So’nggi yangiliklar

23:05ЖЧ-2026 саралаши. Эрон Қатарни йирик ҳисобда мағлуб этиб, гуруҳда биринчи ўринга кўтарилиб олди  74 22:45Ла Лига президенти ФИФАдан Клублар ўртасидаги Жаҳон чемпионатини бекор қилишни талаб қилди  2 21:56Бобир Абдихолиқов: "Халқимизни ғалаба билан табриклайман. Муҳим уч очкони қўлга киритдик"  22 21:38ЖЧ-2026 саралаши. Қирғиз Республикаси КХДРни мағлубиятга учратди  12 21:20ЖЧ-2026 саралаши. Ўзбекистон - БАА 1:0  20 21:14"Ҳар бир олинган очко бизни Жаҳон чемпионатига яқинлаштирмоқда" – Отабек Шукуров  41 20:40ЖЧ-2026 саралаши. Ўзбекистон Тошкентдаги ажойиб оқшомда БААдан устун келди  583 20:15Погба: "Ҳеч қачон "ҳеч қачон" дейиш керак эмас"  4 19:48Бонуччи фаолиятидаги энг мураккаб рақибни айтди — у Месси ёки Роналду эмас  1 18:43"Манчестер Юнайтед" 6 миллионга сотган футболчисини 20 миллионга қайтариб олмоқчи  1 18:02Ўзбекистон - БАА: Терма жамоамиз "Бунёдкор" стадионига етиб келди  6 17:50ЖЧ-2026 саралаши. Иккита автогол урилган ўйинда Япония ва Австралия очколарни бўлиб олишди  19 17:32ЖЧ-2026 саралаши. Ўзбекистон - БАА: "Бундёкор" стадиони ўйинга тайёр  11 16:59Ўзбекистон - БАА. 18-учрашув арафасида. Аввалги баҳсларда қандай натижа қайд этилган?  9 16:46"Реал" "Байер" ҳимоячисини сотиб олмоқчи  1

JCH-2022. Qatar uchun mundial yakunlandi! Yangiliklar

JCH-2022. Qatar uchun mundial yakunlandi!

Jahon chempionati guruh bosqichi 3-turidan o'rin olgan bahs bo'lib o'tdi.

JCH-2022
"A" guruhi. 3-tur
Niderlandiya – Qatar
20.00, «Al Bayt» stadioni
Gollar
: 1:0 – 26 Kodi Gakpo, 2:0 – 49 Frenki de Yong.

Niderlandiya – Noppert, Dumfris, van Deyk, Ake, Timber, Blind, de Ron (Kopmeyners, 83), Klassen (Bergeys, 66), de Yong (Taylor, 86), Depay (Yanssen, 66), Gakpo (Vegorst, 82).

Qatar – Barsham, Muhammad (Xoder, 85), Xuxi, Ro-Ro, Xassan, Ahmad, Xotam (Alaa, 85), Madibo (Budiaf, 64), Al Haydos (Assadalla, 64), Ali (Muntari, 64), Afif.

Ogohlantirish: Ake (52).


Netherlands

Cody Gakpo - 26', Frenkie de Jong - 49'

World Cup Grp. A . 3-tur

29/11/2022, 19:00

0
:
2
Tugadi

Qatar

Stadion: Al Bayt Stadium, 66784 tomoshabin

Bosh hakam: Bakary Papa Gassama

45'
90'
26'  Cody Gakpo
26'  Davy Klaassen
49'  Frenkie de Jong
52'  Nathan Ake
66'  Davy Klaassen (Steven Berghuis)
66'  Memphis Depay (Vincent Janssen)
68'  Steven Berghuis
82'  Cody Gakpo (Wout Weghorst)
82'  Marten de Roon (Teun Koopmeiners)
86'  Frenkie de Jong (Kenneth Taylor)
64'  Hassan Al Haidos (Ali Assadalla)
64'  Almoez Ali (Mohammed Muntari)
64'  Assim Madibo (Karim Boudiaf)
85'  Abdulaziz Hatem (Ahmed Alaaeldin)
85'  Ismael Mohammad (Musab Kheder)


Ushbu sahifada uchrashuvning matnli translyaciyasini kuzatib borishingiz mumkin bo'ldi.


YANGILASH


Bo'ldi, hakamning final hushtagi chalindi va Qatar uchun musobaqa rasman yakunlandi. 

90-daqiqa. Hakam uchrashuvning asosiy vaqtiga 6 daqiqa qo'shib berdi.  

86-daqiqa. O'zgarish! De Yong o'rniga Kennet Teylor tushdi. 

85-daqiqa. O'zgarish! Hotam Abdulaziz o'rnini Axmad Olovuddinga bo'shatib berdi.  

82-daqiqa. O'zgarishlar! Kodi Gakpo va Marten de Roon o'rniga Vegxorst hamda Kopmeyners o'yinga qo'shilishdi. 

82-daqiqa. GOOOOL! Mezbonlar nihoyat gol urishdi. Ammo, lekin, biroq hakamning hushtagi chalinib bo'lgan, u Qatar hujumchisi  Muntari qoidani buzganini qayd etgandi.

75-daqiqa. Niderlandiya o'yinni to'liq nazorat qilyapti. Mezbonlar taqdirga tan berganga o'xshaydi. 

Burchakdan uzatilgan to'pni Hassan Abdulkarim Hassan qaytarib yubordi. 

73-daqiqa. Barsham yaxshi o'ynab, zarbani qaytardi. Burchak zarbasi. 

72-daqiqa. Qatar to'pni nazorat qilmoqda.   

Ha, hujum davomida to'p Kodi Gakponing qo'liga tekkani malum bo'ldi. SHu sabab gol bekor qilindi.

68-daqiqa. GOOOOLBiroq qatarliklar keskin ravishda etiroz bilidirishmoqda. Hakamga yordamchilar nimadirni xabar qilishdi.

66-daqiqa. O'zgarishlar! Van Gal ham o'zgarish qilishga qaror qildi. Klassen va Depay o'ringa Bergeys hamda Yansen tushdi.  

64-daqiqa. O'zgarishlar! Xaydosdan tashqari Almoez Ali va Assim Madibo ham maydonni tark etdi. Ularning o'rniga Karim Budiaf, Ali Asadalla hamda Muhammad Muntari tushdi.    

63-daqiqa. Hassan al Xaydos uchun JCH yakuniga etdi. Qatarliklar etakchisi jarohat sabab maydonni tark etyapti. 

61-daqiqa. Niderlandiya qarshi hujumga o'tib ketishi mumkin edi, lekin hakam to'p uchun kurashda Deyli Blind qoidani buzganini etirof etdi.

60-daqiqa. Almoez Ali raqib jarima maydonchasida yiqilib yotibdi. 

57-daqiqa. O'yin yana tinchlandi. 

55-daqiqa. Qatar futbolchilari o'z yurtlarida o'tayotgan mundialdagi so'nggi daqiqalarini qanday o'tkazisharkin? Biror nima o'zgaradimi yoki bugun ham 0:2 mi?  

52-daqiqa. Ogohlantirish! Natan Ake uchrashuvdagi birinchi sariq kartochkani "o'ziniki qildi". 

49-daqiqa. GOOOOOOL! Frenki de Yong himoyachilardan chaqqonroq harakat qilib, to'pni bo'sh qolgan darvozaga yo'llab qo'ydi!

48-daqiqa. Qatar ikkinchi bo'limni ancha dadil boshladi. Hujumlar oxirgi uzatma va yoki zarbagacha etib bormayotgan bo'lsada, raqib jarima maydoniga xavf solinishi soni ortdi.  

Jabrlanuvchining o'zi to'pni o'yinga kiritdi, Ake baland sakrab xavfni bartaraf etdi. 

Akrom Afifga nisbatan qoida buzildi. 

46-daqiqa. Ikkinchi bo'lim boshlandi!

45+3-daqiqa. Van Gal shogirdlari bo'limni ham zarba bilan yakunlashdi, biroq noaniq. SHu pallada hakam hushtak chalib, jamoalarni tanaffusga taklif qildi.  

45+2-daqiqa. Niderlandiya to'p bilan markazga yaqin hududda.

45-daqiqa. Birinchi bo'limga 3 daqiqa qo'shib berildi.  

42-daqiqa. O'yin birmuncha tinchlangandek. Gollandlar o'zi uchun kerakli natijani qayd etyapti, Qatarning hozircha raqibga kuchi etmayapti. 

38-daqiqa. Memfis Depayga nisbatan o'yin qoidasi qo'pol ravishda buzildi.   

34-daqiqa. Xuxi individual harakatlar evaziga raqiblari orasidan o'tib ketayotganida Marten de Roon tomonidan yiqitildi.  

29-daqiqa. Klassen markazdan oldinga o'tishga urinib ko'rdi, lekin niyatiga eta olmadi.   

Devi Klassendan assist!

26-daqiqa. GOOOOOOOL! Kodi Gakpo! Musobaqadagi uchinchi golini uryapti.

26-daqiqa. Depay texnikasini ishga soldi va zarba berdi, lekin gol yo'q.  

24-daqiqa. Ketma-ket ikkita burchak zarbasidan keyin ham yakuniy zarba ko'ngildagidek chiqmadi. 

23-daqiqa. Hujumga o'tgan Qatar burchak zarbasi ishladi.  

21-daqiqa. Denzel Dyumfris hujumla o'yin qoidasini buzgan deb topildi. Niderlandlar bunday fikrga qo'shilmayapti.  

20-daqiqa. Qatar tezkor qarshi hujum uyushtirdi, biroq Afifning tushunarsiz, yoki sheriklari uni tushunishmadi, uzatmasi sabab barchasi barbod bo'ldi.   

19-daqiqa. Yana bir burchak zarbasidan keyin Devi Klassenning urinishi mo'ljalga etib bormadi.   

17-daqiqa. Memfis Depay to'pni qabul qilib, endi boshini ko'targandi hamki, hakam hushtak chaldi. Memfis dastlab o'ziga nisbatan qoida buzilgani qayd etildi deb o'yladi, lekin offsayd.  

16-daqiqa. Burchak zarbasi. Gakpo uni amalga oshirdi, himoyachi osonlik bilan to'pni qaytardi, to'pga yana Gakpo ega chiqqandi, o'yindan tashqari holat qayd etildi.    

12-daqiqa. Niderlandlarning chap qanotdan uyushtirilgan yana bir hujumi oxiriga etmay qoldi. Deyli Blind hujumga ham faol qo'shildi.   

10-daqiqa. Uzatmadan keyin ish zarbagacha etib bormadi va himoyachilar to'pni uzoqlashtirishdi. 

9-daqiqa. Bu safar ham futbolchilar "kalla qo'yishdi". Deyli Blind va qatarlik ishtirokida to'qnashuv. Bu safar ham jarima zarbasi mezbonlar foydasiga.

8-daqiqa. Xomam Axmad jarima maydonchasidagi kurashdan keyin erga quladi, hakam o'yinni to'xtatdi.  

6-daqiqa. Har ikki tomonning ketma-ket uyushtirgan hujumlaridan keyin to'pni yana Niderlandiya o'z nazoratiga oldi.   

4-daqiqa. Endi qatar darvozasi oldida xavfli vaziyat yuzaga keldi. Bir necha bor niderlandiyaliklar zarba berishlari, to'pni to'rga yo'llashlari mumkin edi, lekin har safar nimadir yoki kimdir bunga to'sqinlik qilib qoldi.  

Bu safar sardor al Xaydos zarba  

3-daqiqa. Qatar, aniqrog'i Almoez Ali birga-bir vaziyatga chiqib ketishi mumkin edi, ammo uzatma o'xshamadi. 

1-daqiqa. O'yin boshlandi!

Virjil van Deyk va Hassan al Xaydos bosh hakam bilan uchrashuvni kim boshlashi, kim birinchi bo'limda qaysi darvozani qo'riqlashini hal qilib olishmoqda. 

Endi navbat Qatar madhiyasiga. 

Niderlandiya davlat madhiyasi yangramoqda.

Jamoalar maydonga tushib kelishdi. 

Reyting: +8   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика