So’nggi yangiliklar

01:50Рубен Аморим: "МЮдаги босим бошқа клублардагидан ҳам кўп"  1 01:07Саудия Арабистони. Марказий ўйинда "Ал Аҳли"дан суперкамбэк!  6 00:51Микель Артета "Манчестер Сити"га қарши ўйин ҳақида: "Арсенал" ўз даражасига баҳо бериши мумкин"  0 00:30Жером Боатенг фаолиятини якунлади  1 00:13"Реал"нинг учинчи аппеляцияси ҳам рад қилинди  3 23:57Миржалол Қосимов: "Туғилган кунимга энг яхши совға бўлди"  0 23:29ЕЧЛнинг 1-тур рамзий термаси эълон қилинди  8 23:04Илёс Зейтуллаев: "Бундай ўйинлар кўпроқ дарс беради"  3 22:45Суперлига. ОКМК — “Бунёдкор” 5:1  0 22:14"Барселона" ПСЖ билан ўйинни қайси стадионда ўтказиши маълум  1 21:55Элдор Мойлиев: "Барчамизнинг мақсадимиз битта: "Шўртан"ни Суперлигада олиб қолиш"  7 21:35Камолиддин Тожиев: "Шўртан" 10 киши бўлиб ҳимоялангани бизга қийинчилик туғдирди"  17 21:23Сардор Мирзаев 861 кундан кейин катта футболга қайтди  0 20:52Суперлига. "Пахтакор" сўнгги ўриндаги "Шўртан" майдонида очко йўқотди  63 20:28Суперлига. ОКМК ўз майдонида "Бунёдкор"ни янчиб ташлади  10

Jorvan Vieyra: "Maydon chimi qanday holatdaligi emas, jamoa futbol o'ynashni qanchalik bilishi muhimroq" Yangiliklar

Jorvan Vieyra: "Maydon chimi qanday holatdaligi emas, jamoa futbol o'ynashni qanchalik bilishi muhimroq"

OCHL saralash bosqichidan o'rin olgan OKMK - "Al Sib" uchrashuvidan avval mehmonlar bosh murabbiyi Jorvan Vieyra matbuot anjumanida ishtirok etdi.

Timruorvan Vieyra (murabbiy): "O'zbekistonga uchinchi marta kelishim. Ilk bor Malayziya termasi bilan, so'ngra Kuveyt termasi bilan tashrif buyurganman, mana endi "Al Sib" bilan O'zbekistonga keldim. Ertaga oson o'yin bo'lmaydi. Ikkala jamoa ham maydonda bor kuchini beradi. Faqat Toshkentdan Olmaliqqa biroz masofa mavjud ekan". 


Ahmad al Roahiy (futbolchi): Biz bu erga keyingi bosqichga chiqish uchun kelganmiz. Raqibimiz oson yutqazadigan jamoa emas. 



- Stadion holati haqida nima deya olasiz?
- Men OKMK jamoasi o'y o'yinlarini boshqa shaharda o'tkazganini bilaman. To'g'risi, maydon chimi qanday holatdaligi muhim emas, muhimi jamoa qanchalik futbol o'ynashni biladi. Bunday maydonlarda ham yaxshi futbol namoyish etsa bo'ladi. Jamoa infratuzilmasini rivojlantirmoqda.

- OKMK futbolchilaridan qaysilari etiboringizni tortdi?
- Futbol shunday rivojlanib boryapdiki, har qanday jamoa har bir raqibni o'rganmoqda. Lekin biz sizga kimligini aytmaymiz. Agar aytsam, sirimni ochgan bo'laman. Barchasi yashil maydonda hal bo'ladi. Sizlardan iltimos, "SHarja"da bir vaqtlar to'p tepgan Timur Kapadzega salomimni etkazing.

- Biroz avval Toshkentdan Olmaliqqacha uzoq dedingiz...
- Oraliq masofani juda uzoq demadim. SHunchaki, biroz masofa bor ekan. Olmaliqda yaxshi mehmonxona yo'qligi sababli Toshkentdan qatnashga majbur bo'lyapmiz. Har bir jamoa qaergadir borsa, o'sha erga yaqin hududga o'rnashishga harakat qiladi. Ammo bizga kelgan malumotlarga ko'ra, Olmaliqda mehmonxona yo'q ekan. Hatto OKMK muxlislari istiqomat qiladigan maskandan qo'nim topishga tayyor edik.



- Sizni ham qaysidir raqib futbolchisi etiboringizni tortdimi?
Ahmad al Roahiy (futbolchi): - Murabbiylar bergan ko'rsatmalarga amal qilamiz. Barchasini maydonda ko'ramiz.

- 2008 yil "Sepaxon"jamoasi bosh murabbbiyi sifatida "Bunyodkor"ga qarshi o'ynagansiz. O'sha jamoa murabbiyi Mirjalol Qosimov hozirgi kunda OKMK murabbiyi hisoblanadi. O'sha o'yinni eslay olasizmi?
- Eslayman. Kelasi OCHLda ham g'alaba qozonganmiz. Futbol rivojlanib bormoqda. Kechagi g'alabalar bilan qolib ketish noto'g'ri. Kecha OCHL g'olibi edim, bugun esa saralashdaman. Maqsadimiz - keyingi bosqichga chiqish. Biz bugun bilan yashaymiz. SHuni qo'shimcha qilishim joizki, o'zbek futbolchilari ancha yaxshi darajada. O'zbek futbolchilaridan SHukurov, G'anievlarni etirof etish joiz.

Reyting: +9   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика