Jasur Yaxshiboev va SHahboz Umarov o'ynayotgan jamoaga yangi murabbiy tayinlandi
27 avg 2024 16:41
Yangiliklar
Jasur Yaxshiboev va SHahboz Umarov o'ynayotgan jamoaga yangi murabbiy tayinlandi
45 yoshli mutaxassis Kirill Keker klub bilan shartnoma imzoladi va navbatdagi mashg'ulotda jamoaga tanishtiriladi.
Mutaxassisning "Ordabasi" bilan bitimi mavsum oxirigacha amal qiladi.

Kekker ilgari Olmaotaning "Qayrat" jamoasida faoliyat yuritgan. Joriy mavsum davomida u bosh murabbiylikdan ketgan, ammo klub tizimida ishlab kelayotgandi.
Eslatib o'tamiz, belaruslik murabbiy Aleksandr Sednev evrokubokdagi muvaffaqiyatsizlikdan keyin "Ordabasi"dan ketgandi. Jamoani "Aktobe" bilan bahsda maydonga uning assistenti Aleksandr Kuchma boshlab tushgan edi.
Malumot o'rnida, "Ordabasi" tarkibida o'zbekistonlik futbolchilardan Jasur Yaxshiboev va SHahboz Umarov to'p tepadi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
U-17 ЖЧ. Ўзбекистон Италияга ютқазиб, иштирокини нимчорак финалда якунлади
Al Ain Cup. Ўзбекистон пенальтилар сериясида Эронни мағлуб этиб, турнир ғолибига айланди
ЖЧ саралаши. Португалия Роналдусиз рақиб дарвозасига 9 та тўп киритиб, мундиалга чиқди
"Шармандалик, бу шармандалик!"
Fikrlar