So’nggi yangiliklar

18:22"Барселона" ва "Арсенал" "Ноттингем Форест" футболчисини нишонга олди  0 18:00CAFA Nations Cup. Афғонистон Ҳиндистон билан баҳс юритмоқда (онлайн ҳисоб)  4 17:54"Фулхэм" "Бавария" футболчисини ижарага олди  0 17:28"Арсенал" ярим ҳимоячиси бу йил "Олтин тўп"ни кимга бериш кераклигини айтди  3 16:59"Барселона" ҳимоячиси жароҳати сабаб 3 ҳафта майдонга туша олмайди  0 16:30Манба: Паулу Бенту Мисрда ишлаши мумкин  20 16:02Станислав Черчесов: "Ўзбекистонни умуман билмайдиган ва кўп нозик жиҳатлардан бехабар чет эллик мураббийнинг дарҳол натижа келтиришига ҳеч ким кафолат бера олмайди"  39 16:01"Байер" ва "Фенербахче" бош мураббийлик учун Постекоглу номзодини илгари сурмоқда  1 15:34Туркия клуби яқин кунларда Онанани ижарага олмоқчи  3 15:06ФИФА ЖЧ-2026 чипталарининг бошланғич нархини белгилади  3 14:38Россия – Иордания учрашувини ўзбекистонлик ҳакамлар бошқаради  5 14:11Бундеслига юлдузи трансфер ойнасининг сўнгги кунида МЮ таклифини рад этгани маълум бўлди  2 13:43Нагельсманн Германиянинг ЖЧ-2026даги мақсадини айтди  5 13:17Қозоғистондагилар "Реал" билан ўйин чиптаси билан боғлиқ фирибгарликлардан хавотирда  1 12:49Мажлис келишилган ўйинлар масаласини кўтарди  6

Joriy yilda “Qo'qon-1912ga qaytgan Filip Raevac bilan suhbat Yangiliklar

Joriy yilda “Qo'qon-1912ga qaytgan Filip Raevac bilan suhbat

Bahtiyor Ashurmatov bosh murabbiyligidagi “Qo'qon-1912” jamoasi yangi mavsum oldidan tarkibini sezilari darajada kuchaytirib oldi.

Transferlar oynasi vaqtida faol klublarimizdan biri bo'ldi desak yanglishmaymiz.Boisi, jamoa bu yil oldiga har yiligiga qaraganda yuqoriroq maqsadlarni qo'ygan. Bundan bir necha mavsum oldin qo'qonliklar tarkibida yorqin o'yinlar o'tkazgan, qator gollari bilan muxlislar qalbidan joy olgan serbiyalik hujumchi Filip Raevac jamoaga qaytdi. Superliga 3-turdan joy olgan “Sug'diyona”ga qarshi bahsdan so'ng futbolchini futbolchini suhbatga tortdik. 

- Filip, “Qo'qon-1912”ga qaytishga qaysi omillar sabab bo'ldi? Nima majbur qildi?

- Men ikkinchi bor mazkur klub safiga qo'shildim. Xursandchiligim cheksiz. Birinchi bor to'p tepgan mavsumimda ko'plab gollar urgandim. Biz birinchi davrada sovrinli o'rinlar uchun kurashgan edik. So'ng 2018 yil boshida menga “Bunyodkor”ning o'sha vaqtdagi bosh murabbiyi Mirjalol Qosimovdan taklif bo'ldi. Qo'qonga qaytishimga ajoyib jamoa, jonkuyar muxlislar, mehribon murabbiylar shtabi sabab bo'ldi. Bu jamoaning ishqibozlari meni juda yaxshi qarshi oldi. 2017 yil birinchi davrani ikkinchi o'rinda yakunlaganmiz. Ajoyib mavsum bo'lgandi. Buni yana bir bor takrorlashga urinamiz. 

- Eshitshimizga qaraganda Baxtiyor Ashurmatov AGMKda ishlayotgan paytida sizga qiziqish bildirgan ekan...

- Ha. Nisbatan to'g'ri. Men “Bunyodkor” safida harakat qilayotgan davrimda AGMKga ko'plab gollar urganman. Adashmasam, qaysidir bahsda men olmaliqliklar darvozasiga ikkita to'p kiritdim. Natijada, menga Bahtiyor Ashurmatov tomonidan taklif bo'ldi. Ammo, meni poytaxt jamoasi tekinga qo'yib yuborishni istamadi. Mana, taqdir ekan ushbu mutaxassis bilan birga ishlash imkoniyati paydo bo'ldi. Men uni hurmat qilaman, har qanday qarorini tushunaman. Bahtiyor Ashurmatov menga ishonishini, jamoaga yordam berishimni takidladi. 

- “Lokomotiv”ga ulkan umidlar bilan o'tgandingiz. Sizdan murabbiylar shtabi, muxlislar ko'p narsa kutgandi. Biroq, 7ta o'yinda 1 gol hujumchiga xos natija emas...

- Menga o'yin amaliyoti va o'zimni ko'rsatishim uchun vaqt berishmadi. Ikki yil Qo'qon va poytaxtda jami 18ta gol urdim, assistentlik qildim. Yomon natija qayd etmadim. Mirjalol Qosimovga ko'p ishlashim, mehnat qilishim yoqqani sabab meni “Bunyodkor”ga chaqirdi. O'ylaymanki, bu yil men va jamoamiz uchun eng yaxshi mavsumlardan biri bo'ladi. Maqsadimiz kuchli beshlikdan joy olish. 

- Deylik, 2017 va 2018 yillarda “qaldirg'ochlar” tarkibida raqobat yaxshi darajada bo'lgan. Klub akademiyasi tarbiyalanuvchilari ham asosiy tarkibda to'p tepardi. Sizni ko'p hollarda zahirada qolishingiz raqobat bilan bog'liqmi?

- Men raqobatdan qo'rqqanimda “Bunyodkor”ga o'tmasdim. O'zimni yangi qirralarimni ochish, yangi darajaga chiqish uchun murabbiy chorlovini qabul qilganman. 

- Jamoadoshingiz Ivan Yosovich siz haqingizda juda iliq gaplar aytgandi. U himoya chizig'ida harakat qiladi. Lekin, qishiki yig'inlardagi o'rtoqlik o'yinlarida bir nechta to'p kiritdi....

- Ivanni juda yaxshi bilaman. U jamoamiz himoyasini kuchaytirishga qodir. Umuman barcha chiziqlarda yuqori darajadagi o'yinchilar jamlangan. 

- “Sug'diyona”ga qarshi kechgan uchrashuvda uch ochko rasmiylashtirildi. G'alaba nimaning hisobiga qo'lga kiritildi? Balki, raqibd ruhiy tomondan pasayish kuzatilgandir...

- Hisobdan ham ko'rinib turibdiki, o'yin oson bo'lmadi. Raqib kutganimizdanda jiddiy qarshilik ko'rsatdi. CHunki, ularga g'alaba suv va havodek zarur edi. Penaltidan darvozamizni ishg'ol qilishgach ularda ishonch paydo bo'ldi. SHu sabab oldinga o'tishga, bosimni oshirishga intildi. Biz esa o'zimiz yaratgan vaziyatdan unumli foydalandik. Maydonga chiqib barchaning ishonchini oqlaganimdan xursandman. Har bir turda foyda keltirishga harakat qilaman. 


Futbolchi haqida to'liq malumot.

Filip Raevac

Tug'ilgan sanasi va joyi: 1992 yil, 21 iyun. Yugoslaviya, Valevo shahri.

Bo'yi: 186

Poziciyasi: hujmchi

To'p tepgan klublari: “Buduchnost”(Serbiya), Edinstvo( Serbiya), “Krushik”(Serbiya), “Kolubara”(Serbiya), “Jeleznichar”(Serbiya), "Syarka"(Polsha), “OFK Belgrad”(Serbiya), “Qo'qon-1912”(O'zbekiston), “Bunyodkor”(O'zbekiston), “Lokomotiv”(O'zbekiston), “FK Indjiya”(Serbiya).


Abdulaziz Iskandarov suhbatlashdi

Reyting: +11   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика