So’nggi yangiliklar

23:05Самарқандда хайрия учрашуви: "Динамо" фахрийлари Ўзбекистон МТЖ афсоналари учрашувида 8 та гол урилди  14 22:31Данни Блинд "Аякс"ни тарк этади  0 22:02Расман: "Барселона" собиқ футболчиси Ашурматов ва Машариповнинг жамоадошига айланди  4 21:22U-23 Осиё Кубоги саралаш босқичи. Ўзбекистон Қирғизистон билан дуранг ўйнади  76 21:09Суперлига 21-тур ҳакамлари расмийлари маълум. Марказий тўқнашувни ким бошқаради?  4 20:30Интервью. Жоэль Кожо: "Динамо"га қайтишим мумкин эди, лекин "Истиқлол"ни фақат "Нефтчи" рози қила олди"  5 20:00УEФА 11 сентябрь куни "Вильярреал" – "Барселона" ўйини қаерда ўтиши ҳақида қарор қабул қилади  3 19:38"Барселона" футболчиси жароҳати сабаб терма жамоа ихтиёрини тарк этди  3 19:10МЮ собиқ футболчиси Англия эмас, Конго ДР шарафини ҳимоя қиладиган бўлди  1 18:26"Челси" "Барселона" футболчисидан умидини узмаган  1 17:54Луческу – терма жамоалар тарихидаги энг ёши катта мураббий  1 17:25U-17 халқаро мусобақаси. Ўзбекистон Канадани пенальтилар сериясига кўра мағлубиятга учратди  8 16:59Мбаппе Анрига етиб олди  9 16:35Ўзбекистон МТЖ Panini билан ҳамкорлик қилади   10 16:13ФИФА президенти CAFA Nations Cup финалига келади  10

Javlon Guseynov: "Tailandda hakamlik saviyasi past, matbuoti esa juda yuqori darajada ekan" Yangiliklar

Javlon Guseynov: "Tailandda hakamlik saviyasi past, matbuoti esa juda yuqori darajada ekan"

O'zbekistonlik himoyachi Javlon Guseynov yil boshida Tailandning "CHainat Xornbill" klubi bilan shartnoma tuzgandi.

Hozirga qadar Guseynov jamoasi Tailand birinchi ligasida 6ta o'yin o'tkazib 4ta g'alaba va 2ta durang bilan yakka peshqadam bo'lib turibdi. Biz hamyurtimiz bilan bog'lanib Tailand futboli haqidagi taassurotlari bilan qiziqdik.

- Tailand birinchi ligasida oltita o'yin o'tkazishga ulgurdingiz. Liga haqida qanday tasavvurga ega bo'ldingiz?

- Tailand ligasi haqidagi taassurotlarim salbiydan ko'ra ko'proq ijobiy desam bo'ladi. Tailand birinchi ligasi bo'lsa ham tashkilotchilik va o'yinga tayyorgarliklar alo darajada olib borilar ekan. Bu erda futbolchilar asosan texnikaga etibor qaratishadi. Eng katta kamchiligi esa bu hakamlar deb o'ylayman. Bazi hakamlar shunday taassurot qoldiradiki xuddi ular o'yin qoidalarini bilmaydi. Ular tomonidan yo'l qo'yiladigan xatolarni ko'rib na yig'lashni bilasiz, na kulishni.

- Ligada muxlislar tashrifi qanday? Tailandda futbol birinchi raqamli sport turi ekanmi?

- Hech o'ylab o'tirmay Tailandda futbol birinchi o'rinda deb ayta olaman. Muxlislik madaniyati juda ham kuchli. Har bir uchrashuvdan so'ng muxlislar sevimli jamoasi yutsa ham, mag'lub bo'lsa ham klub madhiyasini aytishar ekan.


- Stadionlar haqida nima deya olasiz? Qaysi arena eng zamonaviysi ekan?
- Bilasizmi bu erda stadionlar ikkilamchi taassurot qoldirdi. Sababi deyarli barcha joyda maydonning o'zi yaxshi holatda, ammo stadioning yon atrofiga va tamirlashga etibor qaratishmas ekan. Eng yaxshi stadionlar esa premer-ligada ishtirok etuvchi "Muangtong Yunayted" (SCG Stadium) va "Bangkok Glass" (LEO Stadium) klublarida deb o'ylayman.

- Jamoaingiz nimaning evaziga mag'lub bo'lmayapti deb o'ylaysiz?

- SHukurki dastlabki olti o'yinda umuman mag'lub bo'lmadik va peshqadam bo'lib turibmiz. Mag'lub bo'lmasligimizga birdamligimiz eng katta omil bo'lyapti menimcha. Ko'z tegmasin, har jabhada bir-birimizni qo'llab turamiz. Futbolchilar sherigi uchun ham o'ynamoqda.

- Sinama Ponol o'z vaqtida Jahon darajasidagi yulduz bo'lgan. Hozir u o'zini qanday tutmoqda?

- Xushchaqchaq va ko'ngli ochiq inson ekan. Bazida yulduzligi ham tutib turadi. Yulduz baribir yulduzda (kuladi). Tezda chiqishib ketdik va xozir ham birga kofe ichib o'tiribmiz. Aytgancha Sinamaning turmush o'rtog'i rus millatiga mansub ekan.


- Futbolchilar o'rtasidagi munosabat qanday?
- Munosabat juda yaxshi. Men ko'proq legionerlar bilan birgaman, sababi mahalliy futbolchilar ingliz tilini u qadar yaxshi bilishmaydi. Lekin ish vaqtida bir-birimizni tushunyapmiz. Axir futbol tili bittaku. Yana bir narsani qo'shimcha qilishim mumkin, tailandlik futbolchilar juda ham hazilkash ekan.

- Tailand va O'zbekiston futboli o'rtasida qanday farqlar bor ekan? Masalan, jamoaingiz tiklanish uchun basseynda suv polosi o'ynaganini ko'rdim.

- Taqqoslaydigan bo'lsak O'zbekiston futboli baribir kuchli. Lekin infratuzilma va boshqa omillar Tailandda ancha rivojlangan ekan. Murabbiyning rejasiga ko'ra bazida tiklanish mashqlarini aynan basseynda o'tkazamiz. Murabbiyning aytishicha tiklanish qancha yaxshi bo'lsa keyinga o'yinga tayorgarlik shuncha yaxshi bo'ladi.
 
- Tailand iqlimiga moslashib ketdingizmi?

- Moslashdim desam ham bo'ladi, lekin issiq paytlar endi keladi. Menimcha u qadar qiynalmasam kerak. CHunki O'zbekistonda ham issiqda ko'p futbol o'ynaganmiz.

- Murabbiyning g'alabalarda qanchalik xissasi bo'lmoqda?

- Xissasi juda katta. Murabbiyimiz Born Kleym bizga lider ekanligimizni va birinchi bo'lishimizni har safar uqtiradi. Hozirda asosan 3-4-3 taktikasi bo'yicha o'ynayapmiz. Murabbiy ko'proq to'p bilan muomala qilib, qisqa pas o'ynashni o'rgatyapti.


- Boshqa jamoalarda qaysi mashhur futbolchilar o'ynashar ekan?
- To'g'risi yulduz o'yinchilar ko'p emas, lekin kuchli legionerlar etarlicha. Barcha jamoada himoyachi bilan hujumchilar legioner desam ham bo'ladi. Bu erda legionersiz jamoani uchratmadim, xatto ikkinchi liga klublarida ham legionerlar o'ynashar ekan.

- Tailandda futbol OAV qanday ishlar ekan?

- Juda zo'r. Futbolning mamlakatda birinchi raqamli sport turi bo'lishida aynan matbuotning xissasi juda katta. Tailandda Premer-liga hamda birinchi liganing barcha o'yinlari TV va internet orqali to'g'ridan-to'g'ri namoyish etiladi. Har bir bahsga jurnalistlarning etibori juda yuqori bo'ladi.


Narzulla Saydullaev suhbatlashdi

Reyting: +11   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика