So’nggi yangiliklar

00:12ЕЧЛ. "Интер" – "Ливерпуль". Бошланғич таркиблар аниқ!  1 00:04ЕЧЛ. "Барселона" – "Айнтрахт". Бошланғич таркиблар аниқ!  1 23:33Салоҳ "Ливерпул"ни тарк этса, қайси клубларга бориши мумкинлиги маълум бўлди  3 23:12Суперкомпьютер "Арсенал"ни Чемпионлар лигасининг бош фаворити сифатида кўрсатди  6 22:31ЕЧЛ. "Қайрат" "Олимпиакос"га ютқазди  0 22:25ЕЧЛ. "Бавария" – "Спортинг". Таркиблар маълум  1 22:12Лукаку қайтди: олдинда Суперкубок ўйини бор  1 21:53Наҳотки?! "Арсенал" Жезусни қайдномага киритди  4 21:32Слот кетса ўрнига ким асосий даъвогар?  10 21:10Эрон. Остон Ўруновнинг ягона голи "Персеполис"га ғалаба келтирди  1 20:58"Ливерпуль" собиқ ҳимоячиси Ловрен Салоҳнинг ёнини олди  1 20:30"Манчестер Сити"нинг "Реал" билан ўйин учун 21 кишилик таркиби эълон қилинди  5 20:03Эрон чемпионати. "Трактор" "Зоб Оҳан" билан дуранг ўйнади, Ҳамробеков бир бўлим ҳаракат қилди  1 19:41"Хоразм" футзал клуби ташкил этилди  5 19:17Эрон пойтахтида учта йирик стадион қурилади  3

Saloh "Liverpul"ni tark etsa, qaysi klublarga borishi mumkinligi malum bo'ldi Yangiliklar

Saloh "Liverpul"ni tark etsa, qaysi klublarga borishi mumkinligi malum bo'ldi

Muhammad Saloh "Liverpul"dan MLS yoki Saudiya Arabistoniga ketishi mumkin.

"Liverpul" vingeri Muhammad Saloh o'z faoliyatini Saudiya Arabistoni yoki Shimoliy Amerikada davom ettirishi ehtimoli bor. Eslatib o'tamiz, 33 yoshli misrlik APLning "Lids"ga qarshi o'yinini (3:3) to'liq zaxira o'rindig'ida o'tkazdi. Avvalgi ikki o'yinni ham zaxiradan boshlagan edi. O'yindan so'ng Saloh klub va bosh murabbiy Arne Slotni tanqid qildi: "Men klub uchun shuncha ish qildim, ular esa meni avtobus tagiga tashlashmoqda. Afrika kubogi oldidan xayrlashaman - undan keyin nima bo'lishini bilmayman". Futbolchi klubning Chempionlar ligasidagi "Inter"ga qarshi o'yin tarkibiga kiritilmadi.

2023 yil yozida "Liverpul" "Al Ittihod"ning 150 million funtlik taklifini rad etgan edi. O'shandan beri Salohga nisbatan Yaqin Sharq klublarining qiziqishi ortib bormoqda. "Al Hilol"da Muhammad bilan shartnoma tuzish uchun etarli mablag' borligi taxmin qilinmoqda.

The Athletic xabariga ko'ra, agar Saloh AQSHga ko'chib o'tishga qaror qilsa, u "San-Diego"ga o'tishi mumkin - bu Amerika klubi milliarder Muhammad Mansurga tegishli.

Ko'pchilik Salohni Lionel Messi o'ynayotgan "Inter Mayami"ga o'tishi mumkinligini takidlamoqda. Biroq, MLS chempionlarining rejalari bilan tanish bo'lgan manba xabar berishicha, klubda allaqachon Jordi Alba faoliyatini yakunlaganidan keyin bo'sh qoladigan o'rinni egallashi kutilayotgan o'yinchi bor.

Salohning MLSdagi yana bir varianti "Chikago Fayr" bo'lib, ular jahon miqyosidagi yulduzni jalb qilmoqchi. Klub avvalroq Neymar va Kevin de Bryuyneni taklif qilgan, ammo turli sabablarga ko'ra transferlar amalga oshmay qolgan edi. "Chikago" egasi Jo Mansueto katta xarajatlarga tayyor.

Muzokaralar jarayonidan xabardor manbaning malum qilishicha, "Chikago Fayr" Salohni aprel oyida vinger "Liverpul" bilan yangi shartnoma imzolashidan oldin o'z safiga qo'shib olishga uringan. "Chikago" hozirgi vaziyatdan foydalanib, yana futbolchini o'z jamoasiga qo'shib olishga harakat qilishi mumkin.

Reyting: -1   

Fikrlar

+1   
09 dek 23:42:55
Memphis_7
Yevropadan ketsa ahmoq ishini qlgan boladi
+1   
09 dek 23:40:26
REAL MADRID
К*Тни ишини қиляпти Ливерпуль раҳбарияти
-1   
10 dek 00:16:45
Барса1970
Салохдан бошқа мавзу қолмади жонга тегди кетса кетар
championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика