So’nggi yangiliklar

21:49"Аякс" бош мураббийини истеъфога чиқарди  0 21:21Криштиану нима сабабдан Жотанинг дафн маросимига бормаганини айтди  4 20:55"Goal" ЕЧЛ бош соврини учун асосий даъвогарлар рейтингини тузди  2 20:37Гари Невилл: "Улар қариётган бўлса-да, ҳозиргидан-да яхшироқ ўйнашлари керак"  3 20:15ЕЧЛда ҳафта футболчиси аниқ бўлди  2 19:56"Брюгге" клуби президенти: "Биргина "Барселона" футболчисининг нархи бутун жамоамизники билан тенг"  5 19:35Ислом бирдамлиги ўйинлари. Ўзбекистон Озарбайжонга нақд 13 та гол урди!   6 19:17Суперлиганинг 27-тур учрашувларида ҳакамлик хатолари кузатилдими?  3 18:59Расман: Де Росси А Серия клубида иш бошлади  2 18:32Суарес дисквалификация қилинди  7 18:00"Барселона" Бельгияда мағлуб бўлмагани ҳам аслида бир мўъжиза  6 17:35Исмоил Акинаде: "Бутун эътибортимизни кейинги икки ўйинга қаратамиз ва плей-оффга чиқишга ҳаракат қиламиз"  4 17:04Гвардиола: "Агар яна 1-2 та ғалабага эришсак, умумий босқични кучли саккизликда якунлаймиз"  5 16:35Про лига. "ФарДУ" Нукусда қийин ғалабага эришди  1 16:22"Барселона" мухлислари автобуси ёниб кетди  0

Jasur Yoqubov "Paxtakor" bilan o'yinni nega asosiy tarkibda boshlamagandi? Yangiliklar

Jasur Yoqubov "Paxtakor" bilan o'yinni nega asosiy tarkibda boshlamagandi?

O'tgan yilning yozida "Bunyodkor" tarkibiga qo'shilgan Jasur Yoqubov mavsum oxirigacha jamoaning asosiy himoyachisiga aylandi.

Bugun 23 yoshli futbolchi bilan bog'lanib, o'zimizni qiziqtirgan bazi savollarga javob oldik.

— Jasur, 2022 yilning boshida "Lokomotiv" bilan shartnoma imzolagan edingiz. Kutilmaganda 1 oydan keyin klubdan ketib qolishingizga sabab nima edi?

— O'ziga xos sabablar bor edi. Keling, soddagina qilib "klub bilan kelishmovchilik tufayli" deb qo'ya qolaylik.

— Fevral oyida "Paxtakor" tarkibiga qo'shildingiz. Bahorda OCHL havosidan nafas olib, 2-davrani poytaxtning boshqa bir klubi - "Bunyodkor" tarkibida boshladingiz. Umuman olganda ortda qolgan mavsum haqida taassurotlaringiz qanaqa?

— SHukr, hammasi yaxshi bo'ldi. To'g'ri, "Paxtakor" tarkibida asosan zaxirada qolgan bo'lsam ham, Osiyo CHempionlar Ligasida o'ynab ko'rdim. Tajriba orttirdim. Va yozda "qaldirg'ochlar" safiga qo'shilganimdan beri muntazam o'yin amaliyotiga ega bo'lib kelyapman.

— "Bunyodkor"ga sizni kim chaqirgandi? Viktor Karpenkoning o'zimi?

— Yo'q. Bu jamoaga o'tishimning asosiy sababchisi o'sha paytdagi sport direktori Abdumajid Toirov bo'lgandilar. Albatta, bu qaror murabbiy bilan bamaslahat qabul qilingan bo'lsa kerak. CHunki "Bunyodkor"ga kelishim bilan asosiy tarkibdan joy berishgandi.

— "Navbahor" bilan "Jar" stadionidagi o'yinni eslaylik. O'sha g'alaba Namangan klubini chempionlikdan mahrum qildi desak bo'ladimi?

— O'sha kuni maydonga chiqib, murabbiy bergan ko'rsatmalarni bajardik va o'zimizga kerakli 3 ochkoni oldik. Agar musobaqa jadvaliga etibor bersangiz, shunday xulosa paydo bo'ladi. "Navbahor" 1 ochkolik farq bilan chempionlik poygasini yutqazib qo'ydi. 

— Ivan Boshkovich kelgach jamoa natijalari yaxshi tomonga o'zgardi. Uning qo'l ostida jamoa asosan 2-raqamda o'ynayapti. Bu himoyachilar uchun nisbatan qiyin emasmi? CHunki o'yinning asosiy vaqtini himoyalanib o'tkazish kerak bo'ladi.

— Ha, Boshkovich kelganidan keyin o'yinimizda ijobiy o'zgarishlar kuzatildi. 2-raqam bo'lib o'ynash to'g'risida gapiradigan bo'lsam, murabbiyni tushunish kerak. Unda juda qisqa vaqt bor edi va shu davrda natija ko'rsatishi talab qilindi. SHundan kelib chiqib himoyaqiy o'yin ko'rsatgan bo'lishimiz mumkin. O'ylashimcha, yangi mavsumda hammasi boshqacha bo'ladi.

— Jasur Yoqubov barcha o'yinlarni asosiy tarkibda boshlayotgan edi. Oxirgi turni zaxirada boshlashingizning sababi nima? "Paxtakor" sobiq klubingiz bo'lgani tufayli emasmi?

— Yo'q, buning aloqasi bo'lmasa kerak. O'zi "Surxon" bilan o'yindan keyin oyog'imda ozgina og'riq paydo bo'lgandi. Mashg'ulotlardan javob so'rashga majbur bo'ldim. 26-turda zaxiradan tushishimning yagona sababi shu.

— Hozirgi yig'in qanday o'tyapti?

— Alo darajada. Kuni 2 mahaldan shug'ullanyapmiz. Asosiy etibor to'p bilan ishlashga qaratilgan. Xudo xohlasa, yangi mavsumda faqat yuqori o'rinlar uchun kurashamiz.

Faxriddin suhbatlashdi

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика