rossiyalik sobiq hakam Anatoliy Sinyaev Superliganing 17-tur o'yinlaridagi bahsli vaziyatlarni tahlil qildi.

“Navbahor” – “Paxtakor”

VIDEONI KO'RISH

Birinchi fol yaqqol qoidabuzarlik sanaladi va sariq kartochkaga loyiqdir. Raqib oyog'ining to'pig'i bosilgan, zarba oyoqning past qismiga yo'llangan, tezlik yo'q, lekin kuchli oyoq qo'yish amalga oshirilgan. Bu holat, albatta, sariq kartochkaga loyiq. Agarda qoidabuzarlik jabrlangan futbolchi oyog'ining yuqoriroq qismida bo'lganida, (qoidaga ko'ra, "Navbahor" himoyachisi oyog'ini erdan ko'tarib, raqibining boldir qismiga zarba bersa), unda qizil kartochka ko'rsatilishi kerak. Hakam “Navbahor” himoyachisiga sariq kartochka ko'rsatmay, uni ochiqchasiga “kechirdi”.

Ikkinchi holat esa kartochka ko'rsatishga arzimaydigan odatiy fol. Bizga ko'ringan yagona rakursda ikkala o'yinchi ham bir vaqtning o'zida to'pga tashlangan. Avval “Navbahor” himoyachisining oyog'i, keyin to'p, so'ngra yuqoridan “Paxtakor” himoyachisining oyog'i tashlangan. Bu "to'p orqali bog'lanish" deb ataladi. Yani, ikkala futbolchi ham to'p uchun oyoq cho'zadi va inerciya tufayli katta ehtimol bilan oyoqlar to'qnashadi. Bu oddiy qoidabuzarlik sanaladi, shunga qaramay, hakam bu vaziyatda ham xatoga yo'l qo'ygan hamda o'yinni davom ettirishga qaror qilgan.


“Navbahor” – “Paxtakor”

VIDEONI KO'RISH

Bunday yo'sinda to'pga tashlanish raqib uchun xavfli hisoblanadi, ayniqsa, o'yinchining oyog'i to'pning ustida bo'lsa. Bu qoida buzilishi hisoblanadi hamda qo'pollik uchun sariq kartochka ko'rsatilishi kerak. "Navbahor" futbolchisi chap oyoq butsasining tishlari bilan mo'jiza tufayli raqib oyog'iga zarba berib yubormadi, shu bois qizil kartochka haqida gapirish nojoiz. Tezlik va intensivlik o'rtachadan yuqori, shuning uchun bu vaziyatda sariq kartochka ko'rsatilishi lozim. Hakam esa bunday qilmadi.


“Navbahor” – “Paxtakor”

VIDEONI KO'RISH

“Navbahor” hujumchisi boshi bilan to'pni darvoza tomon yo'naltirdi, keyin esa darvozabon to'p uchun o'ynadi. Agar bu holatda o'yin qoidasi buzilgan bo'lsa, bu vaziyat yaqqol gol urish imkoniyatidan mahrum qilinganligi uchun qizil kartochka bilan jazolanishi lozim, chunki o'yinchi keyingi teginishda darvozani ishg'ol qilishi mumkin. To'p havoda bo'lishiga qaramay, namanganliklar o'yinchisining nazoratida edi, raqib himoyachisi esa kurashni to'xtatgandi.

Ammo uchinchi rakursdan ko'rsatilgan takroriy vaziyat ham to'p "Paxtakor" posbonining qo'liga tekkan-tegmaganligini aytishga 100% imkon bermaydi. Bu holatda ko'proq tananing elka qismiga tekkandek ko'rindi. Ikkilamchi holatlar bo'yicha qaror qabul qilish ham mumkin - masalan, zarbadan keyin to'pning tanaga urilib qaytish holati. To'pning ortga qaytishi esa etarlicha tezlikda, bu esa to'p tananing qattiq qismiga (ehtimol, elkaga) tekkanligini ko'rsatadi. Qo'lga tekkan to'p, odatda, pastga tushadi va uning tezligi yuqori bo'lmaydi. SHu bois, bahsli vaziyatda hakamning o'yinni davom ettirish qarorini qo'llab-quvvatlayman.


“Navbahor” – “Paxtakor”

VIDEONI KO'RISH

Menimcha, “Paxtakor”ning goli to'g'ri hisoblangan. Ikkala o'yinchining qo'llari qoidaga zid bo'lmagan oddiy kurashda to'qnashgan. “Navbahor” himoyachisi to'p uchun kurashda emas, balki hujumchi to'pni oldinga tashlab, undan o'tib ketganidan keyin muvozanatni yo'qotib, yiqildi.


“Navbahor” – “Paxtakor”

VIDEONI KO'RISH

Bu yaqqol qoidabuzarlik hisoblanadi. Hakam bu erda qoidabuzarlik holatini belgilamasdan xatoga yo'l qo'ydi. SHu bilan birga, qoidabuzarlik sariq kartochkaga ko'rsatishga arzimaydi, chunki bu rivojlanib ketishi mumkin bo'lgan hujumning buzilishi emas ("Paxtakor" futbolchisini raqib kutib oldi, unda boshqa ochiq zona yo'q edi). Qoidabuzarlik jarima maydonchasi tashqarisida sodir bo'ldi, hakam qarama-qarshi diagonal hududga o'tib, qoidabuzarlik sodir etilgan joyni aniqlashga qodir edi.


"Dinamo" - "Bunyodkor"

VIDEONI KO'RISH

Qoidabuzarlik 9-soniyada amalga oshib bo'lgandi. Menimcha, to'p uchun kurashda “Bunyodkor” futbolchisi qo'li yoki tirsagini ishga solgani uchun fol qayd etilishi va unga sariq kartochka ko'rsatilishi kerak. To'pga egalik qilish uchun kurashda u raqibining yuziga zarba berdi. O'ylashimcha, agarda ushbu jarayondan so'ng darvozaga to'p kiritilsa, VAR aralashib, golni bekor qilishi kerak.


"Dinamo" - "Bunyodkor"

VIDEONI KO'RISH

Qanotdan uzatma amalga oshirilgandan so'ng hujumchi va himoyachi to'p tomon harakatlanadi. “Bunyodkor” himoyachisi biroz yaqinroq bo'lsa-da, to'p uchun muvaffaqiyatsiz kurash olib bordi, vaholanki, unda to'pni qaytarib yuborish imkoniyati mavjud edi. Himoyachi traektoriyani inobatga olmagan holda to'pni o'tkazib yubordi, to'p esa o'z yo'nalishida davom etdi. SHundan so'ng "Bunyodkor" himoyachisi hamda "Dinamo" hujumchisi o'rtasida to'qnashuvi sodir bo'ldi.

Menimcha, bu oddiy o'yin to'qnashuvi bo'lib, o'yin davomida juda ko'p uchraydigan hodisalardan hisoblanadi. Himoyachining yiqilishi esa uning noto'g'ri harakatlari bilan bog'liq. Gol to'g'ri kiritildi.


"Dinamo" - "Bunyodkor"

VIDEONI KO'RISH

Gol nima uchun bekor qilingani unchalik tushunarli emas. Menimcha, qoidalarga muvofiq to'p kiritilgan. O'yindan tashqari holat yo'q, yordamchi hakam qulay poziciyada turgandi. Takroriy vaziyat namoyish etilganda, assistentning ishorasi ko'rinmadi, biroq o'yinchilarning reakciya bildirishidan, gol aynan o'yindan tashqari holatligi uchun bekor qilinganga o'xshadi. VAR bunday vaziyatlarga aralashishga majbur.


“Nasaf” – “Lokomotiv”

VIDEONI KO'RISH

Darvozaga yo'llangan zarbadan so'ng to'p “Lokomotiv” himoyachisining o'ng tirsagiga tegdi. Qo'l tanaga yopishib turgani uchun g'ayritabiiy tasir ko'rsatmasdi. Futbolchi to'pga teskari o'girildi. Qo'llarning yopishib turishi ushbu harakat uchun odatiy holat hisoblanadi. Hakam o'yinni davom ettirib, to'g'ri qaror qabul qildi.


AGMK – “Surxon”

VIDEONI KO'RISH

"Surxon" o'yinchisi xavfli tarzda, to'pni olib qo'yish uchun minimal imkoniyatga ega bo'la turib, raqib ortidan oyoq qismiga tashlandi va uni yiqitdi. SHiddatlilik holati o'rtachadan yuqori. O'yinchi vaziyatni yumshatish uchun hech narsa qilmadi. Jiddiy qoidabuzarlik uchun qizil kartochka ko'rsatilishi kerak edi. Hakam sariq kartochka ko'rsatib, xatoga yo'l qo'ydi.


AGMK – “Surxon”

VIDEONI KO'RISH

Birinchidan, to'p tabiiy holatda turgan qo'lga tekkan. Qo'l pastki qismda turibdi, u tananing yuzasini oshishiga sabab bo'lmaydi. Ikkinchidan, “Surxon” himoyachisi hujumchidan uzoqda, u to'pni ko'rdi va tovoni bilan o'ynadi. Malumki, agar to'p bilaturib sodir etilgan harakatdan keyin biror qo'lga tegsa, penalti belgilanmaydi. Hakam noto'g'ri qaror qabul qildi. O'yinni davom ettirish va penalti belgilamaslik kerak edi.


“Neftchi” – “Qizilqum”

VIDEONI KO'RISH

Penalti ishlashning oson yo'llaridag biri amalga oshirilgan. “Qizilqum” himoyachisi hujumchini ko'rmayapti, uning harakatlarida hech qanday g'arazlik yo'q. “Neftchi” hujumchisi ushbu yiqilishni chiroyli amalga oshirib bergani aniq. Katta ehtimol bilan himoyachi tomonidan ham ehtiyotsiz tarzda raqibni chalish holati yuz bermagan. Hujumchining o'zi raqib himoyachisi ostiga tashlandi. Oyoqlarning shunchaki to'qnashishi, menimcha, penalti uchun juda arzimas sabab hisoblanadi. Hakam bu vaziyatda xatoga yo'l qo'ydi.


SHu tariqa, hakamlar 13 ta epizoddan 9 tasida xatoga yo'l qo'yishgan.

Reyting: -14   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика