So’nggi yangiliklar

23:05Самарқандда хайрия учрашуви: "Динамо" фахрийлари Ўзбекистон МТЖ афсоналари учрашувида 8 та гол урилди  13 22:31Данни Блинд "Аякс"ни тарк этади  0 22:02Расман: "Барселона" собиқ футболчиси Ашурматов ва Машариповнинг жамоадошига айланди  2 21:22U-23 Осиё Кубоги саралаш босқичи. Ўзбекистон Қирғизистон билан дуранг ўйнади  72 21:09Суперлига 21-тур ҳакамлари расмийлари маълум. Марказий тўқнашувни ким бошқаради?  4 20:30Интервью. Жоэль Кожо: "Динамо"га қайтишим мумкин эди, лекин "Истиқлол"ни фақат "Нефтчи" рози қила олди"  4 20:00УEФА 11 сентябрь куни "Вильярреал" – "Барселона" ўйини қаерда ўтиши ҳақида қарор қабул қилади  3 19:38"Барселона" футболчиси жароҳати сабаб терма жамоа ихтиёрини тарк этди  3 19:10МЮ собиқ футболчиси Англия эмас, Конго ДР шарафини ҳимоя қиладиган бўлди  1 18:26"Челси" "Барселона" футболчисидан умидини узмаган  1 17:54Луческу – терма жамоалар тарихидаги энг ёши катта мураббий  1 17:25U-17 халқаро мусобақаси. Ўзбекистон Канадани пенальтилар сериясига кўра мағлубиятга учратди  8 16:59Мбаппе Анрига етиб олди  9 16:35Ўзбекистон МТЖ Panini билан ҳамкорлик қилади   10 16:13ФИФА президенти CAFA Nations Cup финалига келади  10

JCH finaliga chiqqan Zlatko Dalich O'zbekistonda ishlashi mumkinligini inkor etmagan (intervyu) Yangiliklar

JCH finaliga chiqqan Zlatko Dalich O'zbekistonda ishlashi mumkinligini inkor etmagan (intervyu)

Xorvatiyani Jahon chempionati finaliga olib chiqqan "Al Ayn" jamoasining sobiq bosh murabbiyi Zlatko Dalich 2 yil oldin saytimizga eksklyuziv intervyu bergandi.

O'shanda "Al Ayn" bilan Toshkentga tashrif buyurgan Zlatko Dalich kelajakda O'zbekistonda ishlashi mumkinligini inkor etmagan.

Quyida 2 yil avval olingan intervyuni qayta chop etamiz.

Osiyo chempionlar ligasi chorak final doirasidagi "Lokomotiv" - "Al Ayn" to'qnashuvining javob o'yini bo'lib o'tadi. Toshkentda etib kelgan "Al Ayn" jamoasi kecha "Bunyodkor" stadionida o'yinoldi rasmiy mashg'ulotni o'tkazayotgan paytda Zlatko Dalich bilan alohida suhbatlashishga kelishib oldik. Garchi o'yinoldi bo'lsada Zlatko Dalich murojaatimizga labbay, deb javob qaytardi va mehmonxonada intervyu olishga kelishdik. Odatda o'yindan bir kun avval bizning murabbiylar qalam ahli bilan suhbatlashishdan qochishga intilishadi. Zlatko Dalich esa yuqori profeessionalikni namoyish etdi va uni oldinda qanchalik muhim o'yin kutib turganiga qaramasdan intervyu berishdan bosh tortmadi.

- "Al Ayn" jamoasiga kelish tarixingiz haqida so'zlab bersangiz...
- "Al Hilol"dagi faoliyatimdan so'ng "Al Ayn" klubi menga qiziqib qolgan. Bundan 4 yil muqaddam esa "Al Ayn" klubidan meni har tomonlama qoniqtiradigan, qiziqarli taklif kelib tushgandi va shundan keyin bu jamoa boshqaruvini o'z qo'limga olishga rozilik berdim.

- Murabbiy sifatida qaysi uslubdan foydalanasiz va nega?
- Bilasizmi, men 20 yildan ortiq futbolchi sifatida to'p tepganman. SHu faoliyatim davomida ko'plab tajribali murabbiylar bilan ishlaganman. Har bir murabbiydan o'zim uchun kerakli jihatlarni o'zlashtirishga harakat qilganman. Meni jamoam ko'proq to'pni nazorat qilish, yuqori pressingga asoslangan futbol ko'rsatishini istayman va futbolchilardan shuni talab qilaman. Men uzun paslar orqali o'ynashni maqul ko'rmayman. Qisqa paslar, kombinacion futbol o'ynash yoqimliroq.

- "Al Ayn"da Osiyo futboli yulduzi Omar Abdulrahmon o'ynaydi. Murabbiy sifatida bu kabi yuqori darajadagi yulduz futbolchi bilan ishlash qanchalik oson? Bazi yulduz futbolchilarning o'ziga xos injiqliklari bo'ladi. Omar bilan ishlashda bu kabi muammolarga duch kelmaysizmi?

- Omar haqida faqatgina yaxshi fikrlar bildirishim mumkin. Abdulrahmon Osiyodagi eng kuchli futbolchi bo'lsa kerak. Omar butun jamoani qattiq hurmat qiladi. Uning insoniylik sifatlariga ham gap bo'lishi mumkin emas. Omar bilan ishlashda hech qanday muammolarga duch kelmayman. Aksincha, bu darajadagi futbolchi murabbiyga ham qo'shimcha imkoniyatlar taqdim etadi. SHuni aytishim mumkinki, Omar Abdulrahmonning injiqliklari yo'q. Omarning jamoada bo'lishi bu baxt. Omar Abdulrahmon - Osiyo futbolidagi tillo bola. Uning yuksak iqtidori, katta istedod sohibi ekanligini hech kim inkor etolmaydi. Omar nafaqat jamoani o'yinini qurishda, balki uchrashuvga alohida bezag bera oladigan zargar, desam ham bo'ladi.

- O'zingiz haqingizda, oilangiz xususida ham to'xtalib o'tsangiz...

- Futbolchilik faoliyatimning katta qismini Xorvatiya klublarida o'tkazganman. 2000 yili esa futbolchilik faoliyatimni yakunlagach 2 yil terma jamoada yordamchi murabbiy bo'lib ishlaganman. SHundan so'ng o'zimni sevimli klubim "Varteks"da sport direktor lavozimida ham faoliyatim yuritdim. 2005 yildan boshlab esa professional murabbiylik faoliyatimni boshlaganman. 2010 yili Saudiya Arabistoni jamoasi "Al Faysali"dan taklif tushgan va shundan buyon osiyo futbolida ishlab kelyapman.
Turmush qurganman, xotinim va ikkita farzandim bor. Bolalarim hozircha futboldan yiroqda. Ular hali yosh va o'qish bilan mashg'ul.

- O'zbek klublaridan taklif tushsa O'zbekistonda ishlashga rozilik berarmidingiz?

- Men avvalo futbolni sevaman va murabbiylik kasbini yaxshi ko'rganim uchun shu sohani tanlaganman. Futbolda har narsa bo'lishi mumkin. Men "Bunyodkor", "Lokomotiv" va "Paxtakor" klublaringizni yaxshi bilaman. "Nasaf" bilan ham OCHL guruh bosqichida to'qnash keldik. Umuman olganda jamoalaringiz yaxshi saviyaga ega. Hayotda hamma narsa bo'lishi mumkin. Agarda o'zbek klublaridan yaxshigina taklif tushadigan bo'lsa, bu erga kelib ham ishlashim mumkin. Hammasi taklifga va uning qanchalik qiziqarli ekanligiga bog'liq.

- O'tgan yili "Paxtakor", bu yili esa guruhda "Nasaf" va mana hozir chorak finalda "Lokomotiv" bilan duch keldingiz. Ushbu jamoalarimizdan qaysi birini kuchliroq deb ayta olasiz?

- "Paxtakor" va "Nasaf" kabi jamoalarga qarshi guruh bosqichida o'ynaganmiz. Bu umuman boshqa holat. CHunki guruh bosqichida har xil holatlar yuz berishi mumkin va u erda bazan kuchni tejab ham o'ynashga to'g'ri kelishi mumkin. Pley-off bosqichi esa umuman boshqa. Bu erda hech qanday tavakkal yoki xatoga yo'l qo'yish mumkin emas. Ushbu jamoalaringiz ichidan "Lokomotiv"ni alohida ajratib ko'rsatgan bo'lardim. O'ynagan jamoalarim ichida aynan "Lokomotiv" qolganlariga nisbatan bir bosh kuchli, deb bilaman. Lekin "temiryo'lchilar" qanchalik kuchli bo'lishmasin, biz ularni mag'lubiyatga uchratib yarim finalga yo'l olishimiz zarur. Oddiy misol, BAAda kechgan "Nasaf"ga qarshi o'yinda jamoamizni faqat g'alaba qanoatlantirardi va biz maydonga faqat uch ochko olish ilinjida tushgandik. Yakunda esa o'zimiz uchun kerakli natijaga ancha ishonchli tarzda erishgandik.

- O'zbek futbolchilaridan qaysi biri sizga iliq taassurot qoldirgan?

- So'zsiz Server Jeparov. Ushbu futbolchi nafaqat yurtingizda, balki Osiyo futbolida ham o'z o'rniga ega top darajadagi o'yinchi sanaladi. Yana kimlarni ko'rsatish mumkin? Xitoyda o'ynayotgan Anzur Ismoilov, Egor Krimec, Igor Sergeevni bilaman. Ular ham yaxshi saviyadagi futbolchilar hisoblanishadi. Anzur Ismoilov 5 yildan buyon Xitoyda bir maromda, yuqori darajada o'ynab kelmoqda. Anzur Ismoilov yuqori saviyaga ega bo'lgan himoyachi. Xitoyda uzluksiz 5 yil o'ynab kelayotgani bejizga emas.

- Jahon futbolida Messi va Ronaldudan tashqari kimni eng yaxshi futbolchi deb bilasiz?

- Butun dunyo shu ikki futbolchini muhokama qilmoqda. Ulardan tashqari qaysidir futbolchini ajratib ko'rsatish ancha qiyin. Menga so'zsiz Messi yoqadi va Leoni eng zo'r deb bilaman. Yoqtirgan jamoam ham "Barselona". Men murabbiy sifatida ham aynan ushbu jamoa o'yinini o'zlashtirishga harakat qilaman. Xosep Gvardiolaning uslubidan ko'p foydalanishga intilaman. Men uchun Pep zamonaviy futboldagi eng yorqin murabbiylar biri.


SHu joyda Zlatko Dalich bizdan uzr so'ragan holda suhbatni to'xtatishimizni iltimos qildi. Sababi, rasmiy mashg'ulotdan mehmonxonaga qaytgan jamoa kechki ovqatga kirishi kerak edi va shundan so'ng jamoa bilan yig'ilish o'tkazishi lozimligini tushuntirdi.

Zlatko Dalich muhim bahs oldidan rasmiy mashg'ulotdan qaytishi bilanoq avtobusdan tushib bizning iltimosimizni erda qoldirmagani uchun ham unga rahmat dedik. U esa kulib, OAV xodimlari bilan uchrashish, intervyu jarayonlari futbolning bir qismi ekanligini alohida takidladi. Biz hammamiz muxlislar uchun xizmat qilishimiz kerak, deya so'zini yakunladi. Haqiqiy professional!

SHahboz Beg'amov suhbatlashdi.

Reyting: +73   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика