So’nggi yangiliklar

10:42Алонсонинг ўрнига яна бир даъвогар пайдо бўлди  1 10:15"Навбаҳор" келаси мавсум уй учрашувларини қайси стадионда ўтказиши маълум  2 09:46Кечаги аламли натижадан сўнг Аморим нималар деди?  2 09:18ОКМК етакчиларидан бир легионер бўлишга яқин  1 08:50The Best 2025. ФИФАнинг 2025 йилнинг энг яхши футболчиси соврини учун номзодлар рўйхати эълон қилинди  10 08:17"Андижон" етакчиларидан бир фаолиятини Тошкентда давом эттиради  3 07:46Суперлига плей-офф. Бугун келаси мавсумнинг сўнгги Суперлига иштирокчиси аниқланади  14 03:21А Серия. "Рома" Фабрегас жамоасини таслим қилди  1 03:11АПЛ. МЮ уч марта ҳисобда олдинга чиқиб олди, аммо барибир ғалаба қозона олмади  12 01:50Собиқ ҳакам Фернандес Винисиуснинг "Алавес" жарима майдончасида йиқилиши ҳақида: "Яққол пенальти"  11 00:43Рустам Ашурматов дисквалификация сабаб кейинги турни ўтказиб юборади  0 00:25"Манчестер Юнайтед" - "Борнмут". Асосий таркиблар эълон қилинди  13 23:34Гехи – "Ман Сити"нинг ҳимоядаги асосий трансфер мақсади  4 22:40"Реал"да Алонсонинг хато қилишга ҳаққи йўқ. Клуб мураббийни натижалар имкон бергунича олиб қолмоқчи, бироқ лойиҳа борасида шубҳалар мавжуд  3 22:07Отабек Шукуров: "Бош мураббий Европадан 2-3 нафар ошпаз олиб келди, ош ёки шунга ўхшаш таомлар камайтирилган"  12

Jimmi Floyd Xasselbaynk: Hammaning kuchsiz tomoni bor Yangiliklar

Jimmi Floyd Xasselbaynk: Hammaning kuchsiz tomoni bor

CHelsi va Gollandiya terma jamoasining sobiq hujumchisi Jimmi Floyd Xasselbaynk taniqli jurnalist Grem Xanterga intervyu berdi.

Suhbat chog'ida u Angliya futbolidagi muammolar va murabbiylik kasbini sevishi haqida gapirib o'tdi.

Xasselbaynk Surinamda tug'ilgan. Futbol o'ynashni esa Gollandiyada o'rgangan. Faoliyatining asosiy qismini Angliyada o'tkazgan futbolchi bir mavsum Madridning Atletikosida ham to'p surgan.

- Nega sizdek quvnoq inson bunchalik dahshatli ishni tanlagan?


- (kuladi) Bu o'tmishda qoldi. Haqiqatan ham murabbiylik qiyin soha. Lekin har qanday holatda ham shu kasbni tanlagan bo'lardim. CHunki bu ishni sevaman. Futbol mening hayotim. Agar 80 yoki 90 yoshgacha o'ynash imkonim bo'lganida o'ynayverardim. Lekin buning iloji yo'q. Murabbiylik ishi futboldagi ikkinchi eng yaxshi ish. Hamisha toza havodaman, butsa kiyib yuraman, futbolchilar bilan birgaman, ularga nimalarnidir o'rgataman, o'yinga tayyorlayman, terlatib, qiynayman. Ular imkoniyatlarini namoyish qilish uchun qiynalishlari kerak. Bu jarayonni yoqtiraman. O'z ishimni sevaman. To'g'ri, qiyin. Lekin har kuni yuzimda kulgi bilan uxlayman. Bundan yaxshisi bormi...

- Bir paytlari Grem Suness­dan intervyu olmoqchi bo'lganimizda 15 daqiqaga kechikkan. Sababini bilsak, bog'idagi maydonni o'rgan ekan. Bu bog'ini yaxshi ko'rgani uchun emas, shunchaki, toza havoda bo'lishni yoqtirgani uchun shunday qilgan ekan.


- Ishonmasligingiz mumkin, lekin men maysalarni o'rmayman. Biroq ochiq osmon ostida bo'lishni yoqtiraman. SHuningdek, futbolchilarning rondo o'ynashlarini tomosha qilish yoqadi. Bazan o'zim ham ular bilan o'ynayman. Ammo charchashim uchun ikki daqiqa kifoya. Murabbiyning har doim kabinetida o'tirishi o'tmishda qolib ketgan.

- Terma jamoada qaysi murabbiy bilan ko'p ishlagansiz?


- Bizga Guus Xiddink, Ronald Kuman va Frank Raykaardlar ustozlik qilishgan.

- Adashmasak, Frank Raykaard kumiringiz bo'lgan?


- Ha. U hamisha futbolchilar bilan birga edi. Bazida esa biz bilan rondo o'ynardi. Terma jamoada ko'pincha kvadrat o'rtasida bo'lardim. Ammo shu orqali ko'p narsani o'rganganman.

- Agar siz kvadratning o'rtasidagi ikki o'yinchidan biri bo'lsangiz. Kim ko'proq sakkizlikda bo'lardi?


- Frank de Bur hech qachon o'rtaga tushmasdi. Fillip Koku va Patrik Klyuyvertlar ham shunday. Mark Overmars bazida o'rtaga tushib qolardi. Edgar Davids esa turli fintlarni ishlataman deb o'rtaga tushardi.

- Angliya terma jamoasining so'nggi yillarda o'z darajasini ko'rsata olmayotganiga Inglizcha rondo sababmi? Balki to'pni nazorat qilish va shunga o'xshash jihatlarni yaxshi tushunmaganidadir?


- Yo'q. Gap faqat rondoda emas. Menimcha, inglizlar so'nggi yillarda o'zlarining kuchli taraflarini unutib yuborishdi. Ular boshqa terma jamoalardek o'ynashmoqchi. Aslida esa, inglizlar o'zlaridan faxr­lanishlari va o'z usullarida o'ynashlari lozim. SHaxsan mening fikrimcha, Angliya futboli uch narsaga asoslangan: azart, intensivlik va yuqori tezlik. Nima uchun bundan voz kechish kerak? Nima uchun Ispaniyaga o'xshab o'ynash kerak? Ular o'z ishlarini xotirjam bajarishadi. Yoki umuman boshqacha o'yin namoyish qiladigan Franciya­ga o'xshash lozim. Nima uchun? Axir o'zlarining ustunliklarini namoyish qilib ham yaxshi futbol namoyish qilishsa bo'ladi-ku. Hamisha odamlar orasida terma jamoaning yangi murabbiyi kim bo'lishi haqida gaplarni eshitaman. Angliya yangi Pol Skoulzlarni tarbiya­lashi kerak.

- Hozir shunday futbolchilarni qadrlashyapti-ku.


- Hamma gap shunda-da. Hozir Skoulzni qanotga qo'ygan bo'lishardi.

- Ispaniyada bunday bo'lmaydi. Gollandiyada qanday bo'lardi?


- Agar Kroyff va van Gal bir jamoada ishlashsa, shunday bo'lardi.

- Bordi-yu unchalik kuchli hisoblanmagan futbolchining o'ziga bo'lgan ishonchi oshirilsa, u oldin qilmagan ishlarini qila oladimi?


- Hech bo'lmaganda shunga tayyor bo'ladi. Futbolchilarni maqtab turish kerak. SHunda kuchsiz tomonlarini bartaraf etishi osonroq kechadi. Hammaning kuchsiz tomoni bor. Barselona va Pep Gvardiola qanchalik kuchli bo'lmasin, yaxshi qarshi hujum bo'lsa muammolarga duch keladi. Ishoning, uning jamoa­lariga qarshi o'ynash o'ta qiyin. Agar sizda yaxshi hujumchi va qanot o'yinchilari bo'lsa, Gvardiolaga muammo tug'dirishingiz mumkin.

- Uning aytishicha, nemis futbolida aynan shu narsada qiynalgan ekan. Demak, sistema va murabbiy ideal, degan gap noto'g'ri?


- Xuddi shunday. Lekin ularning kuchsiz tomoni nimada ekanligini tushunish muhimroq.

Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика