So’nggi yangiliklar

02:42Ҳусайн Норчаев: "Вазият қизил карточкага тортмас эди"  1 02:16Рўзиқул Бердиев: "Дарвозабонимиз олдинга чиқиши хато бўлди, лекин чиққанга яраша тўғри ўйнаши керак эди"  14 01:52Туркия. Алиқулов 90+2 дақиқада жароҳат туфайли алмаштирилди, унинг жамоаси ғалабага эришди  1 01:40Элит ОЧЛ. "Ал Аҳли" суперкамбэк эвазига ўз майдонида "Насаф"ни мағлуб этди  402 00:57"Реал" футболчилари ҳакамлар уларга бошқа етакчиларга нисбатан қаттиққўлроқ муносабатда бўлишаяти, деб ҳисоблашмоқда  1 00:05Куанишбай Оразимбетов: "Иккинчи таймда умуман бошқа "Жайхун"ни кўрдик"  0 23:40ОФК ЭЧЛ. "Ал Иттиҳод" БААда мағлубиятга учради  0 22:22Шавкат Юсупов: "Шу темпда давом этишга ҳаракат қиламиз"  1 21:02ОФК ЭЧЛ. Турнир янги мавсумининг илк баҳсида 7та гол урилди  1 19:59Мессининг карточкаси рекорд даражадаги суммага сотилди  7 19:34Руни: "Тен Ҳаг Аморимга алмаштирилганидан бери МЮнинг аҳволи фақат ёмонлашди"  11 19:06"Қайрат" "Реал"га қарши ўйин чипталари қачондан сотувга чиқишини маълум қилди  9 18:40"Футбол олами". "Пахтакор" - "Нефтчи" 2:1, "Насаф" ва "Сўғдиёна"да йирик ғалабалар  1 18:35"Насаф"га қарши ўйин олдидан "Ал Аҳли"да йўқотиш  5 18:16"Насаф" бугун ёлғиз эмас  20

JCH-2018. Messi penaltidan foydalana olmagan o'yinda Argentina ochko yo'qotdi Yangiliklar

JCH-2018. Messi penaltidan foydalana olmagan o'yinda Argentina ochko yo'qotdi

JCH-2018 doirasidagi navbatdagi uchrashuvda Argentina Islandiyaga qarshi bahs olib bordi.

JCH-2018
"D" guruhi, 1-tur
"Otkritie Arena"
Argentina - Islandiya 1:1

Gollar:
 1:0 – 19 Aguero, 1:1 – 23 Finnbogason.

Argentina – Kabalero, Roxo, Otamendi, Talyafiko, Maskerano, Bigliya (Banega, 54), Salvio, Mesa (Iguain, 84), Di Mariya (Pavon, 75), Messi, Aguero.

Islandiya – Xalldoursson, Sigurdsson, Magnusson, Sevarsson, Arnason, Xadlvredsson, Gunnarsson (Skulason, 76), Sigurdsson, Gudmundsson (Gislason, 63), Byarnason, Finnbogason (Sigurdarson, 89).

Argentina

Sergio Aguero - 19'

World Cup Grp. D . 1-tur

16/06/2018, 19:00

1
:
1
Tugadi

Iceland

Alfred Finnbogason - 23'

Stadion: Otkrytiye Arena, 44190 tomoshabin

Bosh hakam: Szymon Marciniak

45'
90'
19'  Sergio Aguero
19'  Marcos Rojo
54'  Lucas Biglia (Ever Banega)
64'  Lionel Messi
75'  Angel Di Maria (Cristian Pavon)
84'  Maximiliano Meza (Gonzalo Higuain)
23'  Alfred Finnbogason
63'  Johann Berg Gudmundsson (Rurik Gislason)
76'  Aron Gunnarsson (Ari Freyr Skulason)
89'  Alfred Finnbogason (Bjoern Sigurdarson)

MATNLI TRANSLYACIYA

O'yin yakunlandi! Ushbu natijani sensaciya sifatida qayd etsak bo'ladi. Argentina Islandiyaga qarshi o'yinda g'alaba qozona olmadi - 1:1. 


90+5. So'nggi daqiqada Messi jarima to'pidan foydalana olmadi. 


90+4. Argentina tinimsiz hujum uyushtirmoqda. Ammo, islandiyaliklar himoyada bexato harakat qilishmoqda. 


90+2. Messidan yana biro noaniq zarba!


90+1. Argentina so'nggi daqiqalarni faqat hujumda o'tkazmoqda. 


89. O'yindagi gol mualliflaridan biri o'rniga Sigurdarson o'yinni yakunlab qo'yadi. 


87. Xavfli vaziyat!!!!! Islandiyalik darvozabon Xaldorsson yana bir marotaba jamoasi joniga oro kirdi. Ajoyib seyv!


84. Argentinaliklar safidagi so'nggi o'zgarish. Mesa o'rniga Iguain maydonga tushdi. Sampaoli hujum chizig'ini kuchaytirmoqchi.


81. Messining taxminan 20 metrlardan bergan zarbasi noaniq bo'ldi...


75. O'zgarishlar. Argentina safida Di Mariya o'rniga Kristian Pavon, Islandiya terma jamoasida esa Aron Gunnarsson o'rniga Ari Skulason o'yinni davom ettiradi.


71. Argentinaliklarning yana bir hujumi samarasiz yakunlandi. Darvozabon juda yaxshi harakat qilmoqda.


67. Messining uzoqdan bergan navbatdagi zarbasi. NOANIQ!


63. MESSI PENALTINI GOLGA AYLANTIRA OLMADI!!! Magnuson argentinalik futbolchiga nisbatan jarima maydoni ichida o'yin qoidasini buzgandi. Biroq, Messi ushbu imkoniyatdan foydalana olmadi. Uning zarbasini Xannes Xaldorsson qaytarib qoldi. QANDAY SEYV!!!


63. Islandiyaliklar tarkibida Ioxann Berg Gudmundsson o'rniga Rurik Gislason o'yinni davom ettiradi.


59. Islandiyadan tashrif buyurgan muxlislar o'z uslublarida terma jamoalarini qo'llab-quvvatlamoqdalar.


54. O'yindagi ilk o'zgarish. Bigliya o'rniga Banega maydonga tushirildi. 

Maradona yurtdoshlari ishtirokidagi o'yinni kuzatib bormoqda. Qoidalar esa u uchun katta ahamiyatga ega emas :))


50. Sigurdson argentinaliklar darvozasi tomon tahdid soldi. Ammo, uning yurishi burchak to'pi bilan yakunlandi. Burchakdan oshirilgan to'pni esa argentinaliklar bartaraf etishdi.


48. Islandiya oldinga o'tdi. Byarnason biroz aniq harakat qilganida raqib darvozasi oldida xavfli vaziyat yuzaga keltirardi.


46. Ikkinchi taym boshlandi. Kuzatamiz!


O'yinda kiritilgan gollarni TELEGRAMDAGI KANALIMIZ orqali tomosha qilishingiz mumkin.


Jamoalar ikkinchi bo'limni boshlash uchun maydonga chiqib kelishmoqda.


 TANAFFUS!


45. BIRINCHI BO'LIM YAKUNLANDI.


43. Xavfli vaziyatttt... Islandiyaliklar bir daqiqa ichida ikkita vaziyat yaratishdi. Birinchisida Kabalero to'pni qaytarib qoldi, ikkinchi zarba esa biroz noaniq bo'ldi.


40. To'p jarima maydonchasi ichida islandiyalik futbolchining qo'liga tekkandi. Ammo, bu hakam etiboridan chetda qoldi. 


37. Tashabbus to'liq argentinaliklar tomonda. Ammo, ular buni hozircha hisobda aks ettira olmayaptilar. 


33. Bigliyaning bergan zarbasi darvoza yuqorisidan o'tib ketdi. 


30. O'yin tempi yuqori. Jamoalar zerikishga hojat qoldirishmayapti.


26. Islandiya bo'sh kelayotgani yo'q. Nahotki bugun ilk JCH-2018dagi ilk sensaciyani ko'ramiz?


22. GOOOOLL!!! Islandiyaliklar muvozanatni tiklashdi! Sigurdsonning bergan zarbasini Kabalero qaytardi, qaytgan to'pni Finnbogason davrozaga yo'llab hisobni tenglashtirdi - 1:1!


19. GOOOOLLLLL!!! SERXIO AGUERO! Markos Roxoning etkazib bergan to'pini Aguero qabul qilib oldi va chap oyog'ida raqib darvozasining "to'qqizligi"ga joylab qo'ydi - 1:0!


17. Tashabbus janubiy amerikaliklar tomonda.


13. Bugun Argentina terma jamoasi futbolchilariga oson bo'lmasligi aniq. 


10. Islandiyalik muxlislar Rossiyada nimalar qilishmoqda? Buni TELEGRAMdagi kanalimizda tomosha qiling


9. Uxxx... Endi islandiyaliklar oldinga o'tishdi. Sal qolishiga sal qoldi. Messi jamoadoshlarining baxtiga raqib futbolchisiga aniqlik etishmay qoldi bu vaziyatda.


8. Xavfli vaziyattttt... Messining jarimadan uzatib bergan to'pini Talyafiko boshi bilan raqib darvozasiga yo'naltirib yuborishga harakat qilgandi. Biroq, uning zarbasi noaniq bo'ldi...


4. To'p nazorati Argentina terma jamoasi futbolchilarida.


1.Uchrashuv boshlandi!


Har ikki mamlakat davlat madhiyalari yangradi.


Assalomu alaykum hurmatli futbol ishqibozlari. Argentina hamda Islandiya terma jamoalari o'rtasidagi uchrashuvdan matnli translyaciyani boshlaymiz.

Reyting: +46   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика