So’nggi yangiliklar

16:28"Динамо" - "Хоразм" учрашуви Тошкентда ўтказилади  1 15:37Ўзбекистон U-17нинг асосий таркиби маълум  4 14:56"Андижон"нинг собиқ мураббийи Рубин Хебайнинг қандай топилгани ва нима учун клубдан кетгани ҳақида сўзлади  5 14:32"Реал" айрим футболчилари Алонсо талабларидан норози  3 13:59Футзал. Ўзбекиcтон қуръада 2-саватчада бўлади  1 13:42Месси спортдаги энг буюк атлетлар ҳақида гапирди  5 13:16"Барселона" собиқ президенти: "Ямал дунёнинг энг яхши футболчиси эмас"  5 12:39"Пахтакор" Ўзбекистон Кубоги билан водийда турне уюштирди  1 12:12Бахтиёр Ашурматов: “Пахтакор яққол фаворит, лекин "Бухоро" охиригача курашади”  3 11:47"У осонликча топ-5 чемпионатларига бора оларди". "Пахтакор" ўринбосарлар жамоасининг собиқ мураббийи у билан ишлаган энг истеъдодли футболчи ҳақида  5 11:20Ўзбекистон кубоги финаллари тарихи. Қайси ўйинларда кимлар майдонга тушган?  4 11:00"Барселона" Ямалга тақиқ қўйди  19 10:39Мурод Исмоилов: “Кубок финалида ҳамма нарса бўлиши мумкин”  0 10:18Александр Мерзляков: "2010 йилги "Бунёдкор"га қарши кубок финалини эсимдан чиқара олмайман, бугун нима бўлишини якунда биламиз"  2 09:55Винисиус "Реал"даги келажаги борасида бир қарорга келди  10

"Jon saqlash uchun kurashmaymiz, "Qo'qon-1912"ning maqsadi faqat yuqoriga intilish" - Jasurbek Yoqubov Yangiliklar

"Jon saqlash uchun kurashmaymiz, "Qo'qon-1912"ning maqsadi faqat yuqoriga intilish" - Jasurbek Yoqubov

Superligaga qaytgan "Qo'qon-1912" jamoasi yangi mavsumga qizg'in hozirlik olib bormoqda.

"SHunqorlar" yaqinda mudofaa chizig'idagi muammolarni bartaraf etish maqsadida Jasurbek Yoqubovni taklif qildi va tomonlar rasman shartnoma imzoladi. Biz esa uning yangi jamoasidagi fikrlarini tingladik. 

"Jamoadagilar menga begona emas. Bahrom Haydarov, Rustam Aripov bilan birga "Surxon"da ishlaganmiz. Ularning taklifini o'ylab o'tirmadim. Sababi Qo'qon o'zimni uyim. Bir necha yil oldin to'p tepib ketganman. O'shandan keyin "Paxtakor", "Bunyodkor", "So'g'diyona" kabi jamoalarda o'ynadim. O'ylaymanki, hammasi yaxshi kechdi. Faqat o'tgan yili ikkinchi davrada jarohat oldim. Hozirda jamoa bilan mashg'ulotlarni boshladim. SHu biroz qiyinchilik tug'dirdi. Nasib qilgan ekan yana Qo'qondaman. 

Jamoamiz Superligaga qaytdi. Lekin bu degani jon saqlash uchun kurashadi degani emas. Maqsadimiz faqat oldinga intilish. Yuqori va munosib o'rinlarga harakat qilamiz. Jamoa yomon emas, ahil oila yig'ilgan. Mavsum startigacha bir-birimizni tushunib olamiz. Hozir asosan jismoniy yuklama olyapmiz. Har tomonlama tayyor bo'lamiz",- deydi Jasurbek Yoqubov. 

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика