So’nggi yangiliklar

07:33Суперлига. Бугун Фарғонада тур ўйини бўлиб ўтади  3 06:40Суперлига. "Шўртан" – "Пахтакор" 0:0  0 01:50Рубен Аморим: "МЮдаги босим бошқа клублардагидан ҳам кўп"  5 01:07Саудия Арабистони. Марказий ўйинда "Ал Аҳли"дан суперкамбэк!  8 00:51Микель Артета "Манчестер Сити"га қарши ўйин ҳақида: "Арсенал" ўз даражасига баҳо бериши мумкин"  0 00:30Жером Боатенг фаолиятини якунлади  1 00:13"Реал"нинг учинчи аппеляцияси ҳам рад қилинди  5 23:57Миржалол Қосимов: "Туғилган кунимга энг яхши совға бўлди"  0 23:29ЕЧЛнинг 1-тур рамзий термаси эълон қилинди  8 23:04Илёс Зейтуллаев: "Бундай ўйинлар кўпроқ дарс беради"  3 22:45Суперлига. ОКМК — “Бунёдкор” 5:1  0 22:14"Барселона" ПСЖ билан ўйинни қайси стадионда ўтказиши маълум  1 21:55Элдор Мойлиев: "Барчамизнинг мақсадимиз битта: "Шўртан"ни Суперлигада олиб қолиш"  8 21:35Камолиддин Тожиев: "Шўртан" 10 киши бўлиб ҳимоялангани бизга қийинчилик туғдирди"  18 21:23Сардор Мирзаев 861 кундан кейин катта футболга қайтди  0

Javohir Sohibov: "Ukraina klubi meni ketkazib yuborgani noto'g'ri malumot. Barchasi qishda hal bo'ladi" Yangiliklar

Javohir Sohibov: "Ukraina klubi meni ketkazib yuborgani noto'g'ri malumot. Barchasi qishda hal bo'ladi"

"Turon" klubi yarim himoyachisi Javohir Sohibovning Ukraina chempionatiga yo'l olgani haqida xabar bergan edik.

Biroq, " FootBoom" nashri elon qilgan xabarga ko'ra o'zbekistonlik futbolchi "Veres" murabbiylarida yaxshi taassurot qoldira olmagan va jamoani tark etgan. 

Javohir Sohibov Ukraina birinchi ligasi klubi ko'rigidan o'ta olmadi

 Lekin, "Veres" klubining rasmiy telegram kanali bu borada aniq malumot berib o'tdi. Bunda klub bosh murabbiyi Yuriy Virt Sohibov haqida quyidagicha fikr bildirgan. 

"U sifatli futbolchi. Ammo, hozirda u bizga musobaqada o'z vazifalarimizni bajarishimizga yordam bera olmaydi. CHunki, o'yin amaliyoti etarli emas. Agarda u jamoa bilan ancha vaqtdan beri birga bo'lganida boshqa gap edi. SHu bois u bilan shartnoma imzolash mantiqqa to'g'ri kelmas edi. Ammo, biz Javohir bilan birgalikda to'liq tarkibda o'quv-mashg'ulot yig'inida ko'rikdan o'tishi mumkinligi haqida kelishib oldik. SHundan keyin shartnoma masalasiga qaytamiz",- deydi Yuriy Virt.

Barchasiga oydinlik kiritish maqsadida hamyurtimiz Javohir Sohibov bilan aloqaga chiqib fikrlari bilan qiziqdik.

"Yuqoridagi murabbiyning gaplaridan ham malumki, ularda yomon taassurot qoldirmaganman. Faqat, klubning hozirgi vaqtdagi taklifi maqul kelmadi. Klub bilan qishda yana kelib to'liq jamoa bilan yig'inlarda ishtirok etishni kelishib oldik. Klub telegram kanalida o'tkazilgan o'yinning eng yaxshi o'yinchisi so'rovnomasida ikkinchi o'rinni egalladim. O'rtoqlik uchrashuvida maydonga tushdim. Muxlislardan noto'g'ri tushunmasliklarini so'rab qolaman. Men haqimda mahalliy saytlardan biri ko'rikdan o'tolmadi deb yozgan. Lekin, biz murabbiy bilan boshqacha kelishdik. Yani qishda yana bu erga kelaman. O'shanda moliyaviy tomondan ham yaxshiroq taklif berishlarini aytishdi. Yana boshqa tomondan vaqt ham ko'proq bo'ladi, uch oy davomida jamoa bilan yig'inlarda qatnashaman. Keyingina shartnoma haqida o'ylasak bo'ladi. 

Xabarda meni ketkazib yubordi deyishgan. Aslida o'zim ketganman. Murabbiylar bilan gaplashganimda malum bir summani aytishdi va istasam shu pulga qolishim mumkinligini takidlashdi. Buni esa o'zim istamadim. Barchasi qishda kelganimda hal bo'ladi. Jamoaning o'yiniga moslashib olishim uchun ham fursat etarlicha beriladi. 

Dastlabki taassurotlar yomon emas. Ukrainada futbol ancha rivojlangan. Birinchi ligasini ham kuchli deb ayta olaman. Bu mamlakatda Baxtiyor aka degan futbol agenti tomonidan taklif bilan chiqildi. Ular klubimiz rahbarlari bilan gaplashishdi. Endi qishga qadar nima qilishimni o'ylab ko'rmadim. Hozircha Ukrainada bo'lib turibman. Hali bir qarorga kelganim yo'q. Agent bilan maslahatlashyapman. 

Aslida 27 va 28 avgust sanasida ketishim kerak edi. Lekin, mamlakat koronavirus saba chegaralarni yopib qo'ydi. Yo'llar ochilganidan keyin o'zimni sinab ko'rishga qaror qildim va tavakkal qilib bu erga keldim. Bundan klubni ham xabari bo'lgan. O'zimni Evropada sinab ko'rish uchun ishtiyoq kuchli edi. Muxlislardan noto'g'ri fikr yuritmaslikni so'rab qolgan bo'lardim",- deydi Sohibov.

Abdulaziz Iskandarov yozib oldi.

Reyting: +17   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика