So’nggi yangiliklar

19:3320 ёшгача бўлган дунёдаги энг қиммат футболчининг нархи 349,6 млн евро экан  0 19:00Про лига. "Олимпик-MobiUz" ва "Локомотив" муроса кўчасини танлади, лига ғолиби кейинги турда аниқланади  0 18:42Криштиану Роналду: "Арсенал"ни рақиб сифатида қабул қилмайман, улар ғалаба қозонса хурсанд бўламан"  3 18:00U-17 Жаҳон чемпионати. Парагвай U-17 – Ўзбекистон U-17 0:2 (Матнли трансляция)  70 16:5823 ёшли дарвозабон, ОКМКни ютган мураббий ва футболчи, "Бунёдкор"га супергол урган ҳимоячи — Суперлигада 27-турнинг энг яхшилари  2 16:44Хебай, Марушич, Холдорхонов, Алижонов... Суперлига 27-тур рамзий терма жамоаси  2 15:50Криштиану Роналду Жоржина билан тўйи қачон бўлишини эълон қилди  23 15:04Қурол билан таҳдид қилинган АПЛ футболчиси кимлиги маълум бўлди  0 14:36Ўзбекистон U-15 терма жамоасининг Жанубий Кореяга қарши асосий таркиби маълум  2 13:51Слот: "Каттароқ ҳисобда ютишимиз мумкин эди"  13 12:50U-17 Жаҳон чемпионати олдидан. Ислом Исмоилов: "Жаҳон чемпионатига энг яхши ҳолатда етиб келдик"  10 12:43Футзал бўйича Осиё кубогига қуръа ташланди. Ўзбекистон Япония ва Австралия билан бир гуруҳда  7 12:11Про лигада 2-ўринни олган клуб: "Суперлигада жой йўқ, деб қўяверинглар"  14 10:50Аббосбек Файзуллаев индивидуал тикланиш машғулотларини бошлади  4 10:15Роналду фаолиятини якунлаганидан кейин нима қилишни истаётганини айтди  43

JCH-2022. Senegal mezbon Qatar ustidan ishonchli g'alabaga erishdi Yangiliklar

JCH-2022. Senegal mezbon Qatar ustidan ishonchli g'alabaga erishdi

Jahon chempionati "A" guruhi 2-turidan o'rin olgan bahs boshlandi.

Qatar – Senegal 1:3 

18.00, «Al Tumama» stadioni

Gol: Muntari 78' – Dia 41', Dedu 49', Deng 84'

Qatar – Barsham, Ro-Ro (Muhammad Vaad, 83), Xuxi, Muhammad, Hassan, Ahmad (Tarek Tarek, 83), Budiaf (Xatim, 69), Madibo, Al Haydos (Muntari, 74), Ali, Afif.

Senegal – Mendi, Sabali, Kulibali, Yakobs (Sisse, 78), Diallo, Guye, Mendi (Sarr, 78), Dedu (Deng, 74), Sarr (Ndiaye, 74), Diatta (Pate Siss, 65), Dia.

Ogohlantirishlar: Muhammad (20), Dia (31), Ahmad (45+2), Yakobs (52), Siss (87)

MATNLI TRANSLYACIYA 

YANGILASH


BAHS YAKUNLANDI!

90+4. Zarbaaa!  Almoez Alining olisdan yo'llagan zarbasi mo'ljalga aniq bormadi. 

Ikkinchi taymga 6 daqiqa qo'shib berildi. 

89. Zarbaaaa! Abdulkarim Hassanning kuchli zarbasi sal noaniq ketdi. 

87. Pate Siss qoidani buzdi va ogohlantirildi.

84. GOOOOOOOOL! Bamba Deng hisobni 3:1 ko'rinishiga keltirdi! 

83. Qatarda almashtirish: Humam Ahmad o'rniga Tarek Tarek maydonga tushdi.

83. Qatarda o'zgarish: Pedro Migel o'rniga Muhammad Vaad tushirildi.

78. GOOOOOOOOOOOOL! Muhammad Muntari uzoq kutilgan golni urdi! 1:2! 

78. Senegalda 2 ta o'zgarish: Yakobs o'rniga Sisse, Mendi o'rniga Sarr o'yinga qo'shildi. 

74. Senegalda 2 ta almashtirish: Sarr o'rniga Ndiaye, Dedu o'rniga Deng tushdi.

74. Qatarda o'zgarish: Al Haydos o'rniga Muntari o'yinni davom ettiradi.

73. Qatarlik futbolchilar hujum chog'ida qoidani buzishdi. 

69. Qatarda o'zgarish: Budiaf o'rniga Xatim o'yinga qo'shildi.

67. Dahshaaaat! Ismoil Muhammadning yaqin masofadan bergan zarbasini Mendi qaytardi! Yana qanday vaziyat kerak, Qatarga??!!!  

65. Senegalda almashtirish: Krepin o'rniga Pate Siss maydonga tushdi.

63. Vauuu! Almoez Ali yaqin burchakni nishonga oldi, ammo Mendi shu erda ekanligini ko'rsatib qo'ydi. 

61. Zarbaaaa! Abdulkarim Hassan olisdan kutilmaganda o'ng oyoqda kuchli zarba yo'llab qoldi. Mendi sheriklaridan sergak turishni talab qildi. 

57. Ismaila Sarr jarima maydonchasi ichida deyarli bir o'zi qoldi va zarba berdi, ammo kutilganidek chiqmadi.  

56. Abdulkarim Hassan uzoq masofadan darvozani poylashga urindi, ammo u tepgan to'p sherigiga tegdi.

52. Yakobs qo'pol harakat qildi va ogohlantirildi.

49.  GOOOOL!  Yakobsning uzatmasidan keyin Famara Dedu bosh bilan gol urib, hisobni ishonchli ko'rinishga keltirdi!

46. Ikkinchi taym boshlandi! 

45+4. Akrom Afif burchakdan to'pni ichkariga oshirdi, ammo raqiblar sergan turganliklarini ko'rsatishdi. 

45+2. Humam Ahmad qo'pol harakati uchun sariq kartochkaga loyiq ko'rildi.

Birinchi taymga 7 daqiqa qo'shdi. 

44. Famara Dedu qulay imkoniyatga ega bo'lishi mumkin edi, ammo o'yindan tashqari holatda qoldi.

41. GOOOOOOOOOOOOOL! Bulaye Dia himoyachining xatosidan so'ng hisobni ochdi! 

37. Krepin Diatta hujumda fol ishlatdi, Mateu Laos darhol hushtagini chaldi. 

35. Bulaye Dia jarima maydoni ichida to'pni qabul qilib oldi. U Ismaila Sarrni to'p bilan taminladi, ammo himoyachi vaziyatga aralashgan holda to'pni egallab oldi. 

34. Akrom Afif to'p bilan ichkariga kirib bordi va penalti ishlashga maksimum harakat qildi. Bosh hakam Laos hech qanday fol qo'yligini aytdi. 

33. Humam Ahmad kichik jarohatga yo'liqqan ko'rinadi. Uning o'yindagi ishtiroki so'roq ostida.

31. Bulaye Dia qo'pollik uchun ogohlantirildi.

29. Yussuf Sabali birinchi marta zarba berdi, biroq aniqlik etishmadi. To'p o'ng ustun oldidan o'tib ketdi. 

27. Krepin Diatta to'pni ichkariga uzatib berdi, ammo himoyachilar biri to'pni maydon tashqarisiga chiqarib yubordi. Senegal korner ishladi. 

26. Zarba! Abdulkarim Hassan zarba berishga shoshib qoldi. To'p manzilga aniq bormadi.

24. Zarba! Idrisi Guyening zarbasi xavfli ko'rinish kasb etdi. Zarba Meshal Barshamni asabiylashishga majbur qildi. 

20. Ismoil Muhammad qo'pollik ishlatgani boim sariq kartochka oldi. 

17. Famara Dedu jarima maydoni ichila havodagi kurashda yutib chiqdi, biroq zarba noaniq ko'rinish oldi.

15. To'p himoyachilardan o'tib Akrom Afifga etib keldi. U ilk bor darvoza tomon zarba yo'lladi, ammo to'p darvoza to'sini tepasidan o'tib ketdi.

12. Ismaila Sarr (Senegal) otdal pas. Ego poluchil Krepin Diatta, no uspeshno vmeshalis zashhitniki.

11. O'yin teng kurashlar ostida davom etmoqda. 

9. Zarba! Nampalis Mendi uzoq masofadan zarba yo'lladi, to'p mo'ljalga aniq bormadi va darvoza ustuni yonidan o'tdi. 

6. Akrom Afif ofsaydda qolib ketdi. 

4. Zarbaaaa!  Himoyachilar Ismaila Sarrni yopishga ulgurishmadi. U yakunda zarba yo'llashning uddasidan chiqdi. To'p darvoza ustuni oldidan o'tib ketdi.

3. Kalidu Kulibali jarima maydonchasi ichidan sheriklarini izlamoqda, biroq raqib himoyachilaridan biri to'p yo'liga to'g'anoq bo'ldi.

1. O'yin boshlandi!

Reyting: +7   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика