JCH-2022. Kamerun va Serbiya super to'qnashuvda g'olibni aniqlay olishmadi
28 noy 2022 17:00
Yangiliklar
JCH-2022. Kamerun va Serbiya super to'qnashuvda g'olibni aniqlay olishmadi
Kamerun – Serbiya 3:3
28 noyabr, "Al Janoub Stadium"
Gollar: 1:0 – 29 Kastelletto, 1:1 – 45 Pavlovich, 1:2 – 45 Milinkovich-Savich, 1:3 – 53 Mitrovich, 2:3 – 63 Abubakar, 3:3 – 66 SHupo-Moting.
Kamerun – Epassi, Fe, Nkulu, Kastelletto, Tolo, Kunde (Ondua, 67), Zambo-Angissa (Gvet, 81), Ongla (Abubakar, 55), SHupo-Moting, Toko-Ekambi (Bassogog, 67), Mbemo (Nkudu, 81).
Serbiya – Milinkovich-Savich, Velkovich (Babich, 78), Milenkovich, Pavlovich (Mitrovich, 56), Kostich (Djurichich, 90), Milinkovich-Savich (Gruyich, 79), Maksimovich, Lukich, Jivkovich (Radonich, 78), Tadich, Mitrovich.
Ogohlantirishlar: Nkulu (24), Bassogog (30), Yovich (45), Milenkovich (90).
Cameroon Jean-Charles Castelletto - 29', Vincent Aboubakar - 63', Eric Maxim Choupo-Moting - 66' World Cup Grp. G . 2-tur 28/11/2022, 15:00
Serbia Strahinja Pavlovic - 45', Sergej Milinkovic-Savic - 45', Aleksandar Mitrovic - 53' Stadion: Al Janoub Stadium, 39789 tomoshabin Bosh hakam: Mohammed Abdulla Mohammed
Ushbu sahifada uchrashuvning matnli translyaciyasini kuzatib borishingiz mumkin bo'ldi.
90+7-daqiqa. Bo'ldi, hakam final hushtagini chaldi! Ajoyib bellashuv durang bilan yakunlandi.
90+4-daqiqa. Nikola Milenkovichga ushbu vaziyat uchun sariq kartochka ko'rsatildi.
90+3-daqiqa. Jorj-Kevin N'Kuduga nisbatan o'yin qoidasi buzildi.
90+1-daqiqa. O'zgarish! Filip Jurichich Filip Kostichning o'rniga o'yinga qo'shildi.
90-daqiqa. O'yinning asosiy vaqtiga 6 daqiqa qo'shib berildi!
88-daqiqa. Mitrovich bugun foydali ishdan ko'ra, ko'proq vaziyatlardan foydalana olmagani bilan yodda qolyapti. Hozir shundaylardan yana bittasi yuz berdi.
87-daqiqa. Abubakar o'yinni chindan o'zgartirib yubora oldi. Hozir ham u to'pni egallab, oldinroqqa o'tdi va kuchli zarba berdi, Vanya o'z o'rnida.
85-daqiqa. Serblarning istiqbolli hujumi oxiriga etmay qoldi.
81-daqiqa. Serblar charchab qolgandek tasavvur uyg'onmoqda.
78-daqiqa. O'zgarishlar! Milosh Velkovich va Andriya Jivkovich o'rniga Srjan Babich hamda Nemanya Radonich tushirildi.
76-daqiqa. Mitrovich navbatdagi vaziyatni ko'kka sovurdi!
70-daqiqa. Serbiya burchak zarbasi ishlab oldi. Uzatmadan keyin kamerunliklar himoyaga qaytgan SHupo-Motingning faolligi bilan bartaraf etishdi!
66-daqiqa. GOOOOOL! Nimalar bo'lyapti? Kamerun hisobni tenglashtirdi! Erik SHupo-Moting bo'sh qolgan darvozani ishg'ol qildi. Abubakardan golli uzatma!
Hakam avvaliga shoshmaslikni, takroriy lavhani ko'rish kerakligini malum qildi. "VAR" xonadagilar barchasi joyidaligini malum qilishdi.
64-daqiqa. GOOOOOL! Zaxiradan tushgan Vensan Abubakar oradagi farqni qisqartirdi!
60-daqiqa. Abubakar javob hujumini tashkillashtirdi, tezlikda jarima maydonchasigacha etib bordi, bir raqibini chalg'itib, uzatma bersa kerak degan joyda, zarba yo'lladi, biroq niyatiga eta olmadi.
59-daqiqa. Kostich qanotdan katta tezlikda o'tib bordi va to'pni markazga uzatdi, lekin himoyachilar bu safar ishonchli o'ynab, to'pni egallab olishdi.
55-daqiqa. O'zgarish! Martin Ongla o'rnini Vensan Abubakarga bo'shatib berdi.
53-daqiqa. GOOOOOOL! Serblardan juda chiroyli gol. Gol muallifi esa Aleksandar Mitrovich!
46-daqiqa. Ikkinchi bo'lim boshlandi! Uni afrikaliklar boshlab berishdi.
Bo'ldi, birinchi bo'lim yakuniga etdi. Tanaffus!
45+7-daqiqa. Vanya Milinkovich-Savich o'zini Noyer deb his qilib yubordi. Ammo nima bo'lsa ham, ishonchli o'ynab, xavfni bartaraf etdi.
45+5-daqiqa. Exx, Mitrovich! Aleksandar sherigi o'ta qulay vaziyatda turganiga qaramay, o'zi zarba berdi va gol ura olmadi.


45+3 -daqiqa. GOOOOOOL! Sergey Milinkovich-Savich tanaffusgacha jamoasini hisobda oldinga olib chiqib qo'ymoqda.

45+1-daqiqa. GOOOOL! Uzatmadan keyin Straxinya Pavlovich baland sakrab, to'pni darvoza to'riga yo'llab, hisobni tenglashtirdi!
43-daqiqa. Kunde yana qulay nuqtaga chiqib bordi, birinchi zarbani Vanya qaytardi, Perning takroriy urinishi esa ko'ngildagidek chiqmadi.
40-daqiqa. Serbiya hujum qilishga harakat qilyapti, ammo hozircha raqib himoyasini yorib o'tishga qiynalmoqda.
36-daqiqa. Kamerunning hujumi uzatmadagi xato tufayli oxiriga etmay qoldi.
30-daqiqa. Buyog'iga serblar qanday harakat qilishi yanada qiziq. Ular shundoq ham faolroq ko'rinayotgandi, lekin buyog'iga raqib yanada katta kuch bilan himoyalanadi.
"VAR"dagilar hammasi joyidaligini malum qilishdi, o'yindan tashqari holat bo'lmagan.
29-daqiqa. GOOOOOOOL! Kasteletto kerakli vaqtda, kerakli joyda paydo bo'lib, afrikaliklarni hisobda oldinga olib chiqdi.
28-daqiqa. Kamerun yana bir burchak zarbasi ishlab oldi.
24-daqiqa. Ogohlantirish! Nikolas Nkouluga sariq ko'rsatildi.
23-daqiqa. Onana chetlatilgach, Kamerun darvozasidan joy olgan Epassi hozircha ancha ishonchli o'yin o'tkazmoqda. Burchakdan uzatilgan to'pni ham aynan u baland sakrab, ushlab oldi.
22-daqiqa. Bosh hakamning mikrofoni ishlamay qoldi chog'i.
21-daqiqa. Yana bir burchak zarbasi. Bu safar uni Serbiya termasi amalga oshiradi.

19-daqiqa. Kunde kutilmaganda markaziy hujumchi nuqtasida paydo bo'lib, kuchli zarba yo'lladi. Vanya Milinkovich-Savich o'z o'rnida. Burchak zarbasidan keyin ham himoyachilar xavfni bartaraf etishdi, keyin afrikaliklar qoidani buzishdi.
17-daqiqa. Yana Mitrovich gol urish qulay imkoniyatga ega bo'ldi. Himoyachilarning "qovunidan" keyin Aleksandarda zo'r vaziyat bo'lgandi, ammo u mo'ljalda adashdi.
12-daqiqa. SHifokorlar futbolchiga yordam ko'rsatish uchun maydonga tushishdi.
11-daqiqa. Kostich markazga yaqin hududda Onglani qo'yib yubormadi. Serbiyalik futbolchi qoidani buzdi, buzganda ham bu ishni shunday amalga oshirdiki, Martin maydondan tura olmay qoldi.
10-daqiqa. MITROVICH! O'ng qanotdan jarima maydonchasiga yorib kirdi va raqibini "zamaxda" aldab, chap oyoqda zarba bergandi, to'p darvoza ustuniga tegib qaytdi.
6-daqiqa. Maksimovich raqib jarima maydonchasi oldida Tadichdan to'pni qabul qilib, uni Mitrovichga yo'lladi, lekin hujumchi uzatmaga etib borgan bo'lsada, uni darvozaga aniq yo'llay olmadi.
2-daqiqa. Havodagi kurash vaqtida Mitrovichga nisbatan fol, jarima zarbasi belgilandi.
1-daqiqa. O'yin boshlandi. Uni serblar boshlab berishdi.
Jamoalar maydonga tushib kelishdi va o'yinni boshlash uchun barchasi tayyor.

JCH-2022
"G" guruhi. 2-tur
Kamerun – Serbiya
15.00, «Al Janub» stadioni
Kamerun – Epassi, Fe, Nkulu, Kastelletto, Tolo, Kunde, Zambo-Angissa, Ongla, SHupo-Moting, Toko-Ekambi, Mbemo
Serbiya – V. Milinkovich-Savich, Velkovich, Milenkovich, Pavlovich, Kostich, S. Milinkovich-Savich, Maksimovich, Lukich, Jivkovich, Tadich, Mitrovich
|
Cameroon Jean-Charles Castelletto - 29', Vincent Aboubakar - 63', Eric Maxim Choupo-Moting - 66' |
World Cup Grp. G . 2-tur 28/11/2022, 15:00 3
:
3
Tugadi
|
Serbia Strahinja Pavlovic - 45', Sergej Milinkovic-Savic - 45', Aleksandar Mitrovic - 53' |
Stadion: Al Janoub Stadium, 39789 tomoshabin
Bosh hakam: Mohammed Abdulla Mohammed
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Элит ОЧЛ. "Насаф" сўнгги дақиқаларда тўп ўтказиб, ўз майдонида "Ал Ваҳда"га ютқазди
Cуперлига. "Нефтчи" Фарғонада "Сурхон"ни мағлуб этиб, чемпионлик учун курашни давом эттирадиган бўлди
Элит ОЧЛ. Рўзиқул Бердиев: "Кучимиз борича рақибга қаршилик кўрсатдик"
Суперлига. Шиддатли кечган Пойтахт дербисида "Пахтакор" "Бунёдкор"ни мағлуб этди
Fikrlar