So’nggi yangiliklar

13:18"Пахтакор" — "Динамо". Таркиблар маълум  0 13:15Бектемир Абдуманнонов: "Бу ғалабани раҳматли бувимга бағишлайман"  0 12:21Ўзбекистон кубоги тақдирлаш маросимидан ФОТОГАЛЕРЕЯ  1 11:56"Месси ПСЖда вазият расво бўлганини айтди". "Шарлотт" собиқ ўйинчиси Лионель билан суҳбат ҳақида  4 11:24"Реал" собиқ хавбеки Гаго топ-клуб бош мураббийига айланади  0 10:47Кечаги учрашувда "Ливерпуль"нинг бир йўлла икки нафар асосий таркиб футболчиси жароҳат олди  2 10:10Ортиқча баҳоланган футболчилар рўйхати тузиб чиқилди  8 09:33Салоҳ учун асосий даъвогар жамоа маълум  0 09:00Саудия чемпионати. "Ал Наср" - "Ал Оруба" 3:0, Манеда дубл Роналдуда 1+1  0 08:56Суперлига. Бугун "Пахтакор" "Динамо"ни меҳмон қилади  3 08:13"Реал Мадрид" етакчиларидан бири учун мавсум якунланди  5 07:42Футзал. Бугун финал!  4 02:00Ла Лига. "Реал" ўз уйида "Вильярреал"га имконият қолдирмади  18 01:42А Серия. "Интер" — "Торино" ўйинида 5та гол урилди  2 01:29БАА чемпионати. "Ал Батаеҳ" меҳмонда йирик ҳисобда мағлуб бўлди, Ғаниев 62 дақиқа ўйнади  1

JCH-2018 oldidan. Eron Liviya o'rniga boshqa raqib topdi Yangiliklar

JCH-2018 oldidan. Eron Liviya o'rniga boshqa raqib topdi

Jahon chempionatiga jiddiy tayyorgarlik ko'rishni maqsad qilgan Eron milliy terma jamoasi 17 mart kuni o'rtoqlik uchrashuvida maydonga tushadi.

Avvalroq forslarning Afrika vakili Liviya bilan 15 martada o'ynashi elon qilingandi, biroq ayrim sabablarga ko'ra bu o'yin o'tkazilmaydigan bo'ldi. Natija Eron o'ziga boshqa raqib topdi: Serra-Leone. Mazkur jamoaga qarshi o'rtoqlik uchrashuvi 17 mart kuni Tehrondagi "Ozodi" stadionida bo'lib o'tadi.

Ushbu yangilikni Eron futbol federaciyasi rahbari Mehdi Taj OAVga malum qildi. Serra-Leone terma jamoasi ayni payt FIFA reytingida 97-o'rinni egallab turibdi. Eron esa 33-o'rinda bormoqda. Mehdi Taj jurnalistlarga yana quyidagilarni malum qildi:

- "Navbatdagi jahon chempionatidan umidimiz katta, shu bois jiddiy tayyorlanmasak bo'lmaydi. Terma jamoamiz 17 mart kuni Serra-Leone bilan o'ynashga kelishib oldi. SHuningdek, 23 mart kuni Tunisga qarshi o'yinimiz ham bor. Avstriyadagi o'quv-yig'in mashg'ulotida Jazoir bilan o'ynaymiz".

- "Qolaversa, 11 may kuni Suriya va 18 mayda O'zbekiston terma jamoasiga qarshi maydonga tushamiz. May oyida Turkiyada ham yig'in o'tkazamiz va u erda Turkiya (28 may) va Greciya (2 iyun) bilan kuch sinashib ko'ramiz. JCH oldidan oxirgi nazorat bellashuvini 8 iyun kuni Litvaga qarshi o'tkazamiz".

Reyting: +8   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика