Insayd tasdiqlandi: Jamshid Boltaboev "Andijon" sharafini himoya qiladi
04 dek 17:54
Yangiliklar
Insayd tasdiqlandi: Jamshid Boltaboev "Andijon" sharafini himoya qiladi
"Andijon" matbuot xizmati navbatdagi transferni elon qildi.
"Muxlislar mehrini qozongan yarim himoyachi Jamshid Boltaboev bilan shartnoma imzolandi.
Malumki, futbolchi joriy mavsumni “Neftchi”da boshladi va ikkinchi davrada “Navbahor”da to'p tepdi.

Malumot uchun, Jamshid 1996 yilning 3 oktyabr sanasida Toshkentda tavallud topgan. 2014 yildan 2018 yilgacha “Paxtakor”da o'ynagan. 2019 va 2021 yillari “So'g'diyona” sharafini himoya qilgan. 2022-2024 yilgi mavsumlarni esa “Navbahor”da o'tkazgan", – deyiladi xabarda.
Boltaboev yakunlangan mavsumda namanganliklar safida 27 uchrashuvda maydonga tushib, 1 tadan gol va assist qayd etdi.
Avvalroq xavbek faoliyatini "Andijon"da davom ettirishi haqida xabar bergan edik.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Расман: Тимур Кападзе — "Навбаҳор" бош мураббийи!
Ла Лига. "Реал" меҳмонда "Жирона"ни мағлуб эта олмади
Расмий хабар: Исломбек Исмоилов — "Нефтчи" бош мураббийи
Эшитдик-да! "Навбаҳор" тез орада янги мураббийни таништиради
Fikrlar
МТЖ асосий таркиби футболчилари кўчманчилар эмас асосан Пахтакор ва Насаф ўйинчилари