So’nggi yangiliklar

12:58Испания терма жамоаси Аргентина ўрнига тезда янги рақиблар топди  0 12:30Манба: "Барселона" Флик билан шартномани узайтиради  0 12:01"Нефтчи"нинг грециялик мураббийи: "Соврин қўлга киритиш — бу таърифлаб бўлмайдиган туйғу"  4 11:35Аёллар Жаҳон чемпионати энди орзу эмас  6 10:52Неймар Анчелоттининг қарорига муносабат билдирди  0 10:27Гвардиола деярли 100 миллион евролик ҳимоячини сотиб олишни сўради  7 10:00Мбаппе "Реал"га ўтмаган тақдирда қайси клубда фаолиятини давом эттирган бўлишини маълум қилди  2 09:23Дембеле ПСЖдаги келажаги ҳақидаги саволга жавоб берди  1 08:55Нима? Анчелотти айни вақтда Европанинг энг кучли жамоаси номини маълум қилди  5 08:27Луис Энрике:"Менга одамларнинг нима деб гапирётганини фарқи йўқ"  2 07:58Ироқнинг ЖЧ интерконтинентал плей-офф учрашувлари учун қайдномаси маълум. Рўйхатда "Пахтакор" футболчиси бор  3 07:30Анчелотти нима учун Неймарн март ойидаги йиғинга чақирмаганини тушунтирди  3 01:30ОФК бош котиби: Эрон ЖЧ-2026 да иштирок этади  12 00:463:0 дан кейин хотиржамликка ўрин йўқ! Арбелоа "Ман Сити"га қарши жавоб ўйинидан нима кутмоқда?  14 00:12Неймар Бразилия терма жамоасининг қайдномасига киритилмади  9

Mavsum yakunlari turkumidan. Superliganing eng yaxshi darvozaboni kim bo'ldi? Yangiliklar

Mavsum yakunlari turkumidan. Superliganing eng yaxshi darvozaboni kim bo'ldi?

2025 yilgi Superliga mavsumi nafaqat yorqin o'yinlar, balki darvozabonlar o'rtasidagi o'ta keskin raqobat bilan ham esda qoldi.

Har bir klubning umumiy natijasi, o'yin uslubi va muvaffaqiyatida darvozabonlarning roli katta bo'ldi. Kimdir quruq o'yin, kimdir seyvlar, yana kimdir boshqa ko'rsatkichlarda eng yaxshi bo'ldi. Quyida shu haqida so'z boradi.

Quruq o'yinlar bo'yicha mutlaq etakchi

Vladimir Nazarov bu mavsumda jamoasi tarkibida 22 ta o'yinda maydonga tushdi va ularning 15 tasini gol o'tkazmasdan yakunladi. Bu — Superliga-2025 uchun mutlaq rekord ko'rsatkich. Nazarovning barqaror o'yini, jarima maydonidagi hukmronligi va xavfli zarbalarni qaytarishdagi mukammal reakciyasi "Paxtakor"ning muvaffaqiyatida muhim rol o'ynadi. 

Uning asosiy raqibi, "Neftchi" darvozaboni Botirali Ergashev 26 ta o'yinda 14 ta quruq o'yin bilan mavsumni yakunladi. Bu ham yuqori ko'rsatkich, ammo Nazarovning samaradorligi raqobatni bir qadamga ortda qoldirdi.

Umuman gol o'tkazmaganlar

Mavsum mobaynida ikki darvozabon gol o'tkazmagan holda maydonni tark etdi:

Nikita Shevchenko ("Paxtakor") — 2 ta o'yin, 33 daqiqa va 100% natija

Muhammad Ubaydullaev (OKMK) — 1 o'yin, 23 daqiqa, 100% natija.

Ular asosiy posbon emas, ammo maydonga tushganida o'zlarini ishonchli tomondan namoyon qila oldi.

Eng kam gol o'tkazganlar (o'yin nisbatiga ko'ra)

O'tkazgan o'yinlariga ko'ra, gol o'tkazish statistikasida eng yaxshi ko'rsatkichni "Nasaf" darvozaboni Abduvohid Nematov qayd etgan — 29 ta o'yinda 22 gol. Ammo ushbu raqamlar Nematovning mavsum davomidagi barqarorligi haqida to'liq tasavvur bermaydi: mavsum o'rtasidagi bir qator o'yinlardagi xatolar uning umumiy bahosini tushirib yubordi. Boshqa tomondan, Nematovning terma jamoada o'zini ko'rsatganini ham etirof etishimiz joiz. Lekin gap Superliga haqida borar ekan, statistikadagi raqamlar ijobiy bo'lsa-da, mavsumning umumiy manzarasida Nematov eng munosib posbon darajasiga davogar emas.

Qolgan darvozabonlar orasida:

Azizxon Isaqov ("Qo'qon-1912") — 29 o'yin, 37 gol.

Sanjar Quvvatov ("Qizilqum") — 28 o'yin, 37 gol.

"Qo'qon-1912" posboni bu yil haqiqatdan ham o'sishga erishdi. U mavsum davomida bir nechta o'yinlarda muqarrar gollardan qutqarib qoldi. Oldinda pley-off o'yinlari bor. Bu o'yinlarda ham u o'zini ko'rsatsa, shubhasiz jamoasining eng yaxshi futbolchisi sifatida mavsumni yakunlaydi.

Seyvlar bo'yicha qahramonlar

Seyvlar reytingida esa mutlaq etakchi ham aniq:

Shohrux Eshbo'taev ("Sho'rtan") — 28 o'yinda 121 ta seyv

Undan keyin:

Azizxon Isaqov ("Qo'qon-1912") — 109 ta seyv.

Abdumavlon Abdujalilov ("Bunyodkor") — 19 o'yinda 76 seyv.

Garchi "Sho'rtan" elitani tark etgan bo'lsada, Eshbo'taev eng ko'p seyvni amalga oshirganlar orasida birinchi bo'ldi. Yana bir fakt, bu yil darvozaga belgilangan penaltilarni qaytarishda Eshbo'taev etakchilikni hech kimga bermadi. U o'ziga yo'naltirilgan 4 ta penaltidan 3 tasini qaytardi.

Xulosa

2025 yilgi Superliga mavsumi darvozabonlar uchun o'ta raqobatli kechdi. Quruq o'yinlar, seyvlar va o'tkazilgan gollar statistikasini tahlil qilganda, bir nom boshqalardan ochiq-oydin ajralib chiqdi. "Paxtakor" posboni Vladimir Nazarov o'zining 15 ta quruq o'yini, barqaror ishonchli harakatlari va jamoasiga qo'shgan ulkan hissasi bilan mavsumning eng yaxshi darvozaboni sifatida munosib ravishda etakchi bo'ldi.

Boshqa darvozabonlar o'rtasida ham yorqin chiqishlar ko'p bo'ldi, ayniqsa, Shohrux Eshbo'taevning rekord darajadagi seyvlari, Isaqovning qutqaruvchi rolini bajarishi va Botirali Ergashevning barqaror o'yini etiborga molik bo'ldi.

Reyting: -1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика