So’nggi yangiliklar

00:45Про лига. "Олимпик-MobiUz" ва "Локомотив" ўртасидаги учрашувдан ГАЛЕРЕЯ  0 00:35Лионель Месси МЛС 2025 йилнинг рамзий терма жамоасига киритилди  0 00:25ЕЧЛ. "Брюгге" – "Барселона". Бошланғич таркиблар аниқ!  0 00:07Ашраф Ҳакими икки ойга сафдан чиқди  0 23:57ЕЧЛ. "Манчестер Сити" – "Боруссия Д". Ҳусанов захирада  5 23:47Азизбек Абдумўминов: "Насиб бўлса, кубокни Ўзбекистонга олиб келамиз"  4 23:25U-17 Жаҳон чемпионати. Парагвай – Ўзбекистон 1:2  2 23:15Флик "Барселона"дан кетишни режалаштирмаяпти. Мураббий клубда бахтли  5 22:57ОЧЛ-2. "Андижон" кетма-кет тўртинчи марта 0:0 ҳисобида дуранг ўйнади  68 22:37Ислом Исмоилов: "Оғир учрашувда ғалаба қозондик. Ўйинни назорат қилдик"  12 22:03U-17 Жаҳон чемпионати. Ўзбекистоннинг гуруҳидаги иккинчи учрашувда Ирландия йирик ҳисобда ғалаба қозонди  4 21:59Фарҳод Нишонов: "Агарда улар ўз сифатларини яхшилай олишмаса, топ-футболчи бўла олишмайди"  0 21:39Мирко Йеличич "Олимпик-MobiUz"га қарши ўйиндан сўнг қисқа фикр билдирди  2 21:16ОЧЛ2. Барчаси "Андижон" учун: "Аркадағ" ва "Ал Аҳли" Ашхободда дуранг қайд этишди  3 20:51Германия терма жамоаси Жаҳон чемпионатида киядиган либосини тақдим этди  7

JCH-2022. Penaltilar seriyasida g'alaba qozongan Xorvatiya chorak finalga chiqdi Yangiliklar

JCH-2022. Penaltilar seriyasida g'alaba qozongan Xorvatiya chorak finalga chiqdi

Teglar :  YaponiyaXorvatiya
Yaponiya hamda Xorvatiya o'rtasida o'tkazilgan JCH-2022 nimchorak final o'yini yakuniga etdi.

Japan

Daizen Maeda - 43', Takuma Asano - 121'

World Cup Final Stage . 1/8-tur

05/12/2022, 20:00

4
:
2
Tugadi

Croatia

Ivan Perisic - 55', Nikola Vlasic - 121', Marcelo Brozovic - 121', Mario Pasalic - 121'

Stadion: Al Janoub Stadium, 42523 tomoshabin

Bosh hakam: Ismail Elfath

45'
90'
120'
43'  Daizen Maeda
43'  Maya Yoshida
64'  Yuto Nagatomo (Kaoru Mitoma)
64'  Daizen Maeda (Takuma Asano)
75'  Daichi Kamada (Hiroki Sakai)
87'  Ritsu Doan (Takumi Minamino)
106'  Hidemasa Morita (Ao Tanaka)
55'  Ivan Perisic
55'  Dejan Lovren
62'  Bruno Petkovic (Ante Budimir)
68'  Andrej Kramaric (Mario Pasalic)
90'  Mateo Kovacic
99'  Luka Modric (Lovro Majer)
99'  Mateo Kovacic (Nikola Vlasic)
106'  Ante Budimir (Marko Livaja)
106'  Ivan Perisic (Mislav Orsic)
116'  Borna Barisic


Yaponiya – Xorvatiya 1:1 (1:3)

"Al Janoub Stadium"

Gollar: 1:0 – 43 Maeda, 1:1 – 55 Perishich.

Yaponiya – Gonda, Yosida, Taniguti, Tomiyasu, Nagatomo (Mitoma, 64), Endo, Morita (Tanaka, 105), Kamada (Sakai, 75), Ito, Doan (Minamino, 87), Maeda (Asano, 64).

Xorvatiya – Livakovich, Yuranovich, Lovren, Gvardiol, Barishich, Modrich (Maer, 99), Kovachich (Vlashich, 99), Brozovich, Perishich (Orshich, 105), Kramarich (Pashalich, 68), Petkovich (Budimir, 62; Livaya, 105).


Xorvatiya terma jamoasi chorak finalga chiqdi!

8. Pashalich - gol!

7. Yoshida - xato!

6. Livaya - xato!

5. Asano - gol!

4. Brozovich - gol!

3. Mitoma - xato!

2. Vlashich - gol!

1. Minamino - xato!

- Penaltilar seriyasini yaponiyaliklar boshlab berishadi.

- Bu Qatarda o'tayotgan mundialning ilk penaltilar seriyasi.

BO'LDI, PENALTILAR SERIYASI!

120. Uchrashuv asosiy vaqtiga 1 daqiqa qo'shib berildi.

118. Xorvatlar g'alabani ilib ketishga yaqin kelishdi, ammo raqib zarbaga imkon bermadi.

114. Autdan otilgan to'pni Gonda olib qo'ydi, aks xolda xorvatiyaliklardan biri to'pga zarba berishi mumkin edi.

110. Xorvatiyaliklar penaltiga rozidek hujumga deyarli etibor berishmayapti.

106. Ushbu bahsning oxirgi bo'limi boshlandi.

Birinchi ekstra taym yakunlandi.

105. ZARBAAAAA... Mitomaning zarbasini posbon qaytarib qoldi.

101. O'yin tempi yuqori emas, jamoalar penalti tepadiganga o'xshayapti.

99. O'zgarish: Kovachich va Modrich zaxiraga olindi. Butun stadion Lukaga qarsak chalib, uni kuzatib qo'ymoqda.

95. Pashalich hamda Tomiyasu o'rtasidagi to'qnashuvdan so'ng o'yin to'xtatildi. Futbolchilarga tibbiy yordam ko'rsatilmoqda.

91. Ekstra taymlarga start berildi.

Uchrashuvning asosiy vaqti yakuniga etdi! EKSTRA TAYMlarga murojaat qilamiz.

90. Uchrashuv asosiy vaqtiga 4 daqiqa qo'shib berildi.

89. O'yin ekstra taymlarga qarab ketmoqda.

87. Yaponiya safida Minamino maydonga tushdi.

86. Qanotdan uzatilgan to'pga Pashalich ko'ngildagidek zarba bera olmadi. To'p maydonni tark etdi.

83. Perishich va Kovachich o'ng qanotda bir nimalar tashkil etishga urinishdi, ammo muvaffaqiyatsiz yakunlandi.

80. Tomiyasu zarba beradigan poziciyada pas berishga qaror qildi va bu xato bo'ldi.

77. PERISHIIIICH! Ivannning chap oyoqdagi kuchli zarbasidan so'ng to'p Tomiyasuga tegib, maydonni tark etdi.

76. To'pga egalik qilish bo'yicha ustunlik Xorvatiyada

70. Endi o'yin nazorati yaponlar qo'liga o'tdi. Osiyo jamoasi endi golli vaziyatlar yaratishga urinadi.

66. ZARBAAAA! Budimir jamoadoshining zarbasidan so'ng rikoshet bo'lib kelgan to'pni darvoza tomonga burishga urindi, biroz noaniq.

59. Perishich raqib jarima maydonchasiga yorib kirdi, biroq zarba berishni eplay olmadi, aks xolda hisob 2:1 holatga kelardi.

58. Uzoqdan berilgan zarbaaaaa! Livakovichdan ajoyib seyv!

56. GOOOOOOL! PERISHIIICH! Qanotdan uzatilgan to'pni Ivan Perishich boshi bilan darvozaga joyladi.

53. Maeda raqib darvozasiga "chang solish"da davom etmoqda. Bu safar ikki himoyachi uni bir amallab to'xtatib qoldi.

52. Penaltimi? Yo'q, hakam o'ynash kerakligini ko'rsatdi. Qanotdan uzatilgan to'p havoda uchayotganida xorvatiyalik futbolchi yiqitildi. VAR ham indagani yo'q.

50. Yaponiyaning xavfli uzatmalari davom etmoqda. Osiyoliklar ikkinchi golni urishga yaqin kelishmoqda.

46. Ikkinchi bo'lim boshlandi. Kamada taym boshlanishi bilan Xorvatiya darvozasini o'qqa tutdi, noaniq.

TANAFFUS!

45. Birinchi bo'limga 2 daqiqa qo'shib berildi.

43. GOOOOOOOL! MAEDAAAAA! Qanotdan uzatilgan to'p xorvatiyalik futbolchining oyog'iga tegib qaytdi, qaytgan to'p Maedaga tushdi va u darvozani aniq nishonga oldi. 1:0!

41. KAMADAAAAAA... Yaponiyalik futbolchi hisobni ochishga yaqin keldi, ammo bir futbolchini aldaganidan so'ng bergan zarbasi nonaniq bo'ldi.

35. Gvardiola jamoasining tezkor qarshi hujumini boshlashga urindi, ammo uning uzatmasi juda kuchli bo'lgani tufayli Petkovich to'pni egallay olmadi.

33. Jamoalar 5-6 daqiqa hujum qilib, keyin to'p nazoratini raqibga topshirishmoqda. 

30. Aniq paslar soni bo'yicha Xorvatiya Yaponiyadan ikki karra ustun.

28. Xorvatiyaliklarning "uzatmalar guldastasi" gol bilan yakunlanishi mumkin edi, ammo Evropa vakillari to'pning yo'nalishini darvozaga bura olishmadi.

26. Gvardiolning ajoyib uzatmasidan so'ng Petkovich to'pga ega bo'ldi va o'ta xavfli hujum yaratildi. Ammo Petkovich o'zining noto'g'ri qarori bilan jamoasini to'psiz qoldirdi.

20. Itodan navbatdagi uzatma, bu safar Livakovich to'pni ushlab oldi. Bunday uzatmalar davom etaversa tez orada hisob ochilishi mumkin.

17. Yaponiyaliklar ko'proq qanotlardan uzatma amalga oshirib, ikkinchi qavat orqali hisobni ochishga urinishmoqda.

13. Hakam ko'p xushtak chalmay, futbolchilarga kurashish imkonini bermoqda.

12. UZATMAAAAA... Ito o'ng qanotdan to'pni erlatib jarima maydonchasiga uzatdi, yaponlarning hech bir futbolchisi ushbu to'pni darvozaga bura olmadi.

8. PERISHIIICH! Ivan raqib himoyachisining qo'pol xatosidan foydalanib to'pni egalladi va darvozaga yaqin masofadan zarba berdi. Lekin posbon to'pni qaytarishga muvaffaq bo'ldi.

5. Xorvatiya asta-sekinlik bilan to'p nazoratini qo'liga olmoqda.

3. Burchakdan o'yingan kiritilgan to'pni Taniguti bosh bilan darvozaga burishga urindi, biroz noaniq.

2. Yaponiya jarima zarbasi ishlab oldi. Standartdan uzatilgan to'pga hech kim tegmadi, vaziyat xavfli tus olgandi.

1. Besh, to'rt, uch, ikki, bir... O'yin boooshlandi!

- Futbolchilar maydonda, madhiyalardan so'ng bahsga start beriladi.

- Jamoalar maydonga chiqishga tayyor. Tarkiblar eng kuchlisi, biroq Yaponiya safida Itakura sariq kartochkalar tufayli bugungi bahsni o'tkazib yuboryapti.

Yaponiya – Gonda, Taniguchi, Tomiyasu, Yoshida, Nagatomo, Morita, Endo, Ito, Kamada, Doan, Maeda

Xorvatiya – Livakovich, Yuranovich, Gvardiol, Lovren, Barishich, Kovachich, Brozovich, Modrich, Kramarich, Petkovich, Perishich

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика