Jerar Pike: "La Ligadagi muvaffaqiyat - asosiysi. "Real" va "Atletiko" bizga halaqit bera olmasligiga harakat qilamiz"
31 iyu 2021 18:01
Yangiliklar
Jerar Pike: "La Ligadagi muvaffaqiyat - asosiysi. "Real" va "Atletiko" bizga halaqit bera olmasligiga harakat qilamiz"
"Barselona" himoyachisi Jerar Pike yangi mavsumdan kutayotgan narsalari haqida gapirdi.
"O'tgan mavsum biz uchun eng yaxshisi bo'lmadi. Ha, biz Kubokni qo'lga kiritdik, ammo La Liga yoki CHempionlar Ligasini yutmadik. Agar mavsum shunday o'tgan bo'lsa, uni yaxshi deb aytish mumkin emas. Yangi mavsumga ishtiyoq bilan kiramiz.
La Ligadagi muvaffaqiyat - asosiysi. Agar biz chempionatda yaxshi ishtirok etsak, boshqa sovrinlar tomon harakatlanishimiz mumkin, mart yoki aprelda esa ular uchun kurash imkoniyatini olamiz.
Biz mavsumni yaxshi boshlamoqchimiz, tezlikni oshirmoqchimiz, agar biz yaxshi ritmda harakatlansak va ochkolar zaxirasini qo'lga kiritsak, chempionatni yutamiz. "Real" va "Atletiko" halaqit bermasligiga harakat qilamiz", - deydi Pike.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Аргентина ЖЧ-2026дан четлатилиши мумкин
Ла Лига. Рафиньянинг дубли "Барселона"га "Осасуна" устидан ғалабани тақдим этди
Эрлинг Ҳоланд Криштиану Роналдуни қувиб ўтиб, АПЛ рекордини янгилади
Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди
Fikrlar